Get Mystery Box with random crypto!

#o‘zimiz_o‘zim Har bir insonning o‘z maqsadi bo‘ladi, men | Fikrim. uz

#o‘zimiz_o‘zim

Har bir insonning o‘z maqsadi bo‘ladi, menimcha. Hammamiz dunyoni o‘zgartirishni xohlaymiz? Buning uchun esa avvalo o‘zgarishni o‘zimizdan boshlashimiz kerak. Masalan, Muhammadali Eshonqulovni oladigan bo‘lsak, birgina boshiga do‘ppi kiyib yurish orqali, qanchadan-qancha yoshlarni o‘z ortidan boshlamoqda.

Hozir boshqa narsa haqida so‘z yuritmoqchiman. E'tibor berganmisiz yoki yo‘qmi bilmadim bir narsaga ko‘p guvoh bo‘laman. Agar o‘zimizda qandaydir bir kichik o‘zgarish qilsak buni darrov birinchi bo‘lib o‘zimiz sezamiz va qalbimizda boshqalarga nisbatan ozroq bo‘lsa ham kibr paydo bo‘ladi.

Agar tolibi ilm bo‘lsak, bir kuni har doimgidan ko‘proq dars qilib qo‘ysak, boshqalarni kam dars qilishda malolmat qilamizmiz.Hech bo‘lmasa ko‘nglimizdan o‘tkazamiz.
Qarabsizki, ertasi kuni yana shu ahvolimiz!


Agar Alloh tavfiq berib ibodatni boshlab qolsak, ibodatsizlarni malomat qilib, o‘zimizni solih sanaymiz.Agar tahajjudga turib qo‘ysak bormi, jannatni naqd qilib qo‘yamiz!

Agar bir yomon odatni tashlagan bo‘lsag-u shu ishni boshqa birov qilayotgan bo‘lsa, o‘sha insonni muhokama qilib o‘tiramiz.

Gapirsak gap ko‘p! Kimnidir qaysidir aybi uchun malomat qilishdan bizni ikki narsa to‘sib turishi lozim.

Birinchidan, o‘sha ishni oldin o‘zimiz ham qilgan bo‘lishimiz mumkin.
Ikkinchidan, oldin qilmagan bo‘lsak, hali yashyapmiz.Shu aybni qilib qo‘yishimiz mumkin!

@qarashlarim_uz