Get Mystery Box with random crypto!

𝓚𝓪𝓵𝓫𝓲𝓶𝓲𝓷 𝓢𝓮𝓼𝓲♡

Telegram kanalining logotibi qalbovozim — 𝓚𝓪𝓵𝓫𝓲𝓶𝓲𝓷 𝓢𝓮𝓼𝓲♡ 𝓚
Telegram kanalining logotibi qalbovozim — 𝓚𝓪𝓵𝓫𝓲𝓶𝓲𝓷 𝓢𝓮𝓼𝓲♡
Kanal manzili: @qalbovozim
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 585
Kanalning ta’rifi

" Qalbdan chiqqan satrlar ko'kka misli qushdek parvoz ettirajak,
muallif sehri ila zar harflarda qog'ozga bitilajak... "
Creator and author: #Angel

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 5

2022-07-05 14:01:25 -Men buyurgan hamma ishni bajardingmi? Qanday ma'lumot aniqlading? Gapirchi,- Karl bòm-bòsh kollej yòlagida yordamchisi bilan telda gaplashardi. Darslar tugaganiga endi òn daqiqa bòlayapti. Hamma allaqachon kollejdan chiqishga ulgurgani uchun ham yigit bemalol yòlakda suhbatlashardi.
-Siz aytgan toshlar oldin boy arabning shaxsiy muzeyida bòlgan. Bilishimcha hozir u ham shu toshlarni sotish arafasida. Eng nufuzli odamlar bilan uchrashuv Braziliyada bòlib òtarkan.
-Qachon?
-Tahminan bir haftadan keyin. Ammo toshlarni juda katta narxga baholayapti. Shunga yarasha juda mansabdor shaxslar shu toshlarga davogar bòladi.
-Menga kimoshti savdosida kimlar qatnashishini aniqlab ber. Sòng yana bitta davogar borligini yetkaz. Ammo aniq shaxsini ayta kòrma. Nima qilib bòlmasin shu toshlarni yaqindan kòrishim shart.
-Hòp bòladi, shahzodam. Bajariladi.
Karl gòshakni qòygach hayolga berilib qoldi. Boshida Miyaga òzini mashinada urib yuborgani uchungina qiziqish bildirgan edi. Òshanda qizdan qasos olish ilinjida uni ham "òlja" larini ovlagandek maroq bilan òldirmoqchi edi. Axir u òljasi bilan òynashishni yaxshi kòrardida! Ammo qiz bilan yaqindan tanishgach u oddiy qiz emasligini darrov payqadi. Doim etibor markazida bòlib kelgan Karlni bu qiz pisand ilmagan edi. Biroq Karl undan sòng ham qizni òlja sifatida kòrdi, toki tungi klub va uyidagi hizmatchi bilan yuz bergan voqeaga qadar.
-Sen oddiy odam emassan,- Karl kòz oldiga Miyani kulib turgan chehrasini keltirib jilmaydi,- ammo vampir yoki bòritus ham emassan. Hamma dalillar bir-biriga zid. Sen kimsan òzi?...
-Karl,- yigit òz ismini aytib chaqirishgani bois ortiga ògrildi. Qarshisida òqituvchisi kitoblar kòtargancha turardi. Karl uni tanir ekan yuzi òz-òzidan burishib ketdi. Chunki bu òqituvchi ayol hali juda yosh bòlib har dars payti Karlga òzgacha nigoh tashlab qòyar, ataylab yigitda tasurot qoldirish uchun har balo qilardi. Hozir ham kaltadan-kalta yubka kiyib, yelkasi katta ochiq kòftada Karlni qarshisida jilmayib turibdi.
-Labbay, xonim,- yigit istamasada javob qildi.
-Kitoblarni xonamga olib borishda yordam bera olasanmi?- ayol kòzlarini suzib qòydi. Bundan Karlni battar hunobi oshgan bòlsada, tishini tishiga bosdi.
-Albatta, bajonidil,- yigit keyingi qilmoqchi bòlgan rejasini puxta òylab jilmayib qòyarkan ayolni qòlidagi kitoblarni oldi. Uni izidan ayolni xonasiga borib kitoblarni u kòrsatgan stol ustiga qòydi.
-Katta rahmat, Karl.
-Yordam kerak bòlsa chaqiravering,- Karl jilmayib ayolga yaqinlashdi. Bundan òqituvchi battar hayajonlanib tez nafas olishni boshladi. Buni Karl ham sezmay qolmadi.
-A...albatta...- ayol duduqlangan kòyi bazòr javob qildi.
-Ish vaqtingiz tugadimi? Balki uyingizga kuzatib qòyarman? Sizdek latofatli ayolga yordam bersan boshim osmonga yetadi,- yigit kutilmaganda ayolni qòlidan ushlab oldi. Hayajonga qattiq berilgan ayol qòlini tortib olishni hayoliga ham keltirmadi.
-Roziman... balki uyimda ozgina mehmon bòlarsan?- òqituvchi ham òzida qandaydir shijoat sezib yigitni bòyniga osildi.
-Mehmon qilasizmi?- Karl ayyorona tabassum qildi.
-Albatta...
-Unda oldindan rahmat,- kutilmaganda Karl ayolni oģzini yopib tishlarini bòyniga botirdi. Ayol oģriq tasirida undan qancha òzini tortishga urinmasin hech kuchi yetmasdi. Oxiri qarshilik qilishga kuchi ham qolmay shu yerni òzida jon berdi...

Eshik oldida sinfda unutib qoldirgan telefonini olishga qaytgan, ammo kutilmaganda bu manzaraga guvoh bòlgan Miyaning daxshatdan kòzlari katta ochildi. Yerda yotgan òqituvchini jasadiga tikilarkan beehtiyor sumkasi qòlidan tushib ketdi. Oģzi atrofidagi qonni artayotgan Karlni nigohi birdan eshik oldidagi qizga qaratildi...

#Angel
432 views𝕯𝖎𝖓𝖆, 11:01
Ochish/sharhlash
2022-07-05 14:01:25 -Nimani eshitishim kerak?
-Òsha basseynga tushib ketgan kuning ertasiga allaqanday qora kiyimli odamlar kelib direktor xonasiga kirib chiqishdi. Ular chiqquniga qadar hech bir òquvchini kollejdan chiqarmay turishdi. Sòng òsha odamlar va direktor hamrohligida butun kollejdagilarni telefonini tekshirib chiqishdi. Ular qandaydir tekshiruvchilar ekan. Qiziģi telefonlar qaytarib berilganda seni videoying hech bir telefonda bòlmagan. Hatto internet sahifaga qòyishga ulgurganlarnikida ham òchirib tashlangan.
-Aniqmi?- Miya hayratini yashirmay dugonasiga hayron qaradi.
-Ha... menimcha ular kollej qizini sharmanda bòlishini istamagan... shekilli...
Miya dugonasini gapini anglamay hayol surishda davom etdi. Qora kiyingan odamlar? Ular kim bòlishi mumkin? Hozirda Miyani hayoliga faqat bir shaxs kelayapti... u ham bòlsa Karl. U kechagina Miyani òz uyiga qamab "muammoyingni hal qilishga" deya chiqib ketgandi. Karl òsha payt nafaqat qotillikni, balki kollejdagi sharmandalikni ham hal qilgan. Ha, aniq u! Boshqasi bòlishi mumkin ham emas...
-Miya? Gaplarimni eshitayapsanmi? Nega buncha qizarib ketding? Nima bòldi?
Dugonasini bu gapidan sòng Miya qizib ketgan ikki chakkasini ushladi. Huddi hayajonlangandek yuragi juda tez urardi. Hozirda Karlni mehribonchiliklari qizga hush yoqqan edi. Kimga ham bunday etibor yoqmaydi? Hammaga yoqib tushadi, albatta. Ayniqsa Miyadek òziga hech kimni yaqin yòlatmaydigan qizga...
-Miya qara, Karl keldi.
Yeva kòrsatgan tomonga tezda qaragan qizni kòzi eshik oldida òziga tikilib turgan Karlga tushdi. Uni ma'nosiz nigohlarini kòrib qiz ģalati entikdi. Bu holat bir necha soniya davom etdi xolos. Chunki Miya tezda òzini ònglab olgan edi...
-Viiy bu yigitni nigohlarini...- Yeva òz partasidan joy olgan Karldan hamon kòz uzmay turardi.- Juda kelishgan yigitda òziyam... tòģrimi, Miya?
Miya ensasini qotirib qòyish bilan chegaralandi. Negadir dugonasini Karl haqida gapirishi unga yoqmayotgandi.
-Bitta gaplashishga urinib kòrsammikan? Balki sevishganlar bòlarmidik?
-Yeva, Mark keldi,- Miya sovuq ohangda qizga yuzlandi.
-U bilan ajralishdik,- Yeva eshikdan kirib kelgan Markka etibor ham bermadi,- Yòllar ikki tomonga qayrildi. Demak endi ozod qushman. Bemalol shu kelishgan Karlga qarmoq tashlasam bòladi...
-Tur, òz joyinga bor!- Miya dugonasini haydashga tushdi,- Hozir òqituvchi kiradi. Yeva, tur dedim senga!
-Hòp, hòp, mana! Nega jahl qilasan?- qiz hayron dugonasi yonidan turib boshqa joyga òrnashib oldi. Miya nega jahl qilayotganini òzi ham tushunmay kòz qiri bilan Karlga nigoh tashladi. Uni òziga kulib qarab turganini kòrib tezda boshini ògirib oldi.
"-Jin ursin, menga nimalar bòlayapti òzi?- Miya doimgidek hayol surishni boshladi,- Avval atrofimda bòlayotgan ģalati hodisalar, Karl mashmashasi, endi esa ģalati hislar... Nega Yeva u haqida gapirganda òzimni yomon his qildim? Nega òsha telba Karl menga shuncha yordam berayapti? Nega boy bòla turi birdan mendek oddiy qizga qiziqib qoldi? Kim òzi u?"
Va doimgidek Miya hech bir savoliga javob ololmay hòrsingancha boshini partaga qòydi. Bu safar ham kollejdagi kunini miriqib uxlash bilan òtkazdi...
Miyani hayoti shundan sòng biroz izga tushgandek bòldi. Doimgidek kollejga qatnar, Joe bilan nomigagina sevishgan edilar. Joe ham buni yaxshi tushunib turgan bòlsada shunga ham rozi edi. Hatto Miyani Karl bilan kòrganida ham hech narsa deya olmasdi. Zerokim u Miya òzidan Reychl sabab foydalanganini yaxshi tushunardi.
Haftalar ichida kòp narsa òzgardi. Asosan Miya va Karl òrtasidagi masofa qisqardi. Ularni dòst ham deb bòlmas edi. Doim bir-biriga nisbatan sovuqqon bòlishar, qòpol gapirishar, kezi kelganda mazax qilishdan ham qaytishmasdi. Miya iloji boricha undan uzoqlashishga urinar, yigitni qandaydir boshqacha ekanligini yaxshi sezib turardi.
Vaqti kelib Miya Joedan shunchaki uzoqlashdi, Karl bòlsa Yevaning sevishganlar bòlish haqidagi taklifini rad etdi. Endilikda Miya va Karl òrtasidagi munosabat ham yaxshigina sovugandi. Ular huddi bir-birini tanimaydigandek begonalar edilar...
392 views𝕯𝖎𝖓𝖆, 11:01
Ochish/sharhlash
2022-07-05 14:01:25 #Ziddiyat
13-qism
Kollejdagi qotillik


2022-yil 10-oktyabr. Kollej binosi.

-Tayyormisan, sevgilim?- Joe qora kòzoynagini tushirib yonida òtirgan qizga kulib qaradi.
-Albatta,- Miya jilmaygan kòyi yigitga ma'noli nigoh tashladi. Buni tushungan Joe mashinadan tushib, qiz tomonni eshigini ham ochdi. Miya ham tushgan zahoti kollej binosi oldidagilarni nigohi ular tomon qaratildi. Hammaning oģzi hayratdan yarim ochilgan. Boisi bu juftlikni birga kelishini hech kim kutmagan edi. Hamma hayratda, faqatgina Reychlgina ularga hayrat emas ģazab bilan boqardi. Aynan ģazab nigohlari bilan kollejga qòltiqlashib kirib ketgan juftlikni kuzatib qoldi.
-Men òz sinfimga ketdim. Òzingni ehtiyot qil, sevgilim. Darsdan sòng uchrashamiz,- Joe qizga kulib qarab istamaygina uni qòlini qòyib yubordi. U uzoqlashgachgina Miyani yuzidagi soxta kulgu birdan yòqoldi.
-Òzingni ehtiyot qil emish? Nima men yosh bolamidim?- Miya kòzini yuqoriga qaratib ensasini qotirib qòydi.
-Oxo, mana kollejdagilarni oģzidan tushmayotgan juftliklardan biri,- Miya kelgan ovoz tufayli ortiga ògrildi,- Qasos ilinjida shunday qildingmi?
-Senga nima?- Miya Karlga bepisandgina nigoh tashladi,- Nima ozgina yordam berib hayotimga aralashish mumkin deb òylayapsanmi?
-Uyidan qochib ketsam meni tinch qòyadi deb òyladingmi?- Karlni nigohlarida qandaydir ģazab mavjud edi. Bu ģazab sababini yigitni òzi ham tushunmas, Miya esa buni qochganligi sabab deb òylardi.
-Balki barini unutib kalitlarni almasharmiz?- qiz kecha Karlni uyidan òģirlab chiqqan mashina kalitini yigitga uzatdi,- Mashinang hozir uyim oldida. Olib kelishga erindim.
-Balki sevgilingni mashinasida kelishni istab shunday qilgandirsan?- Karl "sevgiling" sòziga alohida urģu berib qizni òz mashinasi kalitini uzatdi,- Mashinang uying oldida. Boyagina yordamchim eltib qòydi.
-Juda marhamatlisan,- Miya uni jahl qilayotganidan asabiylashib kesatgancha kalitlarni almashtirdi,- Ha yana... yordaming uchun rahmat.
Miya uni aylanib òtib uzoqlashdi. Sinfxonasiga havsala bilan kirib òz partasiga joylashdida tel titkilashga kirishdi. Intirnetdan tungi klubdagi voqeaga aloqador xabar qidirdi va topdi ham. Xabar òsha Miyaga shilqimlik qilgan yigitni bòģizlagan qora tanlining intervyusi haqida edi. Videoda u talvasaga tushgan qiyofada bòlib tinmay "Men istamadim. Nimadir bunga meni majbur qildi. U axir dòstim edi..." kabi gaplarini tinmay takrorlardi. Ammo hech bir gapida "U yerda yana bir qiz ham bor edi" kabi jumlani keltirib òtmadi. Miya tushundiki, aynan shu yerda Karlni qòli bor.
-Uff,- qiz asabiy telni òchirib boshini changalladi. "Nimadir bunga meni majbur qildi" aynan shu jumla qizni òylantirib qòygan edi. Nima majbur qilgan bòlishi mumkin? Òsha payti yigit huddi manqurtlardek harakat qilgandi. Keyinchalik hizmatchi qizda ham shu holat kuzatildi. Nega aynan Miyani atrofida shunday hodisa sodir bòlayapti? Nima sababdan?
-MIYA!- Yevani baland ovozi qizni hayollarini tòzģitib yubordi. Yeva yugurgancha xonaga kirib qizni yoniga òtirib oldi.- Shu rostmi? Joe bilan sevishganlar bòldinglarmi?
-Sevishganlar?- Miya labi chetida kulib qòydi,- Eshitilishi ģalati ekan.
-Barbir òz bilganingdan qolmabsanda? Bir tomondan tòģri qilding deb òylayman... Reychlni ahvolini kòrsayding... Hozirgina Joeni sinfiga borib tomosha kòrsatdi. Sen bilan yurganini Joeni yuziga solib, hatto unga bòlgan hislarini ham hammani oldida tan oldi. Joe rad etgach esa telbadek baqirib sochini yulishga tushdi. Ehh, bu tomoshani kòrsayding... U qiz ģirt telbaga aylanib qoldi. Tinmay baqirib yiģlayapti. Uyidagilar kelib zòrģa olib ketishdi. Uni boplading òziyam.
-Òziga tilab oldi,- Miya beetibor tel titishda davom etdi.
-Sinfdagilar uni bu holatini videoga olishdi. Endi òzi aytgandek internet yulduziga aylanadi.
-Shoshmachi,- Miyani hayoliga òsha paytdagi Reychlni gaplari keldi,- Internet yulduzi dedingmi? Axir meni basseyndagi holatimni ham kòpchilik videoga olgandi. Ammo men òzimni internetda kòrganim yòq.
-Nima eshitmadingmi?- Yeva dugonasiga hayron qaradi.
410 views𝕯𝖎𝖓𝖆, 11:01
Ochish/sharhlash
2022-07-04 15:20:51 Kuttirishlar uchun ming bor uzur. Ammo hozir uyda emasman, yozishga sharoitim ham yòq. Ertaga asar tashlanmagan kunlarim òrnini tòldirishga harakat qilib kòp tashlayman. Sabr bilan kutasiz deb umid qilaman.
#Angel
469 views𝕯𝖎𝖓𝖆, 12:20
Ochish/sharhlash
2022-07-02 18:52:17
Yana bitta menga yoqqan variant
(Notanish obunachidan. Katta rahmat )
610 views𝕯𝖎𝖓𝖆, 15:52
Ochish/sharhlash