Get Mystery Box with random crypto!

𝓚𝓪𝓵𝓫𝓲𝓶𝓲𝓷 𝓢𝓮𝓼𝓲♡

Telegram kanalining logotibi qalbovozim — 𝓚𝓪𝓵𝓫𝓲𝓶𝓲𝓷 𝓢𝓮𝓼𝓲♡ 𝓚
Telegram kanalining logotibi qalbovozim — 𝓚𝓪𝓵𝓫𝓲𝓶𝓲𝓷 𝓢𝓮𝓼𝓲♡
Kanal manzili: @qalbovozim
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 585
Kanalning ta’rifi

" Qalbdan chiqqan satrlar ko'kka misli qushdek parvoz ettirajak,
muallif sehri ila zar harflarda qog'ozga bitilajak... "
Creator and author: #Angel

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2022-07-09 20:24:13 -Bu kulguli emas.
-Men ham kulayotganim yòq. Haqiqatni aytayapman. Ular hech ham yoqimtoy emas. Mana meni yoqimtoy deb aytsa bòladi.
-Mana bu gap lekin kulguli bòldi,- Miya mazaxlagandek kuldi.
-Nima gapim yolģonmi? Kelishganman, boyman, uni ustiga shahzodaman. Hamma qizlar orzu qiladigan jihatlar menda bor. Lekin sen meni emas òsha bòrivachchalarni ustun kòrdingmi?
-Oq oting bormi?- Miya tòxtab yigitga savol nazari bilan qaradi.
-Buni nima dahli bor?- Karl hayron bòldi,- Yòq!
-Nahot shahzodada ot bòlmasa?
-Uni nima keragi bor?
-Qizlarga oq ot mingan shahzoda yoqadi. Jumladan menga ham.- Miya mamnun jilmayib yana yurishga tushdi,- Hafa bòlma, turqi sovuqqinam. Barbir bòrilar istarali va yoqimtoyroq...

#Angel
401 views𝕯𝖎𝖓𝖆, 17:24
Ochish/sharhlash
2022-07-09 20:24:13 -Miya, aniq shu yermi?- Karlni hovliqqan ovozi qizni hayollarini tarqatib yubordi.- Tezroq aniqlik kiritush zarur. Bu hududda kòp qololmayman. Bòrilar sezib qolishi mumkin.
-Ha!- qiz òychan javob qildi,- Shu yer!
-Demak hammasi tushunarli...
-Nima tushunarli?- Miya Karl tomon ògrildi.
-Bu oddiy kòl emas,- yigit hòrsinib tushuntirishni boshladi,- Bu kòlda sehr bor. Har yuz yilda oy tòlishgan kuni sehr òz kuchiga kiradi. Unga binoan òsha payt kimda-kim kòl suviga teginsa kòl uni òz baģriga oladi. Òsha kimsa òzini kimligini va xotiralarini yòqotadi, u haqida ham butun dunyo unutadi. Huddi òsha kimsa dunyoga kelmagandek bòladi... Men buni afsona deb òylardim, demak rost ekan.
-Baģriga oladi deganing nimasi?
-Ya'ni kòl sehrga kirgan kunda unga tegingan kimsani òz tubiga tortib ketadi.- Karl qoya chekkasiga yaqinlashib toshlardagi changni qòli bilan artdi. Unda ģalati yozuvda nimalardir bitilgan edi,- Bu haqida yozib qoldirilgan. Bilishimcha kòl òsha shaxsni òz baģrida ancha yil saqlaydi. Qancha muddatligi aniq emas. Ammo kun kelib kòl uni qòyib yuboradi... va òsha shaxs xotirasiz holatda yoruģ dunyoga qaytadi...
-Aytmoqchisanki...- Miya òyga tolib qoldi,- Bu hech qanday vaqtlar aro sayohat emas. Men kòlda necha asrlar davomida tirik yashaganmanmi?
-Menimcha shunday. Sen chindan buni vaqtlar aro sayohat deb òyladingmi?
Qiz holsiz bosh silkib qòydi.
-Kamroq fantastik film kòrish kerak. Bunaqa tushunchani òylab topgan shaxsning miyyasida ish borligi aniq.
-Demak men...- Miya yiģlagudek bòlib tahlil qila boshladi,- ortga, òz uyimga qayta olmas ekanmanda? Unda kimligimni ham hech qachon aniqlay olmayman. Yaqinlarim ham bòlmasa kerak.
-Hey, hey, tinchlan!- Karl qizni oldiga kelib baģriga bosdi,- Hali hech narsa aniq emas. Balki yaqinlaring hozir ham bordir? Vampir va bòrituslar òz ajaliga qadar boqiy yashashadi. Seni yaqinlaringni qidirishdan avval turingni bilish kerak.
-Men...
-Bòldi ketamiz,- Karl birdan qizni yana kòtarib oldi,- Bizni payqab qolishdi. Qochmasak bòlmaydi.
Miya yana katta tezlikni his qilib kòzlarini yumib oldi. Ammo bu safar Karl oldingi safargidan ancha avval tòxtab qoldi. Shovqinni eshitgan Miya darhol kòzlarini ochib, ularni tòrt-beshta bòrilar òrab turganiga guvoh bòldi.
-Endi... endi nima qilamiz?- Miya qòrqib ketib pichirladi,- Ularga bas kela olasanmi?
-Kuch ishlatsam hududimga qarshi urush ochilishi mumkin. Ilojim yòq.
Karlni bu gapidan sòng Miya uni bòynidan qattiq quchib, yelkasiga bosh qòygancha kòzlarini chirt yumib oldi. Qiziqish ustunlik qilib kòzlarini sekin ochar ekan Karlni ortida turgan qora va oq aralash rangdagi bòriga kòzi tushdi. Unga sòzsiz tikilib qoldi. Bòri òziga qaratilgan qizni nigohlarini sezib irillashdan darhol tòxtadi va u ham Miyani kòzlariga qaradi. Biroz muddatlik nigohlardan sòng òsha bòri sheriklariga qandaydir ishora qilishi bilan ular Karl va Miyadan shunchaki uzoqlashishdi. Karl bundan hayratlangan bòlsada hozirda buni mavridi emasligini tushunib yana yugurishga tushdi. Chegaradan òtib olgach tòxtab Miyani ohista pastga tushirdi.
-Ular... ular nega shunchaki ketishdi?- Karl hayratini yashirmay hayron dedi,- Axir bòrilar hududida begona vampirni sezishi bilanoq yo tutib olishadi, yo òsha yerni òzida ģajib tashlashadi.
-Òsha bòri nimadir dedi...- Miya huddi uni gapini eshitmagandek òziga-òzi pichirladi,- Kòzlari orqali nimanidir gapirayotgandi. Ammo men tushuna olmadim... Yòq, tushundim. Ammo mazmunini eslay olmayapman. Huddiki ular boshqa tilda gaplashishdiyu, òsha tilni men avvaldan bilib, hozir unutgandek.
-Tushunishimcha ular bizni qòyib yuborishganiga sen sababchisan!- Karl qizga òychan tikilib qoldi,- Ammo qanday?
-Bilmadim... Ammo ular juda yoqimtoy ekan!- Miya hayollarini yiģishtirib olib yurishga tushdi.
-Yoqimtoy?- Karl asabiy baqirib uni ketidan ergashdi,- Qaysi birini aytayapsan? Yòq, òzi umuman ularni jinsini qanday farqiga bording? Hammasi bir xilku!
386 views𝕯𝖎𝖓𝖆, edited  17:24
Ochish/sharhlash
2022-07-09 20:24:12 Miya havo yetishmay tipirchilashi bilan Karl uni qòyib yubordi. Qiz asabiy bòynini silab qòyib, nimalarnidir hayol qilib qoldi.
-Birinchi reja òxshamadi. Unda ikkinchisiga òtaman,- Miya òziga savol nazari bilan qarab turgan yigitga yuzlandi,- Men haqimda ma'lumot topishga yordamlashasan.
-Qanday ma'lumot?
-Nimani nazarda tutganimni yaxshi tushunding deb òylayman. Men haqimda sen ham qiziqib qolgansan, yòqsa òqituvchi òrniga meni òldirarding. Balki savollarimizga javobni birga qidirarmiz?
-Bu menga nega kerak?
-Qòysangchi...- Miya ensasini qotirdi,- Bu mendan kòra senga qiziqligini juda yaxshi bilaman. Hòsh, nega men boshimdan jarohat olmaganman, ammo òtmishni eslay olmayman? Nega meni aynan kòldan topib olishgan? Nega men qimmatbaxo toshlar bilan bezatilgan qadimiy kòylakda bòlganman? Nega meni atrofimdagilar òzini ģalati tutishib, aytganimni sòzsiz bajarishadi? Nimaga? Bu savollar senga ham qiziq, tòģrimi?
-Sen hamma savollarni keltirmading,- Karl òychan pichirladi,- Nega sen bòrilardek kòp ovqat yeysan-u, lekin bòritus emassan? Nega sen qandaydir qobiliyatga egasan-u, ammo vampir emassan? Balki oddiy odamdirsan?... Ammo unda nega senga nisbatan tashnalikni sezmayman? Nega?
-Shuni aniqlaylik deyapman,- Miya yangi savollardan gangib qolgan bòlsada, tezda òzini qòlga oldi,- Kòmaklashasanmi?
-Evaziga nima olaman?- Karl ayyorona jilmaydi.
-Shahzoda oddiy qizdan nimadir kutishi kulguli.
-Tòģri, ammo sen oddiy qiz emassan! Evaziga seni sòrayman!
-Ya'... ni?- Miya u nimani nazarda tutganini tushunmay biroz chòchib sòradi.
-Ya'ni butun umr asiram bòlasan.
-Hech qachon!- Miyani qoshlari chimirildi,- Bunga rozi bòlmayman!
-Men ruhsat sòramadim. Boshqa chorang ham yòq.
Miya òyga tolib qoldi. Barbir bu til uchidagi bir gap, albatta bu tentak shahzodadan qochib ketadi. Avval òzi kim ekanligini aniqlashtirib olishi zarur.
-Mayli,- Miya istamaygina rozi bòldi.
-Aytib qòyay... Òyin qilsang qòlimdan soģ chiqmaysan.
-Balki tahdidlarni chetga surib maqsadga òtarmiz?
Karl qizga yana biroz tikilib turdida ortga burilib yotoqqa òrnashib oldi. Sòng òziga savol nazari bilan qarab turgan qizga bir nigoh tashlab gap boshladi:
-Men surishtiruv ishlarini allaqachon boshlaganman. Hozirda seni kòylagingdagi qimmatbaxo toshlar qayerdaligini aniqladim. Bir necha kundan sòng uni sotib olish uchun Braziliyadagi kimoshti savdosiga boramiz.
-Ularni sotib olishga qurbing yetadimi òzi?
-Nima kambaģal shahzodaga òxshaymanmi?- Karl qizga kulib qaradi.
-Ularni olganing bilan nima òzgaradi?
-Toshlar tuzilishini òrganib qaysi qirollikka tegishli bòlganligini aytib bera olaman... shekilli...
-Bu yaxshimi?
-Foydasi bor, ammo bu ma'lumot kamlik qiladi. Sen bilan òsha sen chiqqan kòlga borishimiz kerak,- Karl òrnidan turib qizga yaqinlashdi.
-Men chiqqan kòl? Nega?
-Men òylagan kòl ekanligiga ishonch hosil qilmoqchiman.
-Ammo... ammo òsha kòl bòrituslar hududidaku! Sen òtishing...
-Tavakkal qilishga majburman,- Karl kutilmaganda qizni qòllarida kòtarib oldi. Miyani kòzlari hayratdan kattalashib ketdi.
-Bu nimasi? Òzim yura olaman, tushir!
-Seni yurishingda bòrilar bizni osongina tutib oladi.
-Ularni menga ziyoni yòq.
-Ammo menga bor! Qaysarlik qilmay, jim ket. Ha, keyin... kòzlaringni yumib ol.
Karl kutilmaganda katta tezlikda yugurgani sabab Miya kòzlarini chirt yumib oldi. Yuziga urilayotgan shamol sochlarini tòzģitar, nafas olishga halaqit qilardi. Qiz endigina havosizlikdan qiynala boshlaganida Karl birdan tòxtadi. Miya ham sekin kòzlarini ochib tanish kòlga kòzi tushgach hayron bòldi.
-Bunchalar tez?
-Òzingni yaxshi his qilayapsanmi?- Karlni kòzlarida ham hayrat mavjud edi.
-Ha! Hatto juda yaxshi,- Miya yigitni qòllaridan tushib kòlga nazar tashladi. Unda òz aksini kòrar ekan beehtiyor yana tushlarini yod oldi.
-Qiziq, odatda oddiy odamlar bu tezlikka bardosh berolishmasdi.
Miya yigitni gapiga javoban hech narsa demadi. Chunki u tushuni qayta eslash bilan band edi.
368 views𝕯𝖎𝖓𝖆, 17:24
Ochish/sharhlash
2022-07-09 20:24:12 #Ziddiyat
19-qism
Ko'l siri


2022-yil 3-noyabr. Shahzoda Karlga tegishli hashamatli uy.

-Janob, u tòpolon qilib tashladi,- Karl òz uyiga kelishi bilanoq odamlaridan biri unga hisobot berishni boshladi,- Qamab qòyganimizdan sòng xonani aģdar-tòntar qildi. Tinchlantirish uchun kirgan yigitlarni boshini yordi.
-Shuncha vampir yigitni bitta qizga kuchi yetmadimi?- Karlni labiga tabassum yugurdi.
-Shahzodam... u... juda kuchli ekan. Uni ustiga siz zarar yetkazmang deganingiz uchun kuchli qarshilik qila olmadik.
-Nimadir yeb oldimi?- Karl yigitni òzini oqlashiga javoban nimadir deyishni lozim topmadi.
-Ha. Juda bòysunmas qiz ekan, ammo ovqatni rad etmadi.
-Tushunarli,- Karl yana kulib qòyib, yigitni yolģiz qoldirdida, Miya qamab qòyilgan xonaga yòl oldi. Ikkilanmasdan ichkariga kirganida òzi tomon otilgan grafinni sezib vaqtida egilib qoldi. Grafin yòlak devoriga tegib chil-chil sindi.
-Bu nimasi?- Karl asabiy pichirlab grafinni otgan qizga qaradi.
-Qiz bolani xonasiga taqillatib kirish kerak,- Miya unga bepisand nigoh tashladi,- Yana shahzodamish bu...
-Demak bòrilar hammasini aytishgan,- yigit eshikni yana qulfladida, deraza oldida turgan qizga kulib qaradi,- Nahot shunda ham menga yomon muomila qilsang?
-Nima tiz chòkib tazim qilishimni kutayapsanmi? Tushingni borib suvga ayt, turqi sovuq.
-Tush? Vampirlar uxlamaydi, biz tush ham kòrmaymiz.
-Voy bechoralar-ey... demak uxlamaganing uchun ham miyyang faoliyati susayib aqling zaiflashib qolgan ekanda?
-Bas qil!- Karl qizga jiddiy qaradi.
-Yoki miyyangizga qon bormagani uchun ham u ishlamaydi! Axir sizlarda qon yòqku...
-Chakagingni yum.
-Yuzingga ham qon bormagani uchun ham turqing sovuq!
-Jim bòl dedim senga!- Karl kutilmaganda qizni oldida paydo bòlib uni devorga tirab qòydi.
-Nega? Nega jim bòlishim kerak?- Miya yigitni kòzidagi ģazabdan ozgina chòchigan bòlsada ģururni ustun bildi,- Haqiqatni aytayapman. Sendek ahmoq shahzodalar bunaqa gapni eshitib ham kòrishmagan.
-Shuncha jasoratni qayerdan olasan-a?- yigitni kòzidagi ģazab òrnini bir zumda hayrat egalladi.
-Xullas maqsadga òtaman,- Miya yigitni òzidan uzoqlashtirib gap boshladi,- Yaxshisi kelishib olamiz. Sen meni tinchgina qòyib yuborasan, men esa kòrganlarimni hech kimga aytmayman.
-Yòģe?- Karl kuldi,- Nega bu taklifga rozi bòlishim kerak? Seni qòyib yubormasam ham men haqimda hech kimga ayta olmaysan.
-Yòq, bu adolatdan bòlmasdi,- Miya labini burib qòydi,- Axir shahzodasan. Shahzoda adolatli bòlishi kerak.
-Men adolatli emasman.
-Demak shahzoda nomiga loyiq emassan.
-Menga qara, qizaloq,- Karl qizga yaqinlashib ikki tomonidagi devorga ikki qòlini qòydi,- Men...
-Shundoģam basharangga qarab turibman.
-Men...- Karl hòrsinib uni gapini eshitmaganga oldi,- shavqatlilar, injiqlik va haqoratni kòtaradiganlar xilidan emasman.
-Mana kòtarayapsanku!
-Jahlim chiqsa seni òldirib qòyishim mumkin. Shundoģam senda alamim bor... Balki òsha alamni olish vaqti kelgandir?
-Alam?- Miya òylanib qoldi,- Qanaqa alam? Seni haqoratlar qilganim uchunmi?
-Yòq, mashinada urib yuborganing uchun.
Miya biroz vaqt òylanib turdida hammasini tushunib bor ovozda kulib yubordi. Shunchalar mazza qilib kulganidan Karlning jahldan qizargan yuziga ham e'tibor bermadi.
-Sen... sen òshamiding?- qiz òzini kulgudan tòxtata olmay bazòr gapirdi,- Demak shu uchun ham òsha voqeadan keyin soqov yigit birdan menga gapirib qolibdida!
-Kulishni bas qil,- Karl tishlari orasida dedi,- Buni bilgach qòrqishing kerak emasmi?
-Chinda òsha senmiding?- qiz kulishda davom etdi,- Agar bilganimda shunchaki urib yubormay biratòla bosib ketardim. Balki shunda boshingdan zarba olib miyyang ishlab qolarmidi?
Karl òzini ushlab tura olmay qizni devorga tirab bòynidan bòģib oldi. Shundagina Miya kulishdan tòxtadi.
-Men bilan òynashma,- yigit Miyani yuziga juda yaqin masofada pichirladi,- Yòqsa qiynalib òlishingga òzim kafil bòlaman.
359 views𝕯𝖎𝖓𝖆, 17:24
Ochish/sharhlash
2022-07-09 20:23:35 "Murda qalblar shahri"
2-fasl
Muallif: #Venera
354 views𝕯𝖎𝖓𝖆, 17:23
Ochish/sharhlash
2022-07-08 20:44:29 -Iltimos... kerak emas...- Emili yiģlagancha qòli orqali ortga harakat qildi. Ammo yigit uni osongina tutib olib ustiga chiqib olib, huddi avvalgidek qizni qimirlay olmaydigan holatga keltirib qòydi,- YÒQ! ISTAMAYMAN! KERAGI YÒQ!
Gergor kutilmaganda issiq temirni qizni qòliga bosishi bilan Emili bor ovozida dodlab yubordi. Issiq temir uni tanasini qizdirib qattiq azob berar, oģriq tasirida qiz bor ovozida baqirardi. Bu ovoz tungi sukunatni buzib saroydagi hammaga yetib bordi. Hatto xonasida yolģiz òtirgan shahzoda Karlga ham. U ovoz sohibasi kim ekanligini tahmin qilib boya aytgan gaplari uchun bir soniya pushaymon bòlib qoldi. Axir u dòstini jahli qandayligini yaxshi bilardi! Ammo bu gaplarni qizni harakatidan hayratlangani boisgina aytgan edi. Endi bu gaplarni aytgani uchun pushaymon bòlayapti...
Emili oģriq tasirida qattiq ģazablangani bois unda tuslanish jarayoni yuz bera boshladi. Bir zumda u och olov rang tusdagi bòriga aylanib qoldi. Bòri oģriqdan ingrab shahzodani tagida yotardi.
-Soqchilar!- Gregor bòrini yungidan biroz silab, baqirdi. Zindonda ikkita yigit paydo bòldi.
-Uni darvoza oldiga boģlab qòying,- shahzoda òrnidan turib, yerda qimirlashga ham holi bòlmayotgan bòriga nazar tashlab qòydi,- Ertalabgacha qòriqchi it vazifasini bajarsa aqli kiradi...
Gregor unga mayus tikilib turgan bòridan kòz uzib hech narsa bòlmagandek zindonni tark etdi. Soqchilar Emilini sudragudek olib ketib huddi shahzoda buyurgandek darvoza oldiga boģlab qòyishdi. Bòynidan boģlab qòyilgan bòri oģriq tasirida ancha vaqt ingrab yotdi...

#Angel
371 views𝕯𝖎𝖓𝖆, 17:44
Ochish/sharhlash
2022-07-08 20:44:29 -Nega endi?- Karl aqlni oladigan darajada chiroyli jilmaydi. Ammo bu Emiliga tasir ham qilmadi,- Men tur ajratmaydiganlar xilidanman. Nima meni ham Gregordek deb òylab senga tegmasligim uchun òzingni fosh qildingmi? Afsus, harakatlaring besamar bòldi.
-Bu... bu nima deganing?- Emili dovdirab qoldi,- Vampir shahzodani bòritus qiz bilan tun òtkazishi sharmandali holat!
-Bunday deb kim aytdi? Men shahzodaman! Demak istalgan qizni tanlashim mumkin,- Karl gapini yakunlab nigohini qizni lablariga qaratdi. Yoqimli jilmayib titrab turgan qizil lablarga yaqinlasha boshladi...
Endi lablar tutashishiga oz qolgan damda ichkariga otilib kirgan shaxs barini barbod qildi.
-Gregor?- Karl qizni qòyib yubormagan holda eshik oldida hovliqqancha turgan dòstiga yuzlandi,- Tinchlikmi? Nima bòldiki xonamga bu taqlid tashrif buyurding.
-Asirani adashib xonangga kirgazib yuborishibdi,- Gregor tinchlanishga urinib Emiliga yov qarash qilib qòydi,- Buni notòģri...
-Notòģri tushunganim yòq. Qiz menga yoqdi. Marhamat qilib yolģiz qoldirsang hursand bòlardim...
Emili bu gapdan sòng kutilmaganda yigitni changalidan chiqib, Gregor tomonga yugurdida, uni ortiga yashirinib oldi. Bu holatdan hayratga tushgan Karlni kòzlari katta ochildi.
-Tushunmadim...- Karl qizga bir nazar tashlab olib gap boshladi,- Hozirgina bòritus qiz quchoģimdan qochib kimsan bòrilarni ajali bòlmish shahzoda Gregor ortiga yashirinib oldimi?- Karl òzini tutib tura olmay kulib yubordi,- Bu qanday gap bòldi, Gregor? Nima oldingi qòrqinchli qiyofangni yòqotib qòydingmi? Yoki endi bòrilarni boshqalarni changalidan qutqarish bilan shuģullanyapsanmi?
-Yòq, albatta!- Gregor jahli qattiq chiqqan bòlsada tishini-tishiga bosib javob qildi.
-Unda bu qiz nega ortingga yashirinayapti? Nega u saroyingda bamaylihotir yuribdi? Hatto shahzodani xonasiga kirishni ham uddaladi... Nima balo uni yoqtirib qoldingmi?- shahzoda Karl yana kulib yubordi,- Bòrituslardan nafratlanadigan vaxshiy shahzoda bòritusga kòngil qòydimi? Juda kulguli...
-Unday emas,- Gregor deyarli baqirib yubordi,- Seningcha sevish meni qòlimdan keladimi? Yana qayerdagi kòppakniya? U òlishi kutilayotgan oddiygina asira xolos. Seni oldinga haqiqiy joriya jònatishadi. Hayri tun tilayman, dòstim.
Gregor ortiq hech nima demay Emilini xonadan sudragudek olib chiqib ketdi. Qiz uni vajohatini kòrib juda qòrqib ketdi. Bu jahlni alamini òzidan olishini tahmin qilib oģir yutunib qòydi.
-Nega?- Gregor xonasiga qaytishi bilan qizni kuch bilan devorga tirab baqirdi,- Nega xonadan chiqding? Nima uchun???
Emili devorga qattiq urilgani bois yelkasidagi oģriqni ham unutib shahzodani yorqin qizil tusga kirgan kòzlariga bejo boqdi. U yana òtgan safargidek ģazabga berilayapti. Demak hozir undan har narsani kutish mumkin.
-Men... men...- Emili qòrqqani tufayli tutilib gapira boshladi,- Men istamaganimdim. Qochish... niyatim ham yòq edi. Shun...chaki zerikkanimdan...
-Seni shu zerikishing sabab men dòstim oldida izza bòldimmi?- Gregor bor ovozida baqirib yubordi,- Shu paytgacha qiz bola deb indamadim. Hatto zindonda emas òz xonamda saqladim. Hali yosh bola deb haqoratlaringga ham kòz yumdim. Sòroqni ham keyinga qoldirdim... Marhamatlarimga yaxshiliging shumi? Meni dòstim oldida uyatga qòyishni reja qilganmiding? A? GAPIR!
-Men istamagandim...- Emili yigitni vajohatini kòrib yiģlab yubordi,- Men... men... bilmagandim... shunchaki men...
-Yaxshisi sòroqni bugundan boshlaymiz,- shahzoda uni gapini eshitib òtirmay bir urinishda kòtarib oldi. Emili qanchalik uni changalidan qutilishga urinmasin bari besamar ketdi. Gregor bir deganda qizni Emili ilk bor uyģongan zindonga olib tushib yerga shunchaki tashlab yubordi. Emili bir qulf eshikka, bir yana qiynoq stoli tomon ketgan yigitga qarab yiģlashda davom etdi. Qanchalik òzini oqlashga urinmasin yigit uni eshitmaganlikka olib stol yonida nimalardir qilardi. Sòng birdan qiz tomon ògrildi. Qòlida qandaydir "G" shaklida temir bòlagi bòlib, huddi qizib turgandek qizil tusda edi. Emili u nima qilmoqchiligini tushunib battar yiģlashga tushdi.
348 views𝕯𝖎𝖓𝖆, edited  17:44
Ochish/sharhlash
2022-07-08 20:44:29 #Ziddiyat
18-qism
Bo'ri qiyofasi


Òrta asrlar.

Emili nima bòlganini anglamasidan uni bir ikkita qiz òzi bilan olib ketib tayyorlashga tushdi. Emili chòmilayotganda ham, chiroyli kòylak tanlayotganda ham deyarli shòk holatida turdi. Yarim soatga qolmay uni yetaklab qandaydir eshik oldiga olib kelib ichkariga kirgazib yuborishdi. Bu shunchalar tez sodir bòlganida qiz nima bòlganini anglay olmay qoldi.
Hashamatli xonaga razm solarkan yotoqda òziga tikilib òtilgan yigitni kòrib darhol pastga qarab oldi. Shukrki yigit uni kòz rangini kòrishga ulgurmadi. Shahzoda Karl shoshilmay òrnidan turdida qizga yaqinlashdi.
-Demak menga ajratib berilgan joriya sensan,- qizga juda yaqin kelib qarshisida tòxtadi.
Emili yuzida sovuq taftni his qilib seskanib ketdi. Yigit iyagidan ushlab òziga qaratishi bilanoq kòzlarini chirt yumib oldi.
-Ancha chiroyli ekansan,- shahzoda Karl qizni uzun kipriklaridan kòz uzmay pichirladi,- Menga yoqding. Isming nima?...
-Men...- qiz javob berishga ikkilanib qoldi. Agar Gregor dòstiga u haqida aytgan bòlsachi? Agar hozir ismini aytsa shahzoda Karl qizni bòritus ekanligini bilib qolsachi?
-Sen?- Karl unga savol nazari bilan qaradi,- Nima sen?
-Ismim... Emili...- qiz tavakkaliga aytishga qaror qildi. Sòng bu yerdan qanday ketish choralarini izlay boshladi.
-Chiroyli ism,- Karl qizni bir harakat bilan òziga yaqin olib keldi. Emili bu juda tez sodir bòlganidan gangib qoldi. Shahzoda ortiq hech narsa demay qizni yotoq tomon olib bordi. Ammo Emili kutilmaganda uni quchoģidan chiqib xonani narigi tomoniga qochdi. Yigit kòzini pastga qaratib turgan qizga hayron qaradi.
-Bu birinchi tuningmi deyman...- Karlni yuziga tabassum yugurdi,- Hayajonlanishing tabiiy. Seni tushunaman.
-Yòq... Men bu yerga adashib kelib qoldim. Yaxshisi senga boshqa qizni yuborishadi.
Karl òziga sensirab gapirgan qizga bir muddat hayron tikilib qoldi. Emili eshik tomon harakatlanishi bilan uni kuch bilan tòxtatib devorga tiradi.
-Menga sen yoqding. Boshqasini keragi yòq.
Emilini òzini fosh qilishdan bòlak boshqa chorasi qolmadi. Boshini kòtarib, yigitga maģrur qaradi...

-Menimcha ancha aqling kirdi,- Gregor xonasiga qaytar ekan yotoqni bòshligini kòrib hayron qoldi. Xonaga yaxshilab razm solsa ham Emilini topa olmadi,- Jin ursin, qayerdasan?
Gregor qizni qochib ketdi deb òylab qòrqib xonadan otilib chiqdida soqchilarni chaqirdi.
-Qizni butun qasrdan qidiring. Tashqarida soqchilar kòp, demak u saroydan chiqa olmagan. Hamma yerni tekshiring! Nima qilib bòlmasin qizni huzurimga topib keling!
Soqchilar shahzodani vajohatini kòrib buyruqni bajarishga kirishishdi. Butun saroy Emilini qidirishga tushib ketdi. Uni hech kim payqamagan edi, faqat bitta soqchidan bòlak.
-Men shubhali qizni yòlakda uchratdim,- soqchi shahzodani nigohidan qòrqibroq gap boshladi,- Joriyalardan birimisan desam ha dedi. Yangi ekanligini, maxsus zalni topa olmayotganini aytdi. Keyin uni boshqa joriyalar oldiga kuzatib qòydim.
Gregor ortiq surishtirmay joriyalar tunaydigan òsha katta zalga yòl oldi. Uni kòrgan hamma qizlar shoshib oyoqda tik turgancha boshlarini egib olishdi. Gregor ularga e'tibor berib, birma-bir yuzlariga qarab chiqdi. Emilini topa olmagach qizlarga masul ayolni chaqirdi.
-Labbay, shahzodam,- Gregorni qarshisida òsha Emilini tanlagan ayol paydo bòldi.
-Qizlarni hammasi shumi? Hech kim zaldan chiqqani yòqmi?
-Yòq, shahzodam,- ayol òylanib javob berdi,- Faqat...
-Nima faqat?
-Faqat shahzoda Karlni oldiga bir joriyani kirgazdik. Boshqa hech kim bu yerdan bir qadam ham uzoqlashmadi. Qandaydir muammo bormi, shahzodam?
-Jin ursin,- shahzoda baqirgancha zaldan otilib chiqib ketdi. Uni ortidan qizlar pichirlashgancha qolib ketishdi...

-Bòritus?- Karl qarshisidagi Emilini kòzlaridan kòz uzmay hayrat ohangida pichirladi,- Nima Gregor men bilan hazillashayaptimi? Yotoģimga bòritus qizni jònatgani nimasi?
-Ha, men bòriman,- Emili mamnun jilmaydi,- Shunday ekan bu yerdan ketganim maqul. Senga vampir qizlardan birini jònatishadi.
347 views𝕯𝖎𝖓𝖆, 17:44
Ochish/sharhlash
2022-07-08 10:16:30 -Nima unda shunday yòqotishlarga jim qarab turaverasizlarmi?
-Yòqotishlarni oldini olish oliy nasablarni ishi. Bizdek oddiy aholini qòlidan hech narsa kelmaydi. Agar shu shahzoda va malikalarimiz bòlmaganda sodir bòlishi mumkin bòlgan urushlarni hech kim tòxtata olmasdi.
-Aytmoqchisanki òsha turqi sovuq Karlni ham foydasi bor ekanda?
-Turqi sovuq?- Nadiya yana òzini tutib tura olmay kulib yubordi,- Ajoyib qiz ekansan. Shahzodaga nisbatan bunaqa gap aytish oson emas.
-Nisbatan? Men buni òziga aytganman.
-Hazillashma,- Nadiya kulishga urindi, ammo qizni jiddiy nigohiga duch kelgach kòzlarida hayrat aks etdi,- Rostanmi? Unda chindan ketmaganing maqul. Yòqsa òldim deyaver.
-Negadir undan qòrqmayapman. Meni kòproq kim ekanligim tashvishga solayapti.
-Sen kamida bir oycha biz bilan yashab tur. Balki òshanda shahzoda Karl sen haqingda unutib ham yuborar? Sòng biror chorasini òylab topamiz.
-...
-Men akamni oldiga ovqat olib boraman. Sen yaxshisi uydan chiqmay òtir.
-Akang qayerda ishlaydi?
-Akam chegarani qòriqlaydi. Vampirlardan farqli òlaroq biz mudofaaga katta e'tibor qaratamiz. Ularni esa bu bilan ishi ham yòq. Chunki hech nimadan havsiramaydigan, òz kuchiga ishonadigan xilidan ular.
-Chegarani vampirlar òtmasligi uchun qòriqlaysizlarmi?
-Shunaqaroq. Esli vampir bu tomonga òtmaydi. Ammo yangi aylanganlar bòlsa hali qonun-qoidalarni bilishmaydi. Biz ularga "yaxshilab tushuntirib" jònatib yuboramiz.
-Ha, nimani nazarda tutganingni tushungandekman.
-Bu ziddiyatda baģritoshroq va vaxshiyroq bòlgan maqul,- Nadiya jilmayib qòydida, xayrlashib xonani tark etdi. Miya yana òy-hayollari bilan yolģiz qoldi.
U kim òzi? Tushlari orqali bòridan qochib suvga sakraganini yaxshi eslaydi. Òshanda qizil oy tuni edi. Ammo qanday? Axir bu voqea òrta asrlarda sodir bòlganku! Unda nega Miya suvdan shu davrda chiqdi? Nima bu huddi vaqlar aro sayohatdekmi? Ğayriturlar bor ekan demak sehr ham bor. Balki aynan sehr sabab ham u xotirasidan ayrilgandir? Balki shu sabab ham òrta asrlarda suvga sakrab hozirgi zamonda chiqqandir? Agar chindan shunday bòlsa uni uyi òrta asrlarda! Ammo u yerga qanday qaytadi? U davr haqida, hatto sehr haqida ham hech narsa bilmaydiku!
-Yagona chora òsha vaqtda yashagan shaxsni topib bariga oydinlik kiritish,- Miya òzicha hulosa qildi,- Òsha qizil oy tuni haqida tòliq bilmay turib òzim kim ekanligimni topa olmayman. Bu ma'lumotlarni biladigan bitta shaxsnigina taniyman, u ham bòlsa Karl. Balki u savollarimga javob topishga yordam bera olar? Bu qanchalik yomon qaror bòlmasin boshqa ilojim ham yòq.
Miya bir qarorga kelib, Nadiya va Antonga xat yozib qoldirdida, uydan sekin chiqdi. Yaxshiyamki uy òrmonga juda yaqin joylashgan edi. Miya kechagi ayiq haqida hayol qilib yutunib qòydida ikkilanish bilan òrmonga qadam bosdi. Amerikada òzi òrmonlar doim kòp bòladi, yoģingarchilik ham kòp uchragani uchun kun halittan ancha salqin edi. Qiz sovuqdan qaltiragancha yòlida davom etdi. Òrmon uncha qalin bòlmagani bois chegarani aniq topib bordi. Chegara aynan shu yerda ekanligini daraxtga chizilgan qizil doira shaklidan bildi. Aynan shu daraxt ortida olovrang doira chizilgan edi. Qiz tushundiki, olovrang bòrituslarni, qizil esa vampirlarni ramzi.
Shitirlash eshitilishi bilanoq Miya daraxt ortiga yashirinib oldi. Butalar orasidan qora rang bòri chiqib atrofga yaxshilab razm soldi. Miya bu chegaradagi qòriqchi bòrilardan biriligini tushinib, qòrqib ketdi. Òzi nega qòrqishi kerak? Axir Miya vampir emasku, demak unga tegishmaydi!
Miya yashirinib turgan joyidan chiqdida, ikkilanmay chegara tomon harakatlandi. Kutganidek bòri unga bir lahza tikilib turib, ortiga qaytib ketdi.
-Hayriyat,- Miya chuqur nafas chiqardi,- Negadir bòrilarni vampirlardan kòra kòproq yoqtirib qolayapman.
Miya chegaradan òtgan edihamki qarshidan katta tezlikda nimadir òtib ketganini his qildi. Nima bòlganini anglamasidan boshiga kuchli zarba kelib tushib, hushini yòqotdi.
-Shahzodam, uni tutdik,- Miyani boshiga urgan yigit tezda xòjayini Karlga xabar berishga kirishdi.
-Juda soz,- gòshak ortidan Karlni mamnun ovozi yangradi,- Oldimga keltiring...

#Angel
392 views𝕯𝖎𝖓𝖆, 07:16
Ochish/sharhlash
2022-07-08 10:16:29 #Ziddiyat
17-qism
Qaror


2022-yil 2-noyabr. Bòrituslar hududi. Aka-singil Nadiya va Antonning uyi.

-Ahvoling yaxshimi?- Nadiya uyğonganidan buyon derazadan tashqariga tikilib òtirgan qizni oldiga kelib sekin sòradi.
-Yaxshi emas...- Miya chuqur hòrsindi,- Endilikda nima qilishimni òylayapman. Kimligimni, hozirda atrofimda nimalar bòlayotganini ham, endi nima qilishim kerakligini ham bilmayman. Bilolmayapman...
-Sen tushgan vaziyatga tushindim deyolmayman. Ammo òsha vampir yigit òqituvchingni òldirgani rostmi?
-Ha...- Miya òsha daxshatli voqeani qayta eslab javob qildi,- Kòz oldimda qonini ichdi.
-Aminmisan? Ya'ni shunchaki òldirmadi, qonini ichdi shundaymi?
-Ha,- qiz Nadiyani savollaridan hayratlandi.
-Òsha yigit...- Nadiyani kòzlarida bu safar qòrquv aks etdi,- Seni kollejingda sen bilan birga òqiydimi?
-Ha.
-Anchadan berimi?
-Yòq, yaqindagina kelgan.
-Tushunarli... Ismi Karl emasmi mobodo?
-Sen...- Miya hayrat ovozida deb, Nadiyaga tikilib qoldi,- Sen buni qayerdan bilasan?
-Buni senga qanday tushuntirsam ekan?... Mayli, boshidan boshlayman. Òsha qizil oyli tundan keyin aytilgandek vampirlar va bòrituslar soni kamaygan. Endilikda sanoqli oliy nasablilar tirik qolib, hududlar qaytadan taqsimlangan edi. Oliy nasablilarni biz shahzoda yoki malika deb ataymiz. Òshalar òz hududiga masul bòlishadi, òz navbatida hozir biz turgan joyga ham bòritus shahzoda masul. Sen yashaydigan hudud esa òsha Karlga tegishli...
-Aytmoqchisanmi... Karl shahzodami?
-Shunaqa,- Nadiya tasdiqladi,- Shahzoda bòlsa ham oddiy shahzodalardan emas. U ancha taniqli va eng kuchli vampir shahzoda. Yoshi ham juda katta... Hatto òsha qizil oyli tunga ham guvoh bòlgan.
-Hali men boboy bilan bir sinfda òqiyotganmidim?
Nadiya Miya aytgan gapidan bor ovozda kulib yubordi. Ancha vaqt òzini tòxtata olmay qornini ushlagancha kuldi.
-Sen... sen uni shahzodaligidan emas yoshi kattaligidan hayratlanayapsanmi?- Nadiya kulgu sabab kòzidan chiqqan yoshni artib tashladi.
-Ha, nima?... Aslida uni shahzoda ekanligiga uncha ishonmayapman. Uni ustiga bizni davrda bunaqa tushuncha yòq.
-Bor,- Nadiya ishonch bilan dedi,- Shunchaki oliy nasablar kamdan-kam kòrinish berishadi, ammo doimo hamma narsani bilib, boshqarib turishadi.
-Barbir ishona olmayman. Karlni yoshi juda katta bòlsa kollejda nima qilib yuribdi?
-Tahminimcha u òz hududidagi muhitni òrganish uchun ham ommaga qòshilgan. Boshqa sababi bòlishi ham mumkin emas...
-Men... men uni qotilligiga guvoh bòldim. Endi nima qilaman?- Miya kutilishi mumkin bòlgan holatlarni inobatga olib yutunib qòydi.
-U bu holatni shundayligicha qoldirmasligi aniq. Menimcha ahvoling tang... yaxshisi shu yerdan ketmaganing maqul. U bòrituslar hududiga kira olmaydi. Biznikida yashashing mumkin, barbir akam ikkimiz yolģizmiz.
-Nega?- Miya unga savol nazari bilan qaradi,- Boshqa hech kimingiz yòqmi?
-Bor. Otam shu hududni egasi bòlmish bòritus shahzodani yordamchisi, shunga uyda doim ham bòlavermaydi. Onam ancha oldim vampirlar bilan bòlgan kichik tòqnashuvda halok bòlgan.
-Nega bu ikki tur bir-birini yoqtirmaydi, Nadiya?- Miya noqulay bòlib mavzuni burishga urindi,- Qandaydir sababi bormi?
-Aniq sababi yòq. Ammo asosiysini aytsam: oldinlari vampirlar òzlarini nazorat qilishmas, istaganicha odamni òldirib nafsini qondirishardi. Tabiiyki biz bòrilarga bu yoqmasdi. Biz ularga qarshi chiqqanmiz, ular ham shundan sòng bizni dushman òrnida bilishgan. Katta urishlar bòlgan, qirģinbarotlar hudud bòlib olinishiga qadar davom etgan. Shundan sòng faqat aslzoda, ya'ni oliynasab vampirlargina odam qonini ichishga haqli bòlgan. Qolganlar kòpaytirilgan sun'iy qon ichardilar. Shu qarordan sònggina ziddiyat ancha kamaygan, ammo hamom bir-birimizni yomon kòramiz.... Umuman olganda menga shunday deb aytishgan... Aytganimdek buni aniq sababini hech kim bilmaydi. Chunki ziddiyat paydo bòlganiga ancha bòlgan...
-Buni tugatish haqida hech kim òylamaganmi?
-Yòq! Chunki buni iloji yòq! Hammani fikrini òzgartirish oson ish emas...
372 views𝕯𝖎𝖓𝖆, 07:16
Ochish/sharhlash