Get Mystery Box with random crypto!

-Balki...- Miya yengilgina yelka qisib qòyaqoldi,- Endi menga | 𝓚𝓪𝓵𝓫𝓲𝓶𝓲𝓷 𝓢𝓮𝓼𝓲♡

-Balki...- Miya yengilgina yelka qisib qòyaqoldi,- Endi menga ruhsat.
-Balki kechgi ovqatga taklif qilarman?- Alen qizni tòxtatib qoldi.
-Qiling.
-Men bilan kechgi ovqatni birga òtkazasizmi?- yigit kuldi.
-Yòq, rahmat.
Miya bergan javobdan yigit hayratlandi.
-Unda nega...
-Nega boshida rozi bòlgandek gap qilganimni sòrayapsizmi?- Miya yigitni gapini bòldi,- Bu shunchaki taklifingizni yerda qoldirmaslik uchun edi. Ammo faqat bittagina taklifingizni.
-Ajoyib ekansiz,- shahzoda qizni gapidan kulmay turolmadi,- Mayli. Unda boshqa vaqt birga kechlik qilamiz.
-Bajonidil.
-Men Alenman,- yigit qòlini sekin uzatdi.
-Miya,- uni qòlini siqib qòydi,- Tanishganimdan hursandman. Yana qachondir kòrishamiz deb umid qilaman.
-Men ham,- Alen iltifot bilan qizni qòlini òpib qòydi,- Hayrli kech xonim. Uchrashuvimizni intiqlik bilan kutaman.
Alen qizga yana bir bor jilmayish hadiya etib ortga ògrilib ketdi. Miya uni ortidan mamnun qiyofada tikilib qoldi.
-Naqadar jentelmen yigit...- qiz beehtiyor pichirladi.
-Voy-voy-voy... jentelmen emish...- Karlni ovozi yangradi,- U shunchaki senga yoqish uchun har balo dedi. Bunaqalar òzini farishta kòrsatib oladigan xilidan.
-Hammani ham òzingga òxshatma.
-Men qanday bòlsam shunday namoyon bòlganman. Òzimdan farishta yasab oladigan odatim yòq.
-Shuning uchun ham kòpchilik seni yoqtirmas ekanda?
-Fol ochayapsanmi?
-Tan ol, senga qattiq gapirib unga yaxshi muomilada bòlganim uchun alaming kelyapti,- Miya mamnun jilmaydi,- Ammo ishon, u chindan sendan ustuvor. Ham tashqi kòrinish, ham muomila bòyicha.
-Shunchaki seni didinga ot tepgan.
-Seni oq otingmi?
-Asabimga tegma,- Karlni ovozi balandroq yangradi,- Òzing ham ozgina yaxshi gapga aldanadigan xilidan ekansan. Nima chiroyli va boy yigitlarni kòrsang òzingni yòqotib qòyasanmi?
-Òylab gapirayapsanmi?- Miya uni aytgan gaplaridan sòng hayrat ovozida sòradi. Qòllari esa jahldan musht tugildi.
-Harakatlaringdan xulosa qilib aytayapman,- dedi u bamaylihotir.
-SENI FIKRLARINGA TUPURGANIM BOR.
Miya quloģidagi airpodni asabiy uloqtirib orqa eshikdan chiqib ketdi. Hozir u jahl otiga minganligi sabab Karlni mashinasida ortga qaytishni òylamasdi ham. Shunchaki borar manzilini bilmay yuraverardi.
-Chiroyli va boy yigitni kòrsam òzimni yòqotib qòyarmishman!- Miya òziga-òzi valdirab qoronģu va kimsasiz kòchalarda yurishda davom etdi,- Hozir u meni yengiltak deb òylayaptimi? Tap tortmay haqorat qilganinichi... Turqi sovuq! Haqorat qilish faqat menga mumkin, senga emas!
Telini ovozini eshitgan Miya tòxtab kim ekanligiga kòz yugurtirdi. Karlligini kòrib ensasini qotirib qòydida yòlida davom etdi.
-Qidir, qidir... yaxshilab qidir. Asiramsan deb dunyoga jar solayotganding, kòramiz qochoq asirani qanday topa olarkansan.
Yana qònģiroq bòldi. Miya bu safar ham javob bermadi.
-Turqi sovuq... hozir javob bersam yana har baloni valdirashni boshlaydi.
Yana tel ovoz chiqardi, ammo bu safar faqat xabar kelganini bildirish uchun.
"Hozir ham javob bermasang òzingdan òpkala. Nima Braziliya kòchalarida yolģiz òzing qolmoqchimisan? Qachongacha?"
Shundagina Miya bu boshqa davlat ekanligini, uyidan ancha olisdaligini esladi. Noiloj yana qilingan qònģiroqqa javob berishga majbur bòldi.
-Nihoyat... qayerdasan? Haydovchi seni topolmayapti. Tez manzilingni ayt.
-Kimsasiz va tor kòcha,- Miya havsala bilan javob berdi.
-Esing joyidami? Men manzilni ayt dedim. Braziliyada bunday kòchalar kammi seningcha?
-Yana bu yer sal qoronģu.
-Miya, asabimga tegma. Haydovchi topa olishi uchun biror narsa ayt.
-Biror narsa? Ha... yana bu yerdan axlat hidi anqib turibdi, har zamon kalamushlarga duch kelish mumkin.
-Juda kulguli,- Karl asabiy kulib dedi,- Hech bòlmasa qaysi tomonga ketganligingni ayt.
-Esimda yòq,- Miyani yuzi beehtiyor burishdi,- Chindan... eslolmayapman. Ey xudoyim, bu yer juda qòrqinchli. Qovoq kalla haydovchingga ayt meni tezroq topsin!!!
-Qovoq kalla haydovchim yaqin atrofingdagi biror narsani aytmasang qanday topadi? Jahl otiga minib aloqani uzgancha ketib qolmasang bunday bòlmasdi.