Get Mystery Box with random crypto!

#Ziddiyat 23-qism Bo'ritus shahzoda Hozirgi kun. Braziliya. | 𝓚𝓪𝓵𝓫𝓲𝓶𝓲𝓷 𝓢𝓮𝓼𝓲♡

#Ziddiyat
23-qism
Bo'ritus shahzoda


Hozirgi kun. Braziliya.

-Urinib kòrgan taqdirimda ham uddalay olmasligim aniqku,- Miya asabiy pichirladi,- Seningcha shahzodani ongini boshqarish osonmi? Uddalaganimda allaqachon seni boshqarayotgan bòlardim.
-Bu bilan qobiliyatimni senda ham sinab kòrganman demoqchimisan?- airpoddan Karlni ovozi yangradi.
-Shunaqa desa ham bòladi. Sendek tovuq miyyaga qobiliyatim òtmagan bunga òtarmidi?
-Tovuq miyya? Uff... qayerdan bilasan, balki u ham shundaydir?
-Yòq, bunday yoqimtoy yigitni aqli zaif ekanligiga ishonmayman,- dedi Miya shahzodaga zimdan nigoh tashlab qòyib.
-Nima aql tashqi kòrinishga qarab òlchanadimi?- Karl deyarli baqirib yubordi.
-Xonim, sotib olish fikridan qaytdingizmi?- toshlar yonida turgan kishi hurmat bilan Miyaga yuzlandi. Shundagina Miya hamma unga qarab javob kutib turishganini sezdi.
-A... Bir daqiqa kutib tura olasizmi? Boshliģim bilan maslahatlashayotgan edim,- Miya muloyimlik bilan javob berdi.
-Menimcha mavzudan chalģib ketdik,- Karl ancha tinchlanib dedi,- Taklifim òz kuchida. Shahzodani ongini egallashga urinib kòr.
-Mayli, qila olmasligim aniq bòlsada urinib kòraman,- qiz ensasini qotirib qòyib yonidagi kishi bilan suhbatlashayotgan shahzodaga nigoh tashladi. Unga qattiq tikilib u toshlarni sotib olishdan vos kechishini xohladi. Ammo yigitda hech qanday harakat kuzatilmadi,- Aytdimku qila olmayman deb.
-Diqqatingni jamla. Qattiq xohlasang qila olasan.
-Men qattiq xohlayapman va qila olmayapman,- Miya qayta shahzodaga nigoh tashlab yana harakat qilib kòrdi. Ammo yigitni nigohi ham unga qaratilgach nima qilarini bilmay dovdirab qoldi. Qanchalar istasada uni olovrang kòzlaridan kòz uza olmadi. Shu vaqt yigitni qoshlari chimirilib yuzini òychanlik qiyofasi qopladi.
-Uddalay olmadim,- Miya òzidan nigohini uzgan shahzodaga havsalasizgina qaradi,- Balki undan bir kunga toshlarni berib turishini sòrarmiz?
-Men toshlarni sotib olish fikridan qaytdim,- birdan shahzoda tilga kirib hammani nigohi òziga qaratilishiga sababchi bòldi. Barchani, shu jumladan Miyani yuzini ham hayrat egallagan edi,- Kechirasiz, ketishim kerak...
Yigit xonani tark etgach xona butkul sukunatga chòmdi. Avvalo minbardagi kishi òzini ònglab oldi:
-Janob Alen sotib olishdan vos kechgan ekan òz-òzidan toshlar latofatli xonimning sirli boshliģiga ***$ ga sotiladi. Tabriklayman, xonim.
Xonada yengi qarsak yangradi. Kishi shisha idishni ochishi bilan Miyani qòriqchilaridan biri toshlarni qulfli sumkaga joylab olib ketdi. Miya ham uzoq u yerda qola olmay xonani tark etdi.
-Xonim,- Miya tashqariga olib chiqadigan eshik tomon yurarkan ortidan kelgan ovoz sabab tòxtashga majbur bòldi. Ovoz egasini tanib sekingina ortga òrgildi.
-Ajoyib bellashuv bòldi,- Miya jilmaygancha gap boshladi,- Ammo ohirida nega taslim bòlganingizni tushuna olmayapman.
-Tushunishimcha sizga bu toshlar juda zarur. Yòqsa bu darajadagi narxga hamma ham kònmasdi. Biroz chekinmasam bir ayolni ranjitib qòyishim mumkin edi. Ammo erkak kishiga bu yarashmaydi.
-Jentelmenman deng,- Miyani yuziga bu safaf samimiy tabassum yugurdi.
-Aytsam bu maqtanishga kiradi. Ikkimizdan birimiz chekinishimiz kerak edi. Òshanda sizga qaraganimda... kòzingizda qandaydir tushkunlikni sezdim. Shundagina birinchi qadamni òzim tashlashga qaror qildim.
-Nega bu toshlarga qiziqib qoldingiz?- qiz hayratini yashirmay sòradi.
-Kamina qimmatbaxo buyumlarga juda qiziqadi,- shahzoda Alen aqlini oladigan darajada chiroyli jilmaydi. Yanoģidagi kulguchlari òziga juda yarashib turardi,- Shunga men ham ularni sotib olishga juda qiziqqandim. Sizchi?... Ey, uzur. Boshliģingizchi demoqchi edim.
-Unda ham huddi shunday sabab,- dedi Miya yigitni kulguchlariga tikilib.
-Sir bòlmasa boshliģingiz kimligini ayta olasizmi?
-Afsuski bu sir.
-Ha, afsus...- dedi yigit ovoziga ģamgin tus berib,- Shunchaki bu darajada katta pul har kimda ham bòlavermaydi. Ancha taniqli "odam" shekilli...- shahzoda odam sòziga alohida urģu berib gapirdi. Miya ham buni payqamay qolmadi.