Get Mystery Box with random crypto!

O‘zingizni yaxshi ko‘rmasligingizning 10 belgisi Odam o‘zini | Blog | Shokhida

O‘zingizni yaxshi ko‘rmasligingizning 10 belgisi

Odam o‘zini yaxshi ko‘radimi yoki yo‘qmi – qanday bilsa bo‘ladi? Shunchaki buni so‘rash kerak. O‘zini yaxshi ko‘radigan va qadrlaydigan odam jilmaygancha “Albatta!”, deb javob beradi. Biroq savol ikkilanish yo tushunmovchilik uyg‘otsa, odam o‘ylanib qolsa, demak, o‘zini yaxshi ko‘rishi bilan bog‘liq muammolar bor. Shubhalari bor.
Yoki “Yo‘q. Men o‘zimni yaxshi ko‘rmayman!”, degan qayg‘uli javobni olish mumkin.
Yana qanday belgilarga ko‘ra kishining o‘zini yaxshi ko‘rmasligini bilsa bo‘ladi?


1. O‘zingizni qattiq tanqid qilasiz.

Barcha xatolaringizni sezasiz va o‘zingizni bo‘sh qo‘ymaysiz. Ayovsiz tanqid qilasiz. Mayda xatolarni eslab yurasiz. Va o‘zingizga dakki beraverasiz, beraverasiz, beraverasiz. Ehtimol, buni ota-onangizdan meros qilib olgandirsiz, ular sizga qattiqqo‘llik orqali mehr ko‘rsatishgandir. Tanqid qilish orqali hayotingizdagi hamma narsa yaxshi bo‘lishi uchun harakat qilishlarini tushuntirishgandir. Biroq odamga doimiy ravishda xatolari aytib turilsa, uning rivojlanishi va hayoti go‘zallashishi haqidagi fikrlar asossizdir.

2. Qachon qaramang – doim uzr so‘raysiz.

Kimgadir xalal berayotganday his qilasiz. Shunchaki mavjudligingiz bilan. Go‘yo borligingiz uchun uzr so‘rayotgandaysiz. 
Bu quyidagi belgini yuzaga keltiradi.

3. Kimdandir nimadir so‘rashingiz qiyin.

Oddiy iltimos yoki so‘rovingiz ham boshqa odamga katta noqulaylik tug‘diradiganday tuyuladi. Siz so‘ragan ishni bajarishga sarflagan kuchiga o‘zingizni loyiq deb hisoblamaysiz. Rad javobini olishdan ham qo‘rqasiz. Rad javobi sizning qanchalar noqis ekaningizni bildiradigan navbatdagi belgiday tuyuladi.

4. O‘zingizga nisbatan past baho.

O‘zingizni hurmat qilmaysiz. Yutuqlaringizni eslamaysiz yoki ularni qadrlamaysiz. Ammo hamma mag‘lubiyatlaringiz esingizda. Shu tariqa o‘zingizga nisbatan bahongiz manfiy ko‘rsatkichga ega bo‘ladi.

5. Odamlarga rad javobini berolmaysiz.

“Yo‘q” so‘zini to‘g‘ri ishlatishni bilmaysiz. O‘zingizga bu so‘zni ko‘p aytasiz. Boshqalarga esa deyarli hech qachon. Chunki rad javobi orqali birovning ko‘nglini og‘ritishdan qo‘rqasiz. Siz uchun boshqa odamlarning hislari o‘z ehtiyojlaringiz va tuyg‘ularingizdan muhimroq.

6. Maqsadlar qo‘yishingiz va ularni amalga oshirishingiz qiyin.

Ayniqsa, katta maqsadlarni. Yaxshiroq va kattaroq narsaga loyiq emasman, deb hisoblaysiz. O‘z oldiga maqsad qo‘ygan odam hayotini yaxshilashga intilayotgan kishidir. O‘zingizni yaxshi ko‘rmasangiz, hayotingizni yaxshilash istagi ham bo‘lmaydi. Shuningdek, muvaffaqiyatsizlikdan ham juda qo‘rqasiz.

7. O‘zingizni to‘g‘ri ruhlantira olmaysiz.

Faqatgina kuchli tanqiddan foydalanasiz. Qo‘pol tepkilar va bosimlar ishlatasiz. Ozishingiz kerak bo‘lsa – o‘zingizga qo‘pol ravishda semiz ekaningizni eslatasiz. Buning o‘rniga salomatlikni tiklash va kelajakda chiroyli qomatga ega bo‘lish haqidagi xayollar qilmaysiz.

8. Boshqalarga hasad qilasiz.

Chunki bir kun kelib sizning hayotingiz ham yaxshi bo‘lishiga ishonmaysiz. Hasadga turlicha yondashish mumkin. Albatta, u unchalik yaxshi bo‘lmagan hissiyot. Ammo ba’zi hollarda motivatsiya berishi, nimanidir o‘zgartirish va kattaroq narsaga erishish istagini uyg‘otishi mumkin. Ammo sizga u motivatsiya bermaydi. Ichingizdan kemiradi va o‘zingizga nafratni kuchaytiradi.

9. O‘zingizni himoya qilolmaysiz.

Istaklaringiz uchun kurasholmaysiz. Buni qilolmaganingiz uchungina emas. Balki bunga huquqingiz borligiga ham shubha qilasiz. Atrofdagilarga bu bilinib turadi. Ehtimol, shuning uchun tez-tez jabrdiyda holatiga tushib qolasiz.

10. Maqtovlarni qabul qilishingiz qiyin.

Ularga shu qadar ko‘nikmagansizki, yo uyalasiz yo boshqa bir maqsadda aytilgani haqida o‘ylaysiz. Kimdir sizda qandaydir yaxshi jihatni ko‘ra olishiga ishonmaysiz. Siz sevishga aniq arzimasligingizni bilasiz. Axir o‘zingiz o‘zingizni sevmaysiz.
Bu ro‘yxatni o‘qib chiqib, o‘zingizni qanchalar yaxshi ko‘rishingizni tushunishingiz mumkin. 1-3 ta jumla sizga mos bo‘lsa, xavotir olmasangiz ham bo‘ladi, sizda hammasi joyida.

xabardor.uz