Get Mystery Box with random crypto!

Kun mavzusi: Ro‘za tutish deganda nimani tushunamiz? Assalomu | Blog | Shokhida

Kun mavzusi: Ro‘za tutish deganda nimani tushunamiz?

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh kanalimiz a'zolari. Bugun muborak Ramazon oyining 3-kuni ekan, Sizlarga Allohdan sabr tilab, tutgan ro‘zalaringizni dargohida qabul qilishini so‘rab qolaman.

Hozirgi kunda musulmon ahlining deyarli 80% qismi ro‘zador desak ham bo‘ladi. Katta-yu kichik ro‘za tutishning shartlaridan xabardor, va savobidan umidvor. Ammo ozchilik haqiqiy ro‘zadorlar sirasiga kiradi, mukammal ro‘za tutadilar.

Ko‘pchilik o‘ylaganidek, ro‘za tutish qorin och yurishi bilan kifoyalanib qolmaydi. Til ro‘zasi bor, quloq ro‘zasi bor, ko‘z ro‘zasi bor. Ro‘zamiz mukammal hisoblanadi, qachonki tilimizni g‘iybat-u yolg‘ondan tiysak, ko‘zimizni nomahramlardan tiysak, qulog‘imizni esa musiqalardan.

Ro‘zador holda musiqa eshitib yuramiz, ro‘zador bo‘la turib g‘iybatlardan tiyilmaymiz. Atigi 30 kunlik, ammo 30 milliard pulga topa olmaydigan rahmatga to‘la oyni kino ko‘rish-u, behuda ishlarga sovurib yuboramiz. Instagramda video ko‘rish, mashxurlar hayotini kuzatish, kino-seriallar bir umr kutib turadi, ammo Ramazon oyi kutmaydi, taqvodorlargina uni fazilatidan baxramand bo‘lib qoladilar. Har bir soniyasi rahmat-u marhamatga to‘la bo‘lgan oydan nega unumli foydalanmaymiz?

Sizlarga yetqizmoqchi bo‘lganim shulardan iborat edi. Ro‘zani mukammal ado etadiganlardan, va Ramazonning har soniyasida Allohni zikr etadiganlardan bo‘lishingizni tilab qolaman!


Eh qaniydi, tugamasa bu Ramazon

@psy_academyy