Get Mystery Box with random crypto!

​​Davomi 11. Yaqinlaringiz bilan suhbatlashing Doimo ota-o | Blog | Shokhida

​​Davomi

11. Yaqinlaringiz bilan suhbatlashing

Doimo ota-onangizga qo‘ng‘iroq qilish, qarindoshlaringiz va eng yaqin do‘stlaringizdan hol-ahvol so‘rab turishni o‘zingizga odat qilib oling. Anchadan beri uchrasha olmayotgan do‘stlaringizga esa videoqo‘ng‘iroq orqali sim qoqish imkoni borligi haqida ham unutmang.

12. Yangi narsalarni sinab ko‘ring

Bir qancha kichkina narsalarni sinab ko‘rishni rejalashtirish juda yaxshi odat hisoblanadi. Yangi janrdagi kino, boshqa xalqlarning milliy taomlari, yangicha janrdagi kitob yoki noodatiy xobbi – har qanday tarjiba foydali hisoblanadi.

13. Uyqu rejimini to‘g‘rilang

Bu odat juda zerikarli tuyulishi mumkin, ammo hozirdan uxlash va uyg‘onish vaqtlaringizni rejimga solib olsangiz, keyin o‘zingizga “rahmat” aytasiz. Yaxshi va to‘laqonli uyqu nafaqat sog‘liq, balki go‘zallik va qomat uchun ham foydalidir. Buni unutmang!

Ushbu barcha odatlar nafaqat hayotingizni yaxshilaydi, balki o‘zingizni ham o‘zgartiradi. Hozirning o‘zida ishlarni ortga surishni bas qiling va ertangi kuningiz uchun rejalar tuzishga kirishing.