Get Mystery Box with random crypto!

Hozirdanoq hayotingizni o‘zgartirishni istaysizmi? Asqotuvchi | Blog | Shokhida

Hozirdanoq hayotingizni o‘zgartirishni istaysizmi? Asqotuvchi odatlar bilan tanishing

Karantin o‘z ustingizda ishlash uchun eng qulay vaqt hisoblanadi. Hayotingizni yana-da yaxshi qilish uchun dushanbani kutib yashash shart emas. Hozirdanoq harakatni boshlang. Keyinchalik o‘zingizga “rahmat” aytish uchun ham hozirdanoq quyidagilarni odat qilib olishingiz kerak.

1. Tongda bajariladigan ishlarni tartibga soling

Har kuni erta uyg‘onsangiz, doim ortga suradigan ishlaringizni bajarib olish uchun vaqt topiladi. Anchadan buyon tongni meditatsiyadan yoki ertalabki jismoniy mashqlardan boshlay olmay yuribsizmi? Harakatni boshlang! Shu bilan birga chiroyli va mazali nonushtalar tayyorlashni o‘rganishning ham ayni vaqti kelmadimikan?!

2. Smartfonsiz rejim

Uxlashdan oldin smartfon bilan vaqt o‘tkazish, uyqu rejimini buzilishi va yuzga erta ajin tushishiga olib keladi. Shuning uchun ham uyqudan kamida yarim soat oldin smartfon va gadjetlaringizdan voz keching. Shuningdek, uyg‘onishingiz bilanoq telefonga qarashdan ham o‘zingizni tiying. Buni o‘rniga yuqorida keltirib o‘tilgan ishlarga vaqtingizni sarflang.

3. Uyda mashq qiling

Kuniga atigi 20-30 daqiqani jismoniy mashqlarga sarflashingiz – tanangiz sizga beradigan barcha narsalar uchun eng yaxshi minnatdorlik bo‘ladi. Agar qiyin jismoniy mashqlarni unchalik yoqtirmasangiz, yoga va raqs bilan ham shug‘ullanishingiz mumkin.

4. Rejalashtirishni boshlang

Tunda keyingi kun qilishingiz kerak bo‘lgan ishlarni yozib chiqing. Kelasi haftani esa har yakshanba yoki dam olish kunlaringizda rejalashtirib qo‘ying. Bunga 15-20 daqiqa ketishi mumkin, ammo samaradorligingiz va ko‘p narsalarga ulgurishingiz sezilarli darajada oshadi. Shuningdek, bir qancha qo‘shimcha vaqtlarni yutishingiz va dam olish uchun ko‘proq vaqt ajratishingiz mumkin.

5. Birinchi darajali ishlarni belgilab oling

Avvalo, eng qiyin ishlarni, keyin esa osonlarini bajarishga odatlaning. Shunda kuningiz unumdor o‘tadi. Hayotingizga ushbu oltin qoidani tatbiq eting: 80 foiz kuchni birinchi darajali ishlarga, 20 foiz kuchni esa ikkinchi darajali ishlarga sarflang.

6. Foydali ish bilan shug‘ullaning

Online-ta’lim, hujjatli film, YouTube’dagi foydali videolar va boshqa bir qancha manbalar yangidan-yangi bilim olib, xotirangizni yaxshilash va ish koeffitsiyentingizni oshirishga ko‘mak beradi. Shuningdek, ko‘proq kitob o‘qing.

7. Moliyaviy savodxonlik

Moliya sohasida bilimlaringizni oshirish, pul tejash va ishlab topishni o‘rganish hech kimga zarar qilmaydi. Har oyda daromadingizning hech bo‘lmaganda 10-15 foizini tejab, saqlab qo‘yishga odatlaning. Ayniqsa, hozirgi karantin paytida bunday odat hech kimga zarar emas, faqatgina foyda keltirishini tushungandirsiz?! Shuningdek, bu mavzuda hech bo‘lmaganda bitta kitob o‘qish ham zarar qilmaydi.

8. Ortiqcha narsalardan qutuling

Barchamizning ham sevimli narsalarimiz juda ko‘p, ammo dori qutisi, shkaflar, tortma va telefonimiz juda ko‘p keraksiz narsalarga to‘lib ketgan bo‘ladi. Atrofingizni doimiy tarzda tozalab turishga odatlaning. Bir qancha keraksiz narsalaringizni tashlab yoki berib yuboring, galereyangizni tozalang, asabingizni buzadigan akkauntlardan chiqib keting. Toza uy va axborot maydonida nafas olishingiz ham osonlashadi.

9. Zararli narsalardan qoching

Hayotingizga hech qanday yaxshilik keltirmaydigan “zararli” aloqalardan voz kechishga uyalmang. Negativ va salbiy insonlar bilan kamroq suhbatlashing va o‘zingiz ham ular kabi bo‘lishdan tiyiling. Nolish, tanqid, g‘iybatdan qoching va bu qoidalarni buzganingiz uchun o‘zingizga jazo o‘ylab toping. Masalan, 20 marta o‘tirib turish yoki 5 kun tinimsiz minimal mablag‘ hisobiga yashash.

10. O‘zingizga vaqt ajrating

Bu sizni rohatlantiradigan hamma narsa bo‘lishi mumkin. Taom tayyorlash, musiqa, meditatsiya, film va seriallar, ijod. Haftada ikki kunni “go‘zallik kuni” deb nomlang va shu kunlarda o‘zingizning sevimli mashg‘ulotlaringiz bilan shug‘ullanishga vaqt ajrating.

Davomi bor