Get Mystery Box with random crypto!

#USUL Qanday qilib pozitiv bo'lish va xavotirlardan xalos b | PSIXOLOGIK TEST

#USUL

Qanday qilib pozitiv bo'lish va xavotirlardan xalos bo'lish mumkin?

Gulnora Kattaxo'jaeva, psixolog

Vaziyatga real baho berib, xavfni ham to'g'ri baholay olish kerak. Bu insonga xos instinkt hisoblanadi. Masalan, ko'chaga chiqqanda ehtiyotkor bo'lish kerakligini, 9-qavatdan pastga qarayotganda qanchalik balandligini insonning o'zi his qila oladi.

Qo'rquv haqida o'ylamaslik kerak. Inson fantaziyasi juda keng, u biror narsadan xavotir olsa, turli-tuman vahimalar xayoliga kelishni boshlaydi.

Bunday vaziyatda eng to'g'ri yo'l:

Inson o'zini nima xavotirga solayotganini aniqlashtirishi;

Vaziyat aniqlashgach qo'lidan nima kelishini bilib olishi kerak.

O'z-o'ziga savol berish orqali miyaning boshqa qismlari ham ishga tushadi. Va inson atrofidagi voqelarni tahlil qilib, vahimalardan xalos bo'ladi.

Manba: "COVID-19: dolzarb savollar" dasturi, "Oilaviy" telekanali

@Psixo_Testlar Psixologiyadan testlar kanali