Get Mystery Box with random crypto!

#Bilasizmi Tanamizning ajabtovur funksiyalari. Biz ular haqi | PSIXOLOGIK TEST

#Bilasizmi

Tanamizning ajabtovur funksiyalari.

Biz ular haqida ko'p gapirishni xohlamaymiz, biroq har kuni ularni kerakligini his qilib turamiz. Bu ham Allohning buyuukligidan. Mana bizning tanamizga oid eng qiziqarli bir necha faktlar:

• Inson hayoti davomida isteʻmol qiladigan mahsulotlarning 75%ini suv tashkil etadi.

• Inson hayoti davomida shunchalik ko'p so'lak ishlab chiqaradiki, undan ikki basseyn hovuzini to'ldirish mumkin.

• Burun 50000 ga yaqin hidlarni saqlab qoladi.

• Ko'z qorachig'i ozgina shovqin tufayli ham kattalashishi mumkin.

• Har bir insonning o'zgacha isi(hidi) mavjud.

• Inson oyog'i ostida yarim million teri bezlari bo'lib, ular kuniga 230 millilitr suyuqlik ishlab chiqaradi.

• Inson o'pkasida 300 million kapillyarlar joylashgan bo'lib, ularni yoyib chiqsa, bemalol AQSh hududiga teng keladi.

• Agar inson qon tomirlarini bir-biriga ulab chiqilsa, ularning uzunligi 96560 kilometrni tashkil etadi. Bu «arqon» bilan er sharini 2,5 marta o'rab chiqish mumkin.

• Ko'z muguz pardasi inson tanasining qon bilan taʻminlanmagan yagona qismidir. Ushbu parda kislorodni havodan oladi.

• Inson miyasining 80 foizi suvdan iborat.

• Oshqozon kislotasi shu qadar kuchliki, soqoltarosh piskasini ham emirishi mumkin.

• Inson miyasi tanadagi kislorod va kaloriyaning 20 foizini ishlatadi.


@Psixo_Testlar Psixologiyadan testlar kanali