Get Mystery Box with random crypto!

#FAKT Ertalab ishtaha bo'lmasligiga 3 sabab 1. Siz kechqurun | PSIXOLOGIK TEST

#FAKT

Ertalab ishtaha bo'lmasligiga 3 sabab

1. Siz kechqurun ko'p ovqat yoki gazak yegansiz.

Ko'pincha yog'li yoki oqsilga boy ovqatlarni iste'mol qilganda shunday holat kuzatiladi. Ushbu makroelementlar oshqozonda uzoq vaqt hazm bo'ladi, hatto ertasi tonggacha hazm bo'lib ulgurmaydi.

2. Gormonlar bir kechada o'zgarishi mumkin.

Kechasi va uxlaganda tanadagi ba'zi gormonlar miqdori o'zgarib turadi. Bu sizning ishtahangizga ta'sir qilishi mumkin.

3. Siz kasalsiz.

Kasallik ko'pincha ishtahani pasayishiga olib keladi. Xususan, shamollash, gripp va pnevmoniya kabi nafas yo'llari infeksiyalarida ochlik hissini sezmasligingiz mumkin.

@Psixo_Testlar Psixologiyadan testlar kanali