Get Mystery Box with random crypto!

Lingvist Iroda Azimova

Telegram kanalining logotibi psixolingvist — Lingvist Iroda Azimova L
Telegram kanalining logotibi psixolingvist — Lingvist Iroda Azimova
Kanal manzili: @psixolingvist
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.94K
Kanalning ta’rifi

Til va til ta'limiga oid turli masalalar

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-02-22 20:37:56 Men aspiranturada o‘qiganimda to‘lanadigan stipendiya juda past edi, unga yashash tugul, o‘qishga to‘liq qatnab bo‘lmasdi. 2 haftalik yo‘lkiram bilan tushligimga yetardi. Shuning uchun qayerdadir ishlashga majbur edim. Universitet, litsey, reklama agentligi, abituriyentlarga repetitorlik...
O‘sha vaqtda bu ishimni orqaga suryapti deb o‘ylaganman. Hozir o‘ylab qarasam, bu menga ma'lum ma'noda erkinlik bergan ekan. Men yarim yillik, yillik hisobotlardan hozirgi tayanch doktorantlar qo‘rqqanchalik qo‘rqmaganman. Aspiranturadan ketish men uchun u qadar xavfli bo‘lmagan. Ikkita, uchta joyda ishlashimga qaramasdan, ilmiy ishim har doim men uchun hammasidan muhim bo‘lgan. Balki shu sababdir, aspiranturaning uchinchi yilida dekan qabul komissiyasida ishlaysiz deganida "meni ishlatishga yuridik jihatdan haqingiz yo‘q, ishlamayman" deb ayta olganman va yozni to‘liq ilmiy ishimning tahririga bag‘ishlaganman. Aspiranturaning rasmiy muddati bitgunga qadar ishimni besh marta qayta ishlagan bo‘lsam-da, ishimdan ilmiy rahbarim qoniqmagani uchun uni muhokamaga qo‘ymaganmiz. Bunda ilmiy rahbarimdan ranjish mening xayolimga ham kelmagan. Chunki menga ularning fikri, ularning nazdida arzirli ilmiy tadqiqot qila olish hamma narsadan, har qanday kengash qaroridan, aspiranturani vaqtida bitirishdan muhimroq edi.
Hozir esa tayanch doktorantlarga yaxshiroq oylik to‘lanayotgani hisobotlarni to‘liq topshira olmaslik doktorantlar uchun daromad manbaidan ayrilib qolish xavfini tug‘dirishi sababli ilmiy ishni sifatli qilishdan ko‘ra, nima qilib bo‘lsa ham hisobotlarni yopishga undayotganday nazarimda. Albatta, odamning o‘z ilmiga nisbatan yondashuvi bu yerda hal qiluvchi ahamiyatga ega.

@psixolingvist
3.8K views17:37
Ochish/sharhlash
2023-02-22 13:27:02
Meni oliy ta'lim sohasida ishlashimga sababchi bo'lgan inson fizika-matematika fanlari doktori, professor Abdimajid Po'latov...
Ularning vafotlariga bu yil 6 yil to'ladi. Bu xotiralarni 3-4 yil avval yozgandim. Ular juda yaxshi inson edilar, shunday inson haqida siz ham bilishingizni xohladim.
https://telegra.ph/Ustozim-Abdimajid-Polatov-haqidagi-xotiralarim-02-22
2.9K viewsedited  10:27
Ochish/sharhlash
2023-02-19 10:17:07
Bahor juda yaqin!

Bugun havo ochiq, quyosh charaqlab turibdi. Bunday havoda sayr qilmaslik esa juda yomon. Turing, o’tiravermay tabiat qo’yniga chiqing
2.7K views07:17
Ochish/sharhlash
2023-02-15 14:15:33 Kun uzdagi ushbu xabarni o‘qib hayron bo‘lib qoldim: yuklamasi me'yordan oshgan elektr va gaz tarmoqlariga yangi iste'molchilarni ulash taqiqlandi.
Me'yor degan so‘z nimani anglatadi? Me'yor o‘zi undan oshig‘iga mumkin emas, degani-ku!
@psixolingvist
3.0K viewsedited  11:15
Ochish/sharhlash
2023-02-12 11:03:34 Baxtiyor Sheraliyev men tanigan eng yaxshi yosh olimlardan biri. Jamoatchilik bu insonni mendan ko‘ra yaxshiroq tanisa kerak. Shu kengashda xalq manfaati uchun vijdonan ishlashiga ishonganim uchun o‘zim ham ovoz berdim, sizni ham shunga targ‘ib qilaman.
3.6K viewsedited  08:03
Ochish/sharhlash