Get Mystery Box with random crypto!

PLASEBO EFFEKTI Meni boshim juda ham qattiq ogʻriyapti, menga | PSIXODIAGNOSTIKA

PLASEBO EFFEKTI

Meni boshim juda ham qattiq ogʻriyapti, menga doʻstim tabiiy giyohlardan tayyorlangan achchiq damlama berdi. 10 minut ichida bosh ogʻrigʻidan qutildim. Keyin bilsam doʻstim menga juda ham achchiq qilib koʻk choy damlab bergan ekan. Doʻstim menga oʻsha choyni berishdan oldin, “Bu tabiiy giyohni dadamlar Tibetga borganlarida olib kelgan edilar, qanaqadir juda kuchli moddasi bor. Bosh ogʻrigʻini juda tez qoldiradi. Faqat issiqligida ichish kerak, boʻlmasa taʼsiri unchalik sezilmaydi” degan edi. Men esa oddiy koʻk choy ichib kuchli bosh ogʻrigʻidan qutildim.

Buni psixologiyada PLASEBO EFFEKTI deyiladi.

Bu effektni asosida kuchli taklif va ishonch yotadi.

Plasebo effekti juda ham xavfli, bunda siz miyani ishonch yordamida aldaysiz. Lekin ogʻriq, kasallik sababini bartaraf etolmaysiz. Koʻpgina “tabiblar” ushbu effektdan juda zoʻr foydalanishadi va baʼzida odamlarni hayotiga xavf tugʻdirishlari mumkin.

Psixologiya