Get Mystery Box with random crypto!

RAQAMLI AMNEZIYA YOKI GOOGLE EFFEKTI Menimcha bundan keyin od | PSIXODIAGNOSTIKA

RAQAMLI AMNEZIYA YOKI GOOGLE EFFEKTI

Menimcha bundan keyin odamlar atama, terminlarni eslab qolishmaydi bu endi kerak emas. Chunki GOOGLE bor. Kutubxona yoki inson xotirasida saqlangan hamma narsa endi qoʻlimizdagi gadjet, smartfonda mavjud.

Biz GOOGLEdan maʼlumot qidirib topamiz uni idrok qilamiz, lekin aqlimiz diqqatni jamlab va uni eslab qolish shart emas deb oʻylaydi, chunki bu maʼlumot har doim Googleda bor. Aynan shu narsani psixologiyada raqamli amneziya yoki GOOGLE effekti deyiladi.

P.S. Kecha dam olish kunim metroda shahar aylandim, 50 nafarga yaqin odamlarni (yoshlarni) suhbatini zimdan tingladim. Ularning hammasida umumiy bir xil mavzu: UzAvto, non narxi oshgani, milliy valyuta logotipi, qaysidir blogerni gapi, tarvuzning bozordagi narxi, dollar kursini muhokama qilishmoqda. Afsuski hech bir suhbatdoshda ilm-fan mavzusidagi muhokamani eshitmadim. Aytmoqchi boʻlganim bizni qornimizni toʻyg'azuvchi, bizni boy qiluvchi, bizni rivojlantiruvchi narsa bu ilm-fan.


Psixologiya