Get Mystery Box with random crypto!

'DIQQAT MARKAZDA' psixologik effekti Tasavvur qiling men koʻc | PSIXODIAGNOSTIKA

"DIQQAT MARKAZDA" psixologik effekti

Tasavvur qiling men koʻchada bexosdan qoqilib tushdim, men esa ust kiyimimga, oʻzimga ham eʼtibor bermasdan atrofimdagi odamlarga qarayman, xuddi-ki men qoqilib tushganimni hamma koʻrdi va men kulgiga qolgandek, hammani diqqat markazida turgandek boʻlaman. Yuzimda soxta kulgi boʻladi. Hammani diqqat markazidan qochish uchun esa tezda oʻzimni toʻgʻrilashga tushaman. Aynan shu holatni DIQQAT MAZKAZDA EFFEKTI deyiladi.

Aslida siz koʻchada qoqilib, yiqilib tushsangiz hammani eʼtiborida boʻlmaysiz, kulgiga ham qolmaysiz. Bu effektni oʻzingiz oʻz hayolingizda yaratasiz.


Psixologiya