Get Mystery Box with random crypto!

Productive school

Telegram kanalining logotibi productive_school — Productive school P
Telegram kanalining logotibi productive_school — Productive school
Kanal manzili: @productive_school
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6.50K
Kanalning ta’rifi

Productive school - sifatli taʼlimning online timsoli
▪️ O'quvchilarimiz fikrlari:
@Feedback_ProEdu
▪️ Murojaat uchun:
@ProEdu_operator
Spamlar uchun – @Proedu_operator_bot
📞 934577798

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-12-08 05:15:47
"Lug'at" yodlash texnikasi
"Notion" dasturidan aynan "lug'at" uchun qanday foydalanaman.


Sizdan faqat xohish va mehnat qoldi.

Mr Shamsiddin
@ProductiveEdu
2.9K viewsedited  02:15
Ochish/sharhlash
2022-12-06 19:21:57 Yillik oʻrganish sarhisobi (1-qism)

Shu yil 39ta kitob oʻqibman/eshitibman. Rosti, bu men uchun kam

Lekin bundan tashqari boʻlgan biznes darslari, islomiy maʼruzalar, Qurʼon yodlash uchun eshitish, madrasa darslari, online tashkiliy ish va juda koʻp kasal boʻlganimni hisobga olsa, menimcha yomonmas


Shu yil oʻqigan/audiosini eshitgan kitoblarim va ularga qoʻygan shaxsiy bahoyim:

(Bu baholar shaxsiy, ular menga qanday taʼsir qilganini baribir bila olmayman)

1. Halol luqma 10/10
2. Halqa 10/10
3. Atom odatlari 10/10
4. Nasroniy atirguli 7/10
5. Jangchi 7/10
6. Firklash strategiyasi 6/10
7. Men va pul 6/10
8. 4 hour work week 9/10
9. Peshonamdagi nur 7/10
10.Art of learning 3/10
11. Dor ostidagi odam 9/10
12. Sahro 10/10
13.Deepak Chopra: magic health 7/10
14.Deepak Chopra: Healing body 7/10
15. Islomga bagʻishlangan umr 10/10
16. Qurʼon birlashtirgan qalblar 10/10
17 Imomning maneken qizi 7/10
20. Ulamolar nazdida vaqtning qadri 10/10
21.Ilm olish sirlari 10/10
22. Tony Robbins, maqsadga qanday erishiladi 6/10
23. Zukkolar va Landovurlar 10/10
24. Sakiyna hikoyalari toʻplami 7/10
25. Robin Sharma, 200 ta sir 7/10
26. Aysel 9/10
27. Yashash fursati 7/10
28. Tentakning tajribasi 1 10/10
29. Tentakning tajribasi 2 9/10
30. Million tekin maslahat 10/10
31. Odamiylik mulki 1 10/10
32. Bir varaqli marketing reja 9/10
33. Maqsad - Shaha Dolimov 8/10
34. Oʻzini izlagan odam 9/10
35. Oʻgay ona 10/10
36. Iskanja 9/10
37. Izlash 7/10
38. 15 secrets successful people know about time management 9/10
39. Barakaning siri 8/10

+ Abdulloh domla: 2006, Ramazon maʼruzalar toʻplami


Bunda bir necha fikrlarni bilishingizni xohlardim:

1. "Bu bolaning kitob oʻqishdan boshqa ishi yoʻqqa oʻxshaydi, bizda esa oʻqish,ish, tashvish bor" deyishingiz mumkin. Qaniydi!

Men ham oʻqiyman, ham online ishlayman, ham offline. Menda ham deyarli vaqt boʻlmaydi. Shuning uchun, rosti, shu yil qogʻoz kitob oʻqishga deyarli vaqt ajrata olganim yoʼq.

Ammo yoʻllarda audio kitob eshitishni sanʼatga aylantirganimdan keyin kitob eshitish tezligim juda oshib ketdi. Batafsil ushbu suhbatda


Yuqoridagi deyarli barcha oʻzbekcha kitoblarni topish bu kanalda

Bundan tashqari, ushbu va bu kanallar ham audiokitoblarga juda boy

Menda kattaroq taassurot qoldirgan kitoblar haqida taqrizlar bu yerda


2. Sentabr oyidan boshlab audio kitob eshitish tezligim sezilarli kamaydi. Chunki Abdulloh domla maʼruzalarini har kuni bitta eshitishga harakat qildim. Lekin juda zoʻr foydalar oldim. Buni davom etish niyatim bor. Faqat, haftada 3 ta

3. Bundan tashqari, oktabr oyidan boshlab, yodlayotgan Qurʼon oyatlarimning audiosini qayta qayta eshitish ham qoʻshildi. Bu ham tajvidimga, yodlab qolishimga, Qurʼonga muhabbatimga juda yaxshi taʼsir qildi.

4. Biznes borasida, oʻquv markaz sohasida bilimimni oshirishda Imkoniyat loyihasi haqiqiy kashfiyot boʻldi. Juda ajoyib darslar tekin oʻtilgan.


5. Shuncha masʼuliyatim boʻlmagan paytga, yoshligimga qaytishni juda orzu qilaman. Agar sal ertaroq boshlaganimda islomda ham, shaxsiy rivojlanishda ham, biznesda ham juda koʻp bilimlar olgan boʻlardim balki. Lekin Alhamdulillah, taqdirimdan roziman.

Lekin yoshlarning tezroq qattiq bilim olishga kirishishlarini va ustoz topishlarini maslahat beraman.


6. Yana bir muhim jihat: Albatta kitob oʻqish/eshitish yaxshi. Islomiy badiiy kitoblar Allohga muhabbatni oshiradi, shaxsiy rivojlanish bizni oʻstiradi. Lekin bu - bizga farz boʻlgan ilmlarni oʻrganishdan, yoki qilishdan qaytarayotgan boʻlsa - bu neʼmat emas, ayni fitna boʻladi. Yaʼni biz oʻzimizni shu bilan ovutayotgan boʻlamiz.

Bu haqida keyingi qismda batafsil, inshaAlloh
@Azizbek_Zubaydullayev
2.4K views16:21
Ochish/sharhlash
2022-12-05 15:17:06
Oʻquvchilar, qor yogʻyapti, toʻgʻri tushunasizlar endi...
@ProductiveEdu
2.8K views12:17
Ochish/sharhlash
2022-12-04 11:18:02 Readingda oʻsish boʻlmayapti, nima qilsa boʻladi?
Nima qilishni tavsiya berasiz
?

Qaysi darajadasiz?

Reading 5.5 dan koʻtarilmayapti
Yaqindagi mock 6.0 chiqqandi)

1. Haftada 3kun 80tadan soʻz yodlang. Soʻzlar oʻqigan matnizdan boʻlsin
2. Tarjima qobiliyatiz ustida ishlang.
3. Xatolarizni tahlil qiling
4. Free reading qiling

#ielts_tips
@ProductiveEdu
3.0K views08:18
Ochish/sharhlash
2022-12-03 13:02:52 Til oʻrganishda yengil matn

Paygʻambarlar qissasini arabchasini oʻqish paytida muhim bir narsani tushundim: arab tilini oʻrganish uchun "Shifohiyya " ham "Mabdaul qiroat" ham boshlangʻichlar uchun qiyinlik qilar ekan.

Paygʻambarlar qissasi juda yengil tilda yozilgan. bir betda chiqsa 3ta , boʻlmasa oʻrtacha 2ta, 1ta yangi soʻz chiqadi. Odam mazza qilib oʻqiydi. Til oson koʻrinadi.

Men ingliz tili uchun ham tanlagan kitoblar shunday: lugʻat kam chiqadi. Odam silliqgina oʻqib ketadi. Qanday qilib 20-30 bet oʻqiganingizni bilmay qolasiz

Shifohiyya va Mabdaul qiroatda esa yangi soʻzlar juda koʻp. Odamga qiyin koʻrinadi. Ular keyin oʻqilishi kerak deb hisobladim.

Til oʻrganayotganingizda oson tilda yozilgan matnlar oʻqing. Shunda, ham lugʻat yaxshi esda qoladi, ham grammatikani oson tushunasiz, ham tilni yaxshi koʻrib qolasiz

Natija ham tezda oshadi
#english_tips
@Azizbek_Zubaydullayev
3.2K viewsedited  10:02
Ochish/sharhlash
2022-11-30 17:29:26 Anyway, umuman noldan boshlagan oʻquvchi Foundation pre intermediate darajaga 1,5-2 oyda chiqa oladi
3.8K viewsedited  14:29
Ochish/sharhlash
2022-11-30 17:27:09 aytgancha, bu oʻquvchim 7-iyul kuni Foundationni pre intermediate darajasidan oʻqishni boshlagan edi.

5 oydan ham kam muddatda B2, 3bal kam C1 olgan ekan!

Koʻp oʻquvchilar general englishi kuchli boʻlmay keladi. U ham ilk kelganida boshqa oʻquv markazning IELTS darajasida shugʻullanib yurgan ekan.
Hali umumiy ingliz tili darajasi kuchli boʻlmay turib, practise qilib yurgan ekan. Koʻp qiynalganini, natija juda past chiqayotganini aytgan edi.
Keyin esa, umumiy ingliz tilisini ustida ishladik.

Natija esa, oʻzingizga ayon!
3.6K viewsedited  14:27
Ochish/sharhlash
2022-11-28 21:14:56 Free reading & listening

Bugun yana bir oʻquvchimning aynan free reading va listeningdan ancha foyda olayotganini guvohi boʻldim

Aytdiki, boʻsh vaqti boʻlishi bilanoq Ingliz tilida yozilgan shaxsiy rivojlanish kitoblaridan bittasini oʻqiyotgan, audio eshitish imkoni boʻlganda (yoʻl davomida, uy ishlari) audio kitobdan bittasini eshitayotgan ekan. Va shu narsa uning tarjima qobilyati, tinglab tushunishi va soʻz boyligiga yetarli katta taʼsir oʻtkazgan ekan.

Ha, haqiqatda shunday. Erkin oʻqish va eshitish, lugʻatga qaramay, shunchaki "dam olish" uchun kitob oʻqish va eshitish til oʻrganishga juda katta hissa qoʻshadi. Tilga mihabbatingizni oshiradi. Oʻzim ham shunday qilar va juda yuqori maroq olar edim.


Mana, bu yerda dunyoga mashhur, juda teran saviya bilan yozilgan shaxsiy rivojlanish bestsellerining audio kitob shaklini tashlayapman. Eshitib, ham ingliz tilingiz oshadi, ham shaxsan rivojlanasiz

Oʻqish uchun ham pdf yuklab olib, yo telefonda yo qogʻozga chiqarib oʻqish boshqa kitob tayyorlashni maslahat beraman. Boʻsh vaqtingizni mazmunli, foydali va qiziqarli qilishning juda yaxshi yoʻli


Masalan, oʻqish uchun "Atomic habits", eshitish uchun "Tiny habits" ni tanlashingiz mumkin. Haqiqatda ajoyib kitoblar
#ielts_tips
@ProductiveEdu
5.5K viewsedited  18:14
Ochish/sharhlash
2022-11-28 21:14:56 ​ PRODUCTIVITY & BESTSELLERS:

Atomic Habits | James Clear
Awaken the Giant Within | A.Robbins
Big Ideas Simply Explained
DK Brain Training Tips & Strategies
Eat that Frog | Brian Tracy
Give and Take | Adam Grant
Great by choice Thriving in uncertainty
How to fail at everything & still win big
How to stop worrying, Start living
How to Study 7th Edition
How to win friends & influence people
How to win friends & inf. p. digital age
Hyper Focus | Chris Bailey

Limitless: Upgrade your Brain
Resisting Happiness | M. Kelly
Rework | J. Fried & D. Hansson
Rich Dad Poor Dad | R. Kiyosaki
Smart Thinking 2e | M.Allen
Steve Jobs | Walter Isaacson
7 Habits of Highly Effective People

The Art of Work | J. Goins
The Business Wisdom of Steve Jobs
The 5 Second Rule | M. Robbins
The 48 Laws of Power | R. Greene
The Monk who sold his Ferrari | R.Sh
The Speed Reading | Tony Buzan
Think and Grow Rich | N. Hill
Think Again | Adam Grant
Thinking, Fast & Slow
Tiny Habits | B. J. Fogg

Use Your Head | Tony Buzan
Wealth of Nations | Adam Smith
Who Moved My Cheese?
Who will cry when you die? R.Sharma
Why Life Speeds Up as You Get Older
Why Nations Fail | D.Acemoglu
You Are a Badass | J. Sincero

Hashtags: #Bestseller #Productivity


↻ Updating • • •
3.1K views18:14
Ochish/sharhlash
2022-11-28 08:51:17 Podkastlar davomi

20-son Listeningni oshirish 1:
ERKIN ESHITISH

21-son Listeningni oshirish 2:
NIMANI ESHITISH

22-son Listeningni oshirish 3:
TEST ISHLASH VA ESHITIB YOZISH

23-son Energiya menejmenti 2:
CHARCHOQNI YENGISH YOʻLLARI

@ProductiveEdu - sifatli taʼlimning online timsoli!
2.8K viewsedited  05:51
Ochish/sharhlash