Get Mystery Box with random crypto!

Yillik oʻrganish sarhisobi (1-qism) Shu yil 39ta kitob oʻqibm | Productive school

Yillik oʻrganish sarhisobi (1-qism)

Shu yil 39ta kitob oʻqibman/eshitibman. Rosti, bu men uchun kam

Lekin bundan tashqari boʻlgan biznes darslari, islomiy maʼruzalar, Qurʼon yodlash uchun eshitish, madrasa darslari, online tashkiliy ish va juda koʻp kasal boʻlganimni hisobga olsa, menimcha yomonmas


Shu yil oʻqigan/audiosini eshitgan kitoblarim va ularga qoʻygan shaxsiy bahoyim:

(Bu baholar shaxsiy, ular menga qanday taʼsir qilganini baribir bila olmayman)

1. Halol luqma 10/10
2. Halqa 10/10
3. Atom odatlari 10/10
4. Nasroniy atirguli 7/10
5. Jangchi 7/10
6. Firklash strategiyasi 6/10
7. Men va pul 6/10
8. 4 hour work week 9/10
9. Peshonamdagi nur 7/10
10.Art of learning 3/10
11. Dor ostidagi odam 9/10
12. Sahro 10/10
13.Deepak Chopra: magic health 7/10
14.Deepak Chopra: Healing body 7/10
15. Islomga bagʻishlangan umr 10/10
16. Qurʼon birlashtirgan qalblar 10/10
17 Imomning maneken qizi 7/10
20. Ulamolar nazdida vaqtning qadri 10/10
21.Ilm olish sirlari 10/10
22. Tony Robbins, maqsadga qanday erishiladi 6/10
23. Zukkolar va Landovurlar 10/10
24. Sakiyna hikoyalari toʻplami 7/10
25. Robin Sharma, 200 ta sir 7/10
26. Aysel 9/10
27. Yashash fursati 7/10
28. Tentakning tajribasi 1 10/10
29. Tentakning tajribasi 2 9/10
30. Million tekin maslahat 10/10
31. Odamiylik mulki 1 10/10
32. Bir varaqli marketing reja 9/10
33. Maqsad - Shaha Dolimov 8/10
34. Oʻzini izlagan odam 9/10
35. Oʻgay ona 10/10
36. Iskanja 9/10
37. Izlash 7/10
38. 15 secrets successful people know about time management 9/10
39. Barakaning siri 8/10

+ Abdulloh domla: 2006, Ramazon maʼruzalar toʻplami


Bunda bir necha fikrlarni bilishingizni xohlardim:

1. "Bu bolaning kitob oʻqishdan boshqa ishi yoʻqqa oʻxshaydi, bizda esa oʻqish,ish, tashvish bor" deyishingiz mumkin. Qaniydi!

Men ham oʻqiyman, ham online ishlayman, ham offline. Menda ham deyarli vaqt boʻlmaydi. Shuning uchun, rosti, shu yil qogʻoz kitob oʻqishga deyarli vaqt ajrata olganim yoʼq.

Ammo yoʻllarda audio kitob eshitishni sanʼatga aylantirganimdan keyin kitob eshitish tezligim juda oshib ketdi. Batafsil ushbu suhbatda


Yuqoridagi deyarli barcha oʻzbekcha kitoblarni topish bu kanalda

Bundan tashqari, ushbu va bu kanallar ham audiokitoblarga juda boy

Menda kattaroq taassurot qoldirgan kitoblar haqida taqrizlar bu yerda


2. Sentabr oyidan boshlab audio kitob eshitish tezligim sezilarli kamaydi. Chunki Abdulloh domla maʼruzalarini har kuni bitta eshitishga harakat qildim. Lekin juda zoʻr foydalar oldim. Buni davom etish niyatim bor. Faqat, haftada 3 ta

3. Bundan tashqari, oktabr oyidan boshlab, yodlayotgan Qurʼon oyatlarimning audiosini qayta qayta eshitish ham qoʻshildi. Bu ham tajvidimga, yodlab qolishimga, Qurʼonga muhabbatimga juda yaxshi taʼsir qildi.

4. Biznes borasida, oʻquv markaz sohasida bilimimni oshirishda Imkoniyat loyihasi haqiqiy kashfiyot boʻldi. Juda ajoyib darslar tekin oʻtilgan.


5. Shuncha masʼuliyatim boʻlmagan paytga, yoshligimga qaytishni juda orzu qilaman. Agar sal ertaroq boshlaganimda islomda ham, shaxsiy rivojlanishda ham, biznesda ham juda koʻp bilimlar olgan boʻlardim balki. Lekin Alhamdulillah, taqdirimdan roziman.

Lekin yoshlarning tezroq qattiq bilim olishga kirishishlarini va ustoz topishlarini maslahat beraman.


6. Yana bir muhim jihat: Albatta kitob oʻqish/eshitish yaxshi. Islomiy badiiy kitoblar Allohga muhabbatni oshiradi, shaxsiy rivojlanish bizni oʻstiradi. Lekin bu - bizga farz boʻlgan ilmlarni oʻrganishdan, yoki qilishdan qaytarayotgan boʻlsa - bu neʼmat emas, ayni fitna boʻladi. Yaʼni biz oʻzimizni shu bilan ovutayotgan boʻlamiz.

Bu haqida keyingi qismda batafsil, inshaAlloh
@Azizbek_Zubaydullayev