Get Mystery Box with random crypto!

Prezident maktablariga tayyorgarlik

Telegram kanalining logotibi prmakuz — Prezident maktablariga tayyorgarlik P
Telegram kanalining logotibi prmakuz — Prezident maktablariga tayyorgarlik
Kanal manzili: @prmakuz
Toifalar: Telegram , Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 147
Kanalning ta’rifi

Ushbu kanalda Prezident maktablariga tayyorgarlik uchun tanqidiy fikrlash (critical thinking) va noan'anaviy masalalar yechish (problem solving) yo'nalishi bo'yicha materiallar berib boriladi
Kanal guruhi: https://t.me/prmakuz1

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2021-01-28 00:25:49 Prezident maktablariga tayyorlov jarayonida oʻquvchilarni Problem solving (Noanʼanaviy masalalar yechish) yoʻnalishiga tayyorlashda Kangaroo imtihoni testlaridan koʻp foydalanaman. Kangaroo matematika imtihoni topshiriqlari shakl jihatidan Prezident maktablariga kirish imtihonida tushadigan Noanʼanaviy masalalar yechish yoʻnalishidagi masalalardan farq qilsa ham, bu topshiriqlarni bajarish uchun talab qilinadigan koʻnikmalar deyarli bir xil boʻlgani uchun, Kangaroo testlari Prezident maktablariga kirish imtihonlariga tayyorlanish uchun juda yaxshi vosita deb hisoblayman. Shuning uchun oʻquvchilarimni ham imkoni boricha bu testda qatnashishga ragʻbatlantiraman.

Bilsangiz kerak, Prezident maktablari uchun tayyorlov rejamda Kangaroo testlarini ishlash boʻyicha ham materiallar, videodarslar va sinov materiallari tayyorlashni rejalashtirgan edim, ammo reja boʻyicha bular biroz keyinroq boʻlishi kerak edi. Kangaroo testlari yaqinlashayotgani munosabati bilan rejamga kichik oʻzgartirish kiritdim va 1 fevraldan boshlab Kangaroo testlariga tayyorgarlik boʻyicha materiallarni pullik kanallarimda berishni boshlashga qaror qildim. Bu pullik kanallarimdagi Kangaroo matematika imtihonida qatnashishni rejalashtirgan oʻquvchilarga ushbu imtihonga yaxshiroq tayyorlanish uchun imkoniyat boʻladi.


Agar Kangaroo testlariga tayyorlanishni istagan, lekin Prezident maktablariga tayyorlov kanallarimda boʻlmagan oʻquvchilarda ushbu imtihonga tayyorlanish istagi boʻlsa, faqat shu maqsad uchun kanal tashkil qilishim mumkin. Bunda kanalga qoʻshilish bahosi oʻquvchi sinfiga koʻra 30-50 ming atrofida boʻlishi mumkin, kanal Kangaroo testlari tugaguncha, yaʼni 25 mart kunigacha faoliyat yuritadi.

Shu boʻyicha taklif va istaklaringiz boʻlsa, ushbu post kommentariylarida qoldirishingiz mumkin.
2.5K viewsOtabek Raxmonberganov, edited  21:25
Ochish/sharhlash
2021-01-25 22:33:15 Tanqidiy fikrlash materiallarida maʼlumotlarni tahlil qilish uchun ular bir-biri bilan qanday bogʻlanganini bilish juda muhim.

Oʻtgan darslarimizda oddiy fikr bilan tanishgan edik. Lekin topshiriqlarda bundan ancha murakkab mashqlar tushishi mumkin. Fikrlar qanday tuzilganini, fikr tarkibidagi mulohazalar bir-biri bilan qanday bogʻlanganini bilmasdan bu materiallarga javob berish mushkul.


Yuqoridagi materiallarda siz bilan fikr turlari haqida gaplashgan edik. Fikrlar tuzilishiga koʻra 5 turga boʻlinadi:

Oddiy fikr (Simple argument)
Ketma-ket fikr (Serial argument)
Bogʻlangan fikr (Linked argument)
Birlashuvchi fikr (Convergent argument)
Tarmoqlanuvchi fikr (Divergent argument)

Bu va keyingi hafta darslarimida bu tarzda tuzilgan fikrlar, ularni tahlil qilish, bir-biridan farqi haqida gaplashamiz.

Hozir "UstozUZ onlayn maktabi" pullik kanalimizga Ketma-ket fikr haqidagi ilk darsimiz va shu asosda tayyorlangan videomiz tashlandi. Qolgan videolarni ham tayyorlash jarayoni ketmoqda.
2.4K viewsOtabek Raxmonberganov, edited  19:33
Ochish/sharhlash
2021-01-25 22:27:27 Bu hafta juda voqealarga boy boʻldi, shuning uchun kanallarga maʼlumot tashlashda uzilishlar vujudga keldi. Buning uchun aziz obunachilarimizdan uzr soʻragan holda, ushbu uzilishlarning ham oʻrnini qoplashga vaʼda beramiz.
2.3K viewsOtabek Raxmonberganov, 19:27
Ochish/sharhlash
2021-01-18 17:25:41 #сўраганэдингиз


Мен IELTS сертификатига эгаман. Мен Президент мактабига кириш имтиҳонларида инглиз тили имтиҳонидан озод этиламанми?

Президент мактабларига имтиҳон жараёнида ҳужжат топширган ҳамма талабгорлар бир хил имкониятга эгалар. IETLS ёки бошқа халқаро тест тизимининг сертификати талабгорларга ҳеч қандай қўшимча имтиёз тақдим этмайди. Талабгорлар қабул имтиҳонларида иштирок этишлари шарт.



Я имею сертификат IELTS. Буду ли я освобожден от участия в экзаменах английского языка во время вступительных экзаменах в Президентские школы?
Все претенденты, сдавшие свои документы в Президентские школы, имеют одинаковые возможности во время вступительных экзаменов. Наличие сертификата IETLS или других сертификатов международных тестовых систем не дают дополнительных льгот претендентам. Все претенденты должны принят участие во вступительных экзаменах.

@anvar_umarov
3.0K viewsOtabek Raxmonberganov, 14:25
Ochish/sharhlash
2021-01-13 21:42:19 Raven testlari A boʻlimi. Qiyinlik darajasi - OSON.
Savollar soni: 12 ta.

RAVEN TESTLARINI GOOGLE FORMA ORQALI ISHLASH UCHUN SHU YERGA BOSING!
3.2K viewsOtabek Raxmonberganov, 18:42
Ochish/sharhlash
2021-01-06 10:33:09 #сўраганэдингиз

Ҳозирги вақтда 4 та Президент мактаби фаолият юритмоқда. Мамлакатимизнинг қолган ҳудудларда қачон Президент мактаблари очилади?

Ҳақиқатдан, ҳозирги вақтда Президент мактаблари Нукус, Хива, Наманган ва Тошкент шаҳарларида мавжуд.

2020 йилда Бухоро, Жиззах, Қарши, Самарқанд ва Фарғона шаҳарларида Президент мактабларини қуриш ишлари олиб борилди.

2021 йилда Андижон, Навоий, Сурхондарё, Сирдарё ва Тошкент вилоятларида Президент мактабларининг қурилиши режалаштирилган.

Мазкур 10 та Президент мактаби 2021-2022 ўқув йилидан ўз фаолиятини бошлайди.


В настоящее время функционируют 4 Президентские школы. Когда откроются Президентские школы в других регионах страны?

Действительно, в настоящее время Президентские школы действуют в Нукусе, Хиве, Намангане и Ташкенте.

В 2020 году в Бухаре, Джизаке, Карши, Самарканде и Фергане велись работы по строительству Президентских школ.

В 2021 году планируется построить Президентские школы в Андижанской, Навоийской, Сурхандарьинской, Сырдарьинской и Ташкентской областях.

Эти 10 Президентских школ начнут свою работу в 2021-2022 учебном году.

@anvar_umarov
3.5K viewsOtabek Raxmonberganov, 07:33
Ochish/sharhlash
2021-01-01 18:49:12 Hozir "UstozUZ onlayn maktabi" kanaliga oddiy fikr tuzish boʻyicha nazariy maʼlumotlar va shu boʻyicha tayyorlangan video dars tashlandi.

Bundan tashqari, pullik kanalga uyga vazifalarni qabul qiladigan bot ulandi. Endi berilgan vazifalarni toʻgʻri bajarilganini tekshirib olishingiz mumkin boʻladi.

Bundan tashqari, "UstozUZ onlayn maktabi" pullik kanaliga ulanish narxi 15 yanvar kunidan boshlab oʻzgarishini eslatib oʻtmoqchimiz.

Biz bilan qoling, siz uchun eng sifatli materiallarni tayyorlashda davom etamiz.
3.6K viewsOtabek Raxmonberganov, edited  15:49
Ochish/sharhlash
2020-12-31 09:46:54 Yangi yil she'ri

Inson fe’li ajabdan ajab,
Yo‘qdir unga mezonsiz olam.
Yulduzlarni o‘lchar botmonlab,
Qarichlaydi cheksizlikni ham.

O‘zi ega, o‘zi qul mangu
O‘zi topgan aqidalarga,
Ne dey, hatto mangulikni u
Bo‘lib chiqqan daqiqalarga.

Daqiqadan soatlar yig‘ib,
Kunlar tuzib oy jam qiladi.
Yig‘lamaydi umr o‘tdi deb,
Yil o‘tdi deb bayram qiladi.

Ko‘paysa-da ajinlar harchand,
Oqarsa-da yillardan boshi,
Quvonadi — ko‘paydi farzand,
Sevinadi — ulg‘aydi yoshi.

Bu tuganmas orzu-havasda
Bor umidbaxsh imonga asos:
Inson o‘lmas.
Asta va asta
Boqiylikka o‘tadi, xolos.

Erkin Vohidov
3.9K viewsOtabek Raxmonberganov, 06:46
Ochish/sharhlash
2020-12-29 21:09:54 TGStat Bot yangi yil munosabati bilan kanal statistikasini eʼlon qilibdi.
2.9K viewsOtabek Raxmonberganov, 18:09
Ochish/sharhlash