Get Mystery Box with random crypto!

Prezident maktablariga tayyorlov jarayonida oʻquvchilarni Prob | Prezident maktablariga tayyorgarlik

Prezident maktablariga tayyorlov jarayonida oʻquvchilarni Problem solving (Noanʼanaviy masalalar yechish) yoʻnalishiga tayyorlashda Kangaroo imtihoni testlaridan koʻp foydalanaman. Kangaroo matematika imtihoni topshiriqlari shakl jihatidan Prezident maktablariga kirish imtihonida tushadigan Noanʼanaviy masalalar yechish yoʻnalishidagi masalalardan farq qilsa ham, bu topshiriqlarni bajarish uchun talab qilinadigan koʻnikmalar deyarli bir xil boʻlgani uchun, Kangaroo testlari Prezident maktablariga kirish imtihonlariga tayyorlanish uchun juda yaxshi vosita deb hisoblayman. Shuning uchun oʻquvchilarimni ham imkoni boricha bu testda qatnashishga ragʻbatlantiraman.

Bilsangiz kerak, Prezident maktablari uchun tayyorlov rejamda Kangaroo testlarini ishlash boʻyicha ham materiallar, videodarslar va sinov materiallari tayyorlashni rejalashtirgan edim, ammo reja boʻyicha bular biroz keyinroq boʻlishi kerak edi. Kangaroo testlari yaqinlashayotgani munosabati bilan rejamga kichik oʻzgartirish kiritdim va 1 fevraldan boshlab Kangaroo testlariga tayyorgarlik boʻyicha materiallarni pullik kanallarimda berishni boshlashga qaror qildim. Bu pullik kanallarimdagi Kangaroo matematika imtihonida qatnashishni rejalashtirgan oʻquvchilarga ushbu imtihonga yaxshiroq tayyorlanish uchun imkoniyat boʻladi.


Agar Kangaroo testlariga tayyorlanishni istagan, lekin Prezident maktablariga tayyorlov kanallarimda boʻlmagan oʻquvchilarda ushbu imtihonga tayyorlanish istagi boʻlsa, faqat shu maqsad uchun kanal tashkil qilishim mumkin. Bunda kanalga qoʻshilish bahosi oʻquvchi sinfiga koʻra 30-50 ming atrofida boʻlishi mumkin, kanal Kangaroo testlari tugaguncha, yaʼni 25 mart kunigacha faoliyat yuritadi.

Shu boʻyicha taklif va istaklaringiz boʻlsa, ushbu post kommentariylarida qoldirishingiz mumkin.