2022-12-13 08:05:17
Your child is attending a private school and feeling really bad of at, you have decided to take him/her to another kindergarten write to a director, introduce yourself, inform about he care (tell about reason) ask for documentation.
Hurmatli Janet honim,
Men ushbu xatni yozishimdan maqsad shuki, men ba'zi sabablarga kòra farzandimni boshqa boģchaga òtkazishga majburman.
Farzandim Tony Freeman 4 oydan beri sizning muassasangizda qatnayapti, lekin u haligacha sizning atmosferangizga moslashgani yòq. Aniqki, bu meni va turmush òrtoģimni xavotirga soladi. Farzandimning aytishicha, uning boģcha opasi (nurse) bolalar bilan anchagina qòpol munosabat qilar ekan va barcha bolalar undan qòrqar ekan. Albatta, bu yaxshi emasligini òzingiz ham bilasiz.
Bu ham yetmagandek, farzandimning shirinliklarga allergiyasi bor. Sizning menyungizda esa 50% ovqatlarda shakar bor. Shu sababdan, men sizdan uzur sòrayman va farzandimni boshqa boģchaga olib òtishga majburman. Menga kerakli hujjatlar haqida malumot berishingizni iltimos qilaman. Darvoqe, shu paytgacha bòlgan tòlovni tòliq qilganman.
Umid qilamanki xatim sizga yaqin orada yetib boradi va ijobiy javob yuborasiz.
Hurmat bilan.
_________
majburman - I have to
o'tkazmoq - transfer
moslashmoq - adapt to
Bu ham yetmagandek, - To make matters worse,
Albatta, - Clearly,
Darvoqe, - By the way,
218 viewsedited 05:05