Get Mystery Box with random crypto!

POSITIVE ENGLISH TEACHER

Telegram kanalining logotibi positive_english_teacher — POSITIVE ENGLISH TEACHER P
Telegram kanalining logotibi positive_english_teacher — POSITIVE ENGLISH TEACHER
Kanal manzili: @positive_english_teacher
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 585
Kanalning ta’rifi

Bu kanalda asosan Ingliz tili o'qituvchilari uchun kerakli bo'ladigan resurslar jamlangan.

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2022-12-07 22:19:20
#tungi_kechinmalar

Har safar qaysidir kitobim iste'molga tayyor bo'lsa yelkamdan tog' ag'darilganday bo'ladi. Kitob bitguncha esa o'zimdan o'tgani o'zimga ayon. Uydan ishga kitob haqida o'ylab ketib, kitob haqida o'ylab qaytaman. Bu yolg'on yoki maqtanish emas. Bugun ham nihoyat ACTIVATE nomli yangi audio-grammatika kitobimning 190 beti tayyor bo'libdi. Nasib qilsa, kelasi haftadan o'quvchilarimizga berishni boshlaymiz. Hali ham ishi juda ko'p: audiolarini birma bir yozib maxsus kanalga QR kod bilan yuklash kerak, lug'atlari uchun bot tayyorlash kerak va hk. Kamchiliklar, xatolar, albatta, bor. Vaqt eng yaxshi yechim.


Men aniq ishonaman. Balki juda yaqin orada, balki 5-10 yildan so'ngdir kitoblarim, albatta, butun mamlakat bo'ylab yoyiladi va minglab o'rganuvchilar va ustozlarga manfaat yetkazadi.
367 viewsedited  19:19
Ochish/sharhlash
2022-12-07 13:29:22
cement the relationship(s) - aloqalarni mustahkamlamoq ("betonlamoq")

☆This contract will cement the relationships between two countries.
Bu shartnoma ikki mamlakat aloqalarini mustahkamlaydi.
83 views10:29
Ochish/sharhlash
2022-12-07 11:39:36
Yap-yangi matn Tushunishga va yodlashga oson bo'sin uchun kasblarga doir audiolar tuzishga harakat qilyapmiz!
120 viewsedited  08:39
Ochish/sharhlash
2022-12-06 19:57:30 Bulbulnavo ovozim qattiq shamollashdan keyin tiklanish arafasida Yaqinda yangi audiolardan yuklaymiz
192 views16:57
Ochish/sharhlash
2022-12-05 17:35:43 So'rovnoma bo'yicha ko'rishimiz mumkinki, 20 dan ortiq kishi o'qituvchi variantini tanlagan. Kanalimizda o'qituvchilar borligi ular materiallarimizdan o'z o'quvchilari uchun ham foydalanayotganini anglatadi Bundan, albatta, xursandmiz. Shu o'rinda, kanalimizdagi aziz ustozlar, sizga qanday turdagi materiallar kerak? Qanday materiallar sonini oshirishimizni xohlaysiz. Ozgina vaqtingizni ajratsangiz yanada mamnun bo'lar edik.
176 viewsedited  14:35
Ochish/sharhlash
2022-12-05 13:21:45
Kanalimizni kuzatib boruvchi nechta o'qituvchi va o'quvchi bor ekan!?
Anonymous Poll
23%
Men o'qituvchiman.
77%
Men o'quvchiman
132 voters206 views10:21
Ochish/sharhlash
2022-12-04 19:15:23
Ingliz tilida kitob yozish bu ma'lumotlar, sir-u sinoatlar olamiga tushish va undan xohlaganingcha olish degani


PS. Activate nomli grammatika kitobimiz uchun ishlangan matnlardan biri.
250 views16:15
Ochish/sharhlash
2022-12-03 21:55:33
Aziz ishbilarmon ota-onalar! Bir oz tin oling,to'xtab bir o'ylab fikr qiling. Bolangizga ko'chaning otasi emas, o'zining otasi kerak. Bolangizga dasta-dasta pulingiz emas, kechqurunlari uyga vazifasida yordam beradigan ota kerak. Bolangizga minnat qilaverib yuragini sil qiladigan ota emas, "bolam qaysi sohadan boradigan bo'ldik" deb yurakdan so'raydigan ona kerak.

Aziz ishbilarmon ota-onalar! Bolalarga, ayniqsa 21-asr parokandaliklar davrida o'sayotgan bolalarga ham qiyin. Ular sizdek "umniy" yoki "shustriy"emas, ularga ko'proq turtki kerak. Faqatgina beozor va mehrli turtki kerak. Ularni olib kelib kurs o'qituvchisiga topshirish bu mehr degani emas.  Bolam katta bo'lsa meni tushunadi demang. U katta bo'lib bolasiga ham siz qilgan muomalani qilsa, siz asl aksingizni ko'rasiz,

Aziz ota-onalar! Bu dunyo matohi vaqtinchalik. Hamma mol-mulkingiz bir kunda kuyib ketishi mumkin. Lekin siz bolangizga bergan mehringiz bir umr uning qalbida qoladi. Mehr javobsiz qolmaydi.

Aytiladigan gaplar hali juda ko'p...
331 viewsedited  18:55
Ochish/sharhlash
2022-12-03 21:54:16 1. Doimiy band ota-onalar shunchaki bolalari bilan yetarlicha yoki umuman vaqt sarflashmaydi. "Bolangiz bilan qancha vaqt sarflaysiz?" deb so'rasangiz, tayinli javob olishingiz mushkul. Keladigan yagona javob: "Shuni kelajagi uchun ertalab chiqib ketib kechqurun qaytaman-da"...

2. Tadbirkor yoki o'sha doim band ota-onalar oddiy o'rta daromadli ota-onalardan ko'ra minnatchiroq bo'lishadi. Chetdan ularni kuzatsangiz farzandiga ishlash va pul topishni o'rgatishdan ko'ra achchiq gaplar bilan siylashadi. Buni, albatta, ataylab qilishmaydi. Shu gaplari bolalariga ta'sir qiladi deb o'ylashadi.

3. Bunday ota-onalar bolalari nimaga qiziqishi va kim bo'lmoqchiligi haqida deyarli o'ylashmaydi. Chunki ular "juda band" va "shular odam bo'lsin deb dam olmay" ishlashadi.

Qayta-qayta kuzatdim! Oddiy tikuvchining bolasi yaxshiroq o'qiydi katta tadbirkorning bolasidan ko'ra. Axir tikuvchi va oddiy ishchining sharoiti tadbirkornikidek emasku! Haqiqat juda oddiy. Tikuvchi va oddiy ishchi ham bolam deydi, uning uchun kuyib pishadi. Tadbirkor ham bolam deydi, lekin bolasi bilan yetarlicha aloqa qilmaydi, xolos. Bola qalbidagi mehr bo'shlig'i to'lmay qolsa unga pul topish, kasb tanlash, qiziqishlarini kashf etishdan nima naf!
366 viewsedited  18:54
Ochish/sharhlash