Get Mystery Box with random crypto!

POSITIVE ENGLISH TEACHER

Telegram kanalining logotibi positive_english_teacher — POSITIVE ENGLISH TEACHER P
Telegram kanalining logotibi positive_english_teacher — POSITIVE ENGLISH TEACHER
Kanal manzili: @positive_english_teacher
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 585
Kanalning ta’rifi

Bu kanalda asosan Ingliz tili o'qituvchilari uchun kerakli bo'ladigan resurslar jamlangan.

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2023-01-03 09:25:45 JOB APPLICATION LETTER

Dear ____,

Men ushbu xatni sizning e'loningizga javob tariqasida maktab psixologi uchun nomzod sifatida yozmoqdaman.

Dastavval, men e'loningizni rasmiy kanalingizda ko'rganim zahotiyoq, bu imkoniyat aynan men uchun ekanini angladim. O'zimni tanishtiradigan bo'lsam, men Milliy Universitetning Psixologiya fakultetini tugallaganman (2011-2015) va o'quv yillarim mobaynida turli psixologiya kurslarida faol ravishda qatnashganman. Aniqroq qiladigan bo'lsam, 2014-yilda men mamlakatimizda eng mashhur bo'lgan F. K. Abdullayevning bir oylik psixologik treyningida qatnashganman.

Faoloyatimga kelsak, men shu paytga qadar hech qanday rasmiy muassasada ishlamaganman. Asosan, mustaqil tarzda o'nlab tadqiqotlar o'tkazganman hamda inglizcha maqolalarni o'zbek tiliga tarjima qilganman. Bundan tashqari, men Instagramda "Happiness in the eyes" nomli shaxsiy blogim bor. Men yuz foiz kafolat bera olamanki, agar meni ishga olsangiz, maktabingizga juda katta manfaat olib kela olalaman.

Nihoyat, murojaatimni o'qish va munosabat yo'llash uchun ozgina vaqt ajratsangiz juda mamnun bo'lar edim.

Cheksiz hurmat bilan

__________________

in response to - javob tariqasida
as soon as - zahotiyoq
academic year - o'quv yili
as for ... - ...-ga keladigan bo'lsak
conduct research - tadqiqot o'tkazmoq
bring huge benefits - katta manfaat olib kelmoq
105 viewsedited  06:25
Ochish/sharhlash
2022-12-31 15:48:13 Kirib kelayotgan yangi yilda uyingiz devoriga shaxsiy til sertifikatingizni ilib qo'yish nasib qilsin. Mening o'quvchilarim ham 100 taga yetsin.
226 views12:48
Ochish/sharhlash
2022-12-30 12:42:10 ​​Biz - bizning yordamimiz chindan ham kerak bo'lganlar uchun ishlaymiz.

Shaxzod Jamol o'g'li

(Yaqin do'stim, hamkasbim. 7 baldan yuqori oluvchilar tayyorlash masalasini ko'rayotganimizda, shu gapni aytgan edi. Ya'ni hammaga ham 7 olishga ehtiyoj yoki imkon yo'q shu uchun ularga zarur balni olishga yordam berish ayni paytdagi asosiy vazifamiz bo'lishi kerak demoqchi bo'lgandi. Noinsofni o'zi ham shu gaplarini o'qib, eslagandir hozir )

@Leesaan_uz
160 views09:42
Ochish/sharhlash
2022-12-29 09:11:52 REQUEST LETTER

You are a third year student at biology department of National University and now writing an article on your specialty. You needed a professional help and decided to write an e-main to one of local professors. Write to the professor; introduce yourself; tell how you found him; aks for his help.


Hurmatli ____,

Ushbu xatni yozishimdan maqsad maqolam uchun sizning yordamingizni so'rash.

O'zimni tanishtiradigan bo'lsam, men Biologiya fakultetida o'qiydigan 3-kurs talabasiman va shu paytga qadar 4 ta maqolamni nashr qilganman. Dastavval, men siz haqingizda universitetimizdagi bir nechta o'qituvchilardan eshitdim. Bundan tashqari, men yaqinda sizning Facebook'dagi ilmiy blogingizni uchratib qoldim va ilmiy faoliyatingizga havas qildim.
ilmiy blogingiz orqali, men sizning 10 dan ortiq maqolangizni sinchiklab o'qib chiqdim. Ularning barchasi menda katta taasurot qoldirdi. Men juda xursand bo'ldim chunki men eng munosib shaxsni topa oldim.

Shu sababdan, sizning yordamingiz men uchun juda zarur. Mening hozirgi maqolam anchagina murakkab mavzuda va, shuning uchun, sizdan bu borada yordam olishga majburman. Albatta, bu sizni bezovta qilishini bilaman. Mening mavzuyim hamda maqolamning bir qismini sizning e-mailingizga yuborib qo'yaman. Umid qilamanki, siz buni hurmatsizlik deb o'ylamaysiz.

Nihoyat, agar murojaatimni o'qish va o'ylab ko'rish uchun ozgina vaqt ajratsangiz, bu meni juda mamnun qilar edi.

Cheksiz hurmat bilan
_____________________
Yuqorida alohida qilib ko'rsatilgan so'zlarning tarjimasini oldingi xatlardan topishingiz mumkin.
227 viewsedited  06:11
Ochish/sharhlash
2022-12-29 08:48:25 REQUEST LETTER

You are going to spend your winter holiday in a warm country through the help of travel agency.Write to the administration of an agency; tell about you and your companions, tell about your needs and ask about discounts.

Dear Sir or Madam,

The central purpose in writing the following letter is to require detailed/thorough information about your tour package.

To introduce myself, I am a family man, father of 3 children (12, 8, 5) and want my children to have an amazing time in Dubai in these chilly days of December. In total, we are five people and fortunatelly we feel really great in sunny weather. In order to keep my children safe, I am not going to take them to water places and desert trips because they are not old enough to the extreme weather of Dubai. Instead, going and wandering around skyscrapers is a great idea and activity that my children remember for long. In addition/additionally, we politely ask you to provide us with a family vehicle so that my children can look around the city better and longer. There is no room for worry that I have an international driving licence.
As for another purpose of my letter, because we are five people ,we eagerly hope that you will present us any discount for our travel and this will definitely make us happy.

Finally, it would make us all grateful if you could take a little time to read and consider our request as soon as possible.

With utmost respect.
221 views05:48
Ochish/sharhlash
2022-12-28 15:42:04
Bizni INSTAGRAM da kuzatib borishingiz mumkin
204 views12:42
Ochish/sharhlash
2022-12-28 08:43:20 One of your clients has recently sent you a complaint about the service in your hotel. Write to the client back; ask for apology; tel him/her what you did to solve the problem; offer him a free service.

Dear Mr. Louis,

Ushbu xatni sizdan jamoam nomidan uzur surash uchun yozyapman.

Birinchi navbatda, mehmonxona rahbari sifatida, men har bir mijoz haqida qayğuraman. Sizning xatingizni o'qib sizga zudlik bilan yozishga qaror qildim. Sizni juda yaxshi tushunaman, chunki yosh va tajribasiz ishchilarim sizning xafsalangizni pir qilgan (disappointed). Shunga o'xshagan holatlarni oldini olish uchun, kecha ishchilarimiz bilan katta majlis oʻtkazdik. Majlisda ba'zi ishchilarga qatʼiy ogohlantirish hamda koʻrsatma berdik.

Xatimning asosiy maqsadiga keladigan boʻlsam, vaziyatni yaxshilash uchun sizga bir martalik mutlaqo bepul xizmatimizni taklif qilaman. Umid qilamanki bu taklif sizni albatta mamnun qiladi.

Xatim sizni tez orada topadi va siz ijobiy javob yuborasiz deb umid qilaman.

Hurmat bilan!
207 views05:43
Ochish/sharhlash
2022-12-28 05:53:17
Bugun yana 4 nafar o'quvchi CEFR B2 sertifikatini qo'lga kiritishdi. Barchangizni tabriklayman. Ilmingiz ziyoda bo'lsin.

CEFR imtihonlari tekshirish tizimidan bu safar anchagina ranjidik. Chunki shu bolalar bilan bir xil darajadagi bir nechta o'quvchiga B1 sertifikati nasib qildi. Barcha kamchilikni imtihon tizimiga yuklamasdan, o'z ustimizda yanada qattiqroq ishlashga harakat qilamiz.
256 views02:53
Ochish/sharhlash
2022-12-27 08:43:51 Hurmatli _ ,

Men ushbu xatni xodimlaringiz va mening o'rtamda sodir bo'lgan yoqimsiz holat bo'yicha xabar berish uchun yozmoqdaman.

Men Ozodlik ko'chasi 122/4 da yashovchi oddiy bir ayolman. Yolg'iz farzandim xorijda o'qiyotgani uchun unga muntazam ravishda pul yuborib turishga majburman. Shu sababdan, sizning bank filialingizga oyiga bir yoki ikki marotaba tashrif buyuraman. Biroq, so'ngi paytlar xodimlaringiz xulqi men kabi ko'plab mijozlarni ranjitmoqda.

17- mart kuni, pul yuborish maqsadida bank filialingizga tashrif buyurganimda, odatdagidek hech kim navbatga rioya qilmas edi. Garchi zalda navbat uchun chek olish mumkin bo'lsada, buni xodimlaringiz nazorat qilmaydi. Bu juda ham achinarli va chidab bo'lmas holat! Bundan tashqari, (Bu ham yetmaganidek,) sizning kassa hodimingiz o'tgan safar menga yaxshigina qo'pol munosabat qildi. Men qari ayol bo'lganim uchun, uning barcha aytganlariga tushunmasligim mumkin. Lekin, uning harakatlari meni juda ranjitdi. Boshqalarning oldida men o'zimni noqulay his qildim. Men hodimingiz nomini ko'rsatishni (mention) xohlamayman.

Men sizdan xodimlaringiz bilan jiddiy ishlashingizni iltimos qilaman. Shu bilan birga, navbat tizimini yo'lga qo'ymasangiz ko'plab mijozlaringizni yo'qotishingiz mumkin. Siz buni juda yaxshi tushunasiz.


Umid qilamanki, xatim sizni yaqin orada topadi va ijobiy javob olib keladi.
219 views05:43
Ochish/sharhlash
2022-12-26 05:22:59 Y̲O̲U̲ P̲A̲R̲T̲I̲C̲I̲P̲A̲T̲E̲D̲ A̲T̲ C̲O̲N̲F̲R̲E̲N̲S̲ I̲N̲ T̲H̲E̲ C̲O̲N̲C̲E̲R̲N̲SCE H̲A̲L̲L̲. A̲N̲D̲ S̲U̲D̲D̲E̲N̲L̲Y̲ B̲R̲O̲K̲E̲ SOMETHING T̲H̲E̲RE W̲H̲E̲N̲ YOU WERE LEAVING IN A HURRY.̲ W̲R̲I̲T̲E̲ T̲O̲ T̲H̲E̲ M̲A̲N̲E̲G̲E̲R̲ O̲F̲ T̲H̲E̲ H̲A̲L̲L̲ I̲N̲T̲R̲O̲D̲U̲C̲E̲ Y̲O̲U̲R̲S̲E̲L̲F̲ ;̲A̲S̲K̲ F̲O̲R̲ A̲P̲P̲O̲L̲O̲G̲Y̲ ;̲ AND ASK ABOUT THE COMPENSATION.̲

Dear Manager,

Man ushbu xatni konferensiya zalingizda bõlgan kichik noxush bolat haqida xabar berish uchun yozyapman.

Dastavval, 17-noyabr kuni soat 9:00 da õtkazilgan konferensiyada qatnashdim. Oilaviy muammo tufayli zaldan tezdq chiqib ketishga majbur bõldim. Zaldagi eshiklardan birini asabiylashib qattiq tortib yubordim va eshik tutqichi chiqib ketdi. Juda shoshayotganligim tufayli , bu haqida administratsiyaga xabar qila olmadim.

Bu qõpoligim uchun sizdan uzr sõrayman chunki men bilamanki bu nosozlik sizning keyingi mijozlaringizga salbiy ta'sir kõrsatadi. Vaziyatni yaxshilash uchun kompensatsiya tõlashga tayyorman.Menga kompensatsiya varaqasini yuborsangiz, zudlik bilan tõlov qilar edim va noqulay hislardan qutular edim .

Umid qilamanki, xatimga imkon qadar tez ijobiy munosabat qaytarasiz.

Respectfully
297 viewsedited  02:22
Ochish/sharhlash