Get Mystery Box with random crypto!

Bugun, 12-noyabr kuni Ukrainadagi Sigma Software Group o'quv i | Project Managers Blog

Bugun, 12-noyabr kuni Ukrainadagi Sigma Software Group o'quv ishlari bo'yicha direktori Maksim Pochebut “Project Managers” kompaniyasiga tashrif buyurdi.

Maksim Pochebut mazkur tashrifi orqali Ukraina va Oʻzbekiston IT sohalari rivoji, shu yoʻnalishda mijozlar bilan kommunikatsiya qilish, mahsulot yaratishdan tortib uni bozorga chiqarishgacha boʻlgan jarayonlarni bir qadar solishtirib koʻrishni maqsad qilgan edi. Project Managers bilan boʻlgan suhbatda Pochebut IT kompaniyalarni noldan yaratish va dunyo IT bozori borasidagi tajribalari bilan boʻlishdi.

Uchrashuv davomida “Project Managers” IT kompaniyasi faoliyati bilan yaqindan tanishildi, Imkon jamoasi bilan bevosita suhbat uyushtirildi. Suhbat yakunida oʻzaro hamkorlik va davomli doʻstlik munosabatlari masalasi kelishib olindi.

Project Managers — mustahkam hamkorlik qadriyatlari biz uchun muhimroq.

@pmuzbekistan