Get Mystery Box with random crypto!

Menejerlar uchun top 3 kitob Project Managers jamoasi sizga s | Project Managers Blog

Menejerlar uchun top 3 kitob

Project Managers jamoasi sizga sinovdan o’tgan kitoblar uchligini tavsiya etadi. Kitob o’qish foydali, ishonchli kitoblarni o’qish esa foydaliroq.

1. PIXAR. Muallif Lourens Levi 12 yil davomida Amerikaning Pixar kinostudiyasi moliyaviy direktori lavozimini egallagan. O‘z kitobida Stiv Jobsning qo‘ng‘irog‘idan keyin Pixar’da ish boshlagani, ko‘ngilochar sanoatning o‘ziga xosligi, kompaniyaga uzoq yillar mobaynida gullab-yashnash imkonini bergan strategik va biznes vazifalar haqida so‘zlaydi.

2. Agile: Loyihalarni baholash va rejalashtirish
Kitob muallifi, loyihalarni rejalashtirish sohasi mutaxassisi Mayk Kon kitobxonlarga ishga agile-yondashuv haqida gapirib, biznes-loyihalarni o‘z vaqtida va byudjyetdan chiqmasdan amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan instrumentlarni ochib beradi.

3. Boshqaruvning Osiyocha usuli: Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreyada biznes qanday boshqariladi.
Muallif Sing Ong Yuning fikriga ko‘ra, g‘arb kompaniyalari ratsionallik va samaradorlik tushunchalari bilan ish ko‘radi, sharqliklar uchun esa axloq-odob kodeksi va o‘zaro munosabatlar muhimroq. Bu kitob ishbilarmonlik madaniyati va Osiyolik hamkasblar bilan mustahkam munosabat o‘rnatishni istaganlar uchun foydali yo‘lboshlovchiga aylanadi.

@pmuzbekistan