Get Mystery Box with random crypto!

​O'zingizni ruhlantiring! Biror muhim ishni boshlash va uni n | plyuralizm

​O'zingizni ruhlantiring!

Biror muhim ishni boshlash va uni nihoyasiga yetkazish haqida oʻylashning oʻzi sizni ruhlantiradi va sustkashlikni bartaraf etishga yordam beradi. Aslida, foydali ishni ham, behuda ishni ham amalga oshirish uchun deyarli bir xil vaqt sarflaysiz. Farqi shundaki, chindan-da muhim va zarur vazifani ado etganingizda o'zingizdan faxrlanish va qoniqish hissini tuyasiz. Huddi shuncha vaqt va kuch sarflab, arzimas vazifani bajarganingizda esa, aksincha, o'zingizdan qoniqish hissi juda past yoki umuman bo'lmaydi.
Vaqtingizni nazorat qilish hayotingizni va oʻzingizni boshqarish demakdir. Bu voqealik ustidan hukmronlik qilishdir. Vaqtni nazorat qilish keyingi bajarajak ishlaringizni nazoratga olish hisoblanadi. Bunda siz hamisha keyin nimani bajarishni tanlash imkoniga ega boʻlasiz. Kerakli va keraksiz ishlarni farqlay olish qobiliyatingiz hayotingiz hamda ishingizni muvaffaqiyati kalitidir.
Muvaffaqiyatli va mahsuldor insonlar ishni eng asosiy vazifadan boshlaydilar. Qanday boʻlishdan qatʼiy nazar, oʻzlarini qurbaqani paqqos tushirishga undashadi. Qarabsizki, ular koʻpchilikka nisbatan katta ishlarni amalga oshiradilar, va albatta, koʻproq baxtiyor boʻladilar. Siz ham shu tarzda ishlashingiz kerak..!

Bryan Treysi " Samaradorlikning 21 yo'li"

@Plyuralizm