Get Mystery Box with random crypto!

​Nigilizm (lotincha soʻz boʻlib nihil — „hech nima“) olamning, | plyuralizm

​Nigilizm (lotincha soʻz boʻlib nihil — „hech nima“) olamning, ayniqsa insoniyatning obyektiv qiymati yoʻq, deb uqtiruvchi falsafiy oqimdir. Nigilistlar quyidagilarni taʼkidlashadi:

☛obyektiv axloq mavjud emas;
☛biror amal boshqasidan ustun qoʻyilishiga obyektiv sabab yoʻq;
☛mavjudlikdan maʼno va maqsad yoʻq;
☛boshqaruvchi yoki yaratuvchi kuchning (masalan, xudoning) borligiga empirik dalil yoʻq;
☛agarda shunday kuch mavjud boʻlsa ham, unga itoat qilish axloq jihatdan majburiy emas.

1.Nigilistlarga koʻra, obyektiv (yaʼni umumiy, hamma mavjudotlar uchun yagona) axloq yoʻq, har qanday axloq tizimi kimningdir nuqtai nazariga mos boʻladi. Lekin muayyan shaxs hissiy yoki jamoat bosimi tufayli tayinli amalni bajaradi. Masalan, qiyin ahvolga tushgan odamga achinib, shu achinish hissi bosimi tufayli unga yordam koʻrsatadi; doʻkon rastalariga qoʻyilgan mollarni oʻgʻirlashdan esa uni din va/yoki qonun prinsiplari (jamoat bosimi) tiyib turadi.

2.Biror amalning boshqasidan ustun qoʻyilishiga obyektiv sabab yoʻqligini bunday misol bilan izohlash mumkin: ikki xil amal tanlovi bor — choʻkayotgan odamni qutqarish yoki qutqarmaslik. Nigilistga koʻra, ikkala amal oqibatida ham oʻsha choʻkayotgan odam vafot etadi (uzoq kelajakda yoki oʻsha damning oʻzida). Yaʼni bu amallarning ikkalovi ham abadiyat miqyosida hech nimani oʻzgartirmaydi.

3.Mavjudlikdan maʼno va maqsad yoʻqligi avvalgi iddaolardan kelib chiqadi. Biror individ mavjudligi, hayoti faqat vaqtinchalik ahamiyatga ega boʻlishi mumkin, biroq obyektiv jihatdan maʼnosizdir.

4.Xudoning mavjudligi borasidagi bahslar hozirgi kungacha faqat demagogik xarakterga ega boʻlib kelmoqda. Bu xususda jiddiy empirik dalillar mavjud emas, Deb oʻylaydilar.

5.Nigilizmga koʻra, agar xudo mavjud boʻlsa ham, unga itoat etish, boʻysunish faqat uning bosimi tufayli (jazosidan qoʻrqib, mukofotidan umidvor boʻlib) amalga oshirilishi mumkin. Xudoga itoat etish, boshqa har qanday amal kabi, maʼnosizdir.

Nigilizmning turlari koʻp siyosiy nigilizm, huquqiy nigilizm hamda ijtimoiy nigilizmlardir. Bular orasida siyosiy va huquqiy hozirgi glaballashuv davrida yaqqol koʻzga tashlanib turadi. Siyosiy nigilizmda davlat boshqaruvchisi ta'n olinmaydi va mavjud tuzum hech qanday ahamiyatga ega boʻlmaydi, shuningdek buni ortidan districtiv g'oyalar ya'ni buzg'unchi g'oyalar kelib chiqadi ( propaganda, shovinizm). Huquqiy nigilizm davlatdagi qonun, farmon va kodekslarni ta'n olmaslik, amal qilmaslik , bo'ysunmaslikdir. Masalan oddiy misol, piyodalar yo'lagini kesmasdan to'g'ri kelgan yoxud "hech kim ko'rmadi" deb xohlagan joydan o'tish bu huquqiy nigilizmning sodda shaklidir. Hammaga tushunarli boʻldi degan umiddaman.

@Plyuralizm