Get Mystery Box with random crypto!

​Shu kun, aynan 20-mart kuni millionlab odamlarni qurbon qilga | plyuralizm

​Shu kun, aynan 20-mart kuni millionlab odamlarni qurbon qilgan urush hisoblanmish AQSh va Iroq mojorolari yakunlanganiga 20yil to'ldi. Shuning uchun bu mojorolar haqida toʻliq maʼlumot berishni lozim topdim.
Iroq urushi 2003-yil 20-martda Amerika Qoʻshma Shtatlari va Birlashgan Qirollik boshchiligida tuzilgan Koʻp millatli koalitsiya kuchlari Iroqqa bostirib kirishi bilan boshlangan urushdir. Bu urush koalitsiya davlatlari tomonidan Ikkinchi Fors koʻrfazi urushi, Iroqqa hujum va Iroq erkinligi operatsiyasi deb ham ataladi. 2011-yil 21-oktabrda AQSh prezidenti Barak Obama mamlakatdagi AQSh qoʻshinlari 2011-yil 31-dekabrgacha olib chiqilishini eʼlon qildi. Urush rasman 2011-yil 15-dekabrda Bagʻdoddagi AQSh bazasida oxirgi Amerika bayrogʻining tushirilishi bilan yakunlandi. AQSh Davlat kotibi Jon Kerri urushni jiddiy xato deb taʼkidladi.
Urushdan oldin Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taftish Komissiyasiga AQSh va Britaniya hukumatlari tomonidan Iroqda ommaviy qirgʻin qurollari ishlab chiqilayotgani va bu qurollar koʻplab koalitsiya mamlakatlari, xususan, AQSh xavfsizligiga jiddiy tahdid solayotgani haqida maʼlumot berilgan, Koʻrfaz urushidan soʻng, AQSh-Iroq tadqiqot guruhlari Iroq 1991-yilda ommaviy qirgʻin qurollari dasturini tugatganini, ammo embargo bekor qilinmasa, uni qayta faollashtirishi mumkinligini taʼkidladi. Polsha qurolli kuchlari va Amerika Qoʻshma Shtatlari armiyasi Iroqda ommaviy qirgʻin va kimyoviy qurollarni topganligini da'vo qildi. Baʼzi amerikalik rasmiylar Saddam Husaynni Al-Qoidani qoʻllab-quvvatlaganlik va panoh berganlikda aybladi, ammo bu ayblovlar hech qachon isbotlanmagan. Bosqinning boshqa sabablari Iroqning Falastinlik xudkush-terrorchilarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashi, Iroq hukumatining inson huquqlarini suiisteʼmol qilishi hamda mamlakat va mintaqada demokratiyaga xavf solishi edi. Baʼzi rasmiylar, Iroqning neft zaxiralari bosqin qarorida eng muhim omil ekanini taʼkidlagan, lekin bular Amerika Qoʻshma Shtatlari tomonidan rad etilgan.
Iroqning muntazam armiyasi bosqin boshlanganidan koʻp oʻtmay magʻlubiyatga uchradi va natijada Saddam Husayn qoʻlga olinib, qatl etildi. Ayrim mazhablar va boshqa turli qurolli guruhlardan iborat isyonchilar va koalitsiya kuchlari oʻrtasida assimetrik urush boshlandi, shia va sunniy guruhlar oʻrtasida muammolar yuzaga keldi va Iroqda Al-Qoida xurujlari boshlandi. 2007-yilda oʻtkazilgan tadqiqotga koʻra, Iroqda taxminan 1.000.000 tinch aholi halok boʻlgan. UNHCR 2008-yil aprel oyidagi maʼlumotlarga koʻra, 4,7 million iroqlik (Iroq aholisining 16 foizi) oʻz uyini tark etgan, shundan ikki millioni qoʻshni mamlakatlardan boshpana topgan 2008-yil mart oyida Qizil Xoch Iroqdagi gumanitar vaziyatni „jahondagi eng ogʻir“ darajada ekanligini maʼlum qildi. 2008-yil iyun oyida AQSh mudofaa rasmiylari xavfsizlik va iqtisodiy koʻrsatkichlarda yaxshilanish belgilari borligini eʼlon qilishdi. 2008-yil avgust oyida Iroq va AQSh oʻrtasida SOFA bitimi ishlab chiqildi. Bu kelishuvda AQSh 5 yil ichida Iroqdan butunlay chiqib ketishi va xavfsizlikni Iroq maʼmuriyatiga topshirishi aytilgan edi. Ammo hammasi ham rost bo'lib chiqmadi. Biroq kelishuv doirasida 2009-yilning oʻrtalarida xalq referendumi oʻtkazildi. Bu kelishuv turli Iroq guruhlari tomonidan norozilik bilan qabul qilingan. Iroq parlamenti va AQSh oʻrtasida Strategik hamkorlik kelishuvi imzolandi. Ushbu shartnoma, mamlakat ichidagi etnik guruhlar va siyosiy birliklar huquqlarini taʼminlash, talabalar almashinuvi; taʼlim, energetika sohalarini rivojlantirish, atrof-muhitni tozalash, sogʻliqni saqlash, axborot texnologiyalari, aloqa va huquqni muhofaza qilish sohalarni qamrab oldi. Va nihoyat 2011yilda AQSh o'z qo'shinlarini olib chiqdi. Bu urushda millionlagan begunoh odamlar qurbon boʻldi Demokratiya bahonasi bilan kirgan davlat maqsadi aslida qora oltin boʻlgan chunki Demokratiyaga tub maʼnosi boshqadir bu bosqichilik urushi edi afsuski. Sharqning yuksalgan davlat bo'lgan Iroq hozirgacha ahvoli o'nglanmadi..!

Wikipedia bilan birga yozildi

@Plyuralizm