Get Mystery Box with random crypto!

Psixologik testlar | Maslahatlar

Telegram kanalining logotibi pisixologik_testlar — Psixologik testlar | Maslahatlar P
Telegram kanalining logotibi pisixologik_testlar — Psixologik testlar | Maslahatlar
Kanal manzili: @pisixologik_testlar
Toifalar: Psixologiya
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 3.85K
Kanalning ta’rifi

🔯 Psixologik testlar orqali siz ruhiyatingiz, sevganingizni ruhiyati haqida bilib olishingiz mumkin. Bundan tashqari siz qanday rahbarsiz va h.k. savollarga javob topasiz!

💰Reklama 👮‍♂️: @ShaxzodMominov
👩‍🎓Psixolog: @psixolog_Zeboxonim

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2022-05-20 10:00:41 #RUHIYAT

10 ta eng muhim fikrlar

O'xshashlik o'ziga jalb qiladi va bu nimadir haqida o'ylaganingizda o'zingizga shunga o'xshash fikrlarni jalb qilishni anglatadi.

Fikrlar magnit kabi harakat qiladi, ular ma'lum bir chastotaga ega. Siz o'ylaganingizda, sizning fikrlaringiz koinotga uchib ketadi va ularga o'xshash magnitlangan narsalarni jalb qiladi - hamma narsa bir xil chastotada. Koinotga nima yuborgan bo'lsangiz - sizga qaytadi.

Siz inson vujudidagi uzatuvchi stansiyasiz, siz o'zingizning fikrlaringiz bilan ma'lum bir chastotani uzatasiz. Agar hayotingizda biron bir narsani o'zgartirishni xohlasangiz, fikrlaringizni o'zgartirib, turli xil chastotalarni sozlang.

Sizning hozirgi fikrlaringiz kelajakdagi hayotingizni yaratadi. Siz nima deb o'ylasangiz nimaga ko'proq e'tibor qaratsaningiz hayotingizda paydo bo'ladi.

Sizning fikrlaringiz haqiqatga aylanadi. Jozibadorlik qonuni tabiat qonunidir. U tortishish qonuniga o'xshab xolisona ishlaydi

Hayotingizda hech narsa paydo bo'lmaydi, agar siz uni qat'iy fikrlar bilan chaqirmasangiz

Sizning fikrlaringiz sizning chastotangizni aniqlaydi va sizning his-tuyg'ularingiz darhol siz qaysi chastotada ekanligingizni darhol aytadi. O'zingizni yomon his qilsangiz, yomon kayfiyatda bo'lsangiz, o'zingizni yanada salbiy tomonga tortadigan chastotaga duch kelasiz. Ijobiy bo'lganingizda, yanada ko'proq yaxshiliklarni jalb qilasiz.

Ishonish bu harakat qilish, gapirish va o'zingiz so'ragan narsani olgandek o'ylang. Ushbu chastotani chiqarganda, diqqatni jalb qilish qonuni odamlarni, voqealarni va sharoitlarni harakatga keltiradi, shunda siz xohlagan narsangizga erishasiz.

Minnatdorchilik bu sizning energiyangizni oshirish va xohlagan narsangizni hayotingizga kirib kelishiga kuchli usuli. Sizda mavjud bo'lgan narsalar uchun minnatdor bo'ling va bundan ham ko'proq yaxshiliklarni jalb qilasiz.

Ayni paytda o'zingizni baxtli his qilishingiz - bu hayotingizga kerakli barcha narsalarni jalb qilishning eng tezkor usulidir

Yaqinlarga ulashishni unutmang
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEuZhFe7NVQQ9uu8kQ
1.8K views07:00
Ochish/sharhlash
2022-05-20 06:01:01 #JAVOBLAR

Sizga illuziyani rad etish yordam beradi. Siz dunyoga pushti ko'zoynaksiz qaraysiz. Siz haqiqiylikni afzal ko'rasiz. Siz narsalarni o'zining nomi bilan chaqirishni afzal ko'rasiz - bu sizga ko'p ishlarda, holatlarda va munosabatda yordam beradi.

Siz o'zingizni ta'minlay oladigan insonsiz - bu sizga hayotda yordam beradi. Siz yolg'izlikdan qiynalmaysiz, sizda har doim nima bilandir shug'ullanish uchun mashg'ulot bo'ladi.

Sizning mehmondo'stligingiz sizga hayotda yordam beradi. Siz tarbiyali insonsiz. Sizning oldingizda inson o'zini shinam va qulay his qiladi. Siz odamlarga muloyim munosabatda bo'lasiz - bu sizga hayotda yordam beradi.

Sizni har doim qo'llab-quvvatlab turadigan va ruhlantiradigan yaqin insonlaringiz qurshab turadi. Sizni sevishadi va qadrlashadi. Ular sizni ko'plab noxushliklardan himoya qilishadi. Sizning oilangiz - bu aynan sizga hayotingizda yordam beruvchi narsa.

Sizga chidamliligingiz yordam beradi. Siz hayotdagi kulfatlarga qarshi tura oladigan muvaffaqiyatli insonsiz. Siz kuchli shaxssiz - bu sizga hayotda yordam beradi.

Yaqinlarga ulashishni unutmang
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEuZhFe7NVQQ9uu8kQ
2.0K views03:01
Ochish/sharhlash
2022-05-20 06:01:01
​​#PSIXOLOGIK_TEST

O'zingizga yoqqan yoritgichni tanlang va hayotda sizga qaysi sifatingiz yordam berishini bilib oling!

Yaqinlarga ulashishni unutmang
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEuZhFe7NVQQ9uu8kQ
1.9K views03:01
Ochish/sharhlash
2022-05-20 03:01:56
Ассалому алайкум хайрли кун азизлар. Оппоқ тонгда оппоқ орзулар ила бошланган кун барчага барокатли бўлсин.
Аллоҳим яна бир тонгни ўзи учунгина ибодат қилишимиз учун инъом этди. Алҳамдулиллаҳ.
Кунни мазмунли хайрли ўтиши учун Биисмиллаҳдан бошлайлик.

Яқинларга улашишни унутманг
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEuZhFe7NVQQ9uu8kQ
413 views00:01
Ochish/sharhlash
2022-05-17 16:24:30
#PSIXOLOGIK_FAKT

Agar sizni kim kuzatayotganini bilmoqchi bo'lsangiz, soatingizga bir qarab vaqtni tekshirib qo'ying va atrofga nazar soling, agar kimdur sizni kuzatayotgan bo'lsa usha odam ham soatni qarab vaqtni tekshirib qo'yadi va shunda kim sizni kuzatayotganini bilib olasiz

Yaqinlarga ulashishni unutmang
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEuZhFe7NVQQ9uu8kQ
1.4K views13:24
Ochish/sharhlash
2022-05-17 06:01:49 #JAVOBLAR

Suhbatdosh haqiqatan ham sizning yordamingizga muhtoj, garchi u buni ko'rsatmasa ham. Ehtimol, sizning hamkasbingiz sizning ko'zingiz oldida ojiz va ishonchsiz odamga o'xshamaslik uchun sizdan yordam so'rashdan uyalayotgandir.

Ehtimol, suhbatdosh siz bilan juda zerikkan. Ko'rinib turibdiki, siz taqdim etgan ma'lumotlar, sizning fikrlaringiz mutlaqo qiziqmaydi. Balki bunday holat suhbatdoshingizning bo'ynida og'riq bor va u boshini tekis holatda ushlab turishi qiyindir.

Suhbatdosh sizni kuzatadi va baholaydi. Bunday imo-ishora siz bilan birinchi marta gaplashayotgan notanish suhbatdoshlarga xosdir. Baholanishdan qo'rqmang, chunki bu sizning hamkasbingizning qanday inson ekaningizni tushunishga bo'lgan tabiiy istagi.

Ushbu imo-ishora suhbatdoshingiz sizni tinglayotganligini, qandaydir ichki qaror qabul qilishga harakat qilayotganini ko'rsatadi. Afsuski, bunday imo-ishora bilan ushbu qaror ijobiy yoki salbiy bo'ladimi-yo'qmi, aytish qiyin. Qanday bo'lmasin, buni birozdan keyin tushunasiz.

Bunday tezkor harakatni ko'rib, suhbatdoshingiz sizni aldashga yoki bila turib yolg'on ma'lumotni bo'lishishga harakat qilayotganiga amin bo'lishingiz mumkin. Ammo aniq xulosalar chiqarishga shoshilmang va odamni yolg'on gapirishda ayblamang. Ehtimol, sizning yuzingizga qarashga uyalayotgan bo'lishi ham mumkin.

Ushbu holatda suhbatdoshingizga siz aytgan ma'lumotlar unga yoqmaydi. Hamkasbingiz qulog'ini chayqab, nima deyayotganingizni eshitmaslik uchun uni bekitishga
harakat qiladi.

Yaqinlarga ulashishni unutmang
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEuZhFe7NVQQ9uu8kQ
2.0K views03:01
Ochish/sharhlash
2022-05-17 06:01:48
​​​​#PSIXOLOGIK_TEST

Suhbatdoshingizni yashirin fikrlarini tushunishga yordam beradigan imo-ishoralar.

Ushbu imo-ishoralardan eng yoqqanini tanlang va o'qing.
Har bir javobni ham o'qib oling va siz uchratgan har bir insonnning harakatlaridan uni o'qiy oladigan bo'lasiz.

Yaqinlarga ulashishni unutmang
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEuZhFe7NVQQ9uu8kQ
1.9K views03:01
Ochish/sharhlash
2022-05-17 03:00:58
Ассаламу алайкум ва роҳматуллоҳи ва барокатуҳ!

Сешанба куни ҳам бошланди. Аллоҳ таоло янги кунни файзли, баракали ва хайрли қилсин.

Яқинларга улашишни унутманг
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEuZhFe7NVQQ9uu8kQ
231 views00:00
Ochish/sharhlash
2022-05-16 12:00:19 #JAVOBLAR

1. YO'LBARS:

Agar birinchi ko'zingiz tushgan hayvon yo'lbars bo'lsa, demak sizning eng katta muammoingiz holdan toyganligingizdir. Siz - hammasi joyida bo'lishi uchun g'amxo'rlik qiluvchi, energiyaga to'la insonsiz. Sizni "boshlovchi" lider deyish mumkin: dushman bo'y ko'rsatganda, yaqinlaringizga g'amxo'rlik qilasiz, ularga yaxshi bo'lishi, hayotda hech qanday kamchilik ko'rmasliklari uchun, jon-jahdingiz bilan kurashasiz.
Muammo shundaki, o'zingizni 110% ga bag'ishlab yuborasiz, va oxir-oqibat madoringiz qolmaydi. Siz: - "Dunyoni bir zumga to'xtatib turing, men tushib qolay!" - deb baqirgingiz keladi.
Siz, o'ziga vaqt ajratmaydiganlar turidansiz. Lekin bilasizmi? To'da boshiga zarar yetsa qolganlar ham yomon ahvolga tushib qoladi.
O'zingiz haqingizda qayg'urishga vaqt sarflamaysiz. Boshqalar haqida qayg'urishning eng yaxshi yo'li - bu birinchi navbatda o'zingiz haqingizda qayg'urishdir!

2. FLAMINGO:

Agar birinchi navbatda ko'zingiz flamingoga tushgan bo'lsa, demak sizning eng katta muammoingiz, barcha narsani yuragingizga yaqin olishingizdir. Yodingizda bo'lsin, siz faqat o'zingizning xatti-harakatlaringizni boshqara olasiz, boshqalarnikini emas!
Mana nima uchun atrofda bo'layotgan hodisalarni boshqa ko'rishni xohlamasdan, qochib ketishga bo'lgan kuchli xohish qayerdan paydo bo'ladi.
Demak, sizga maslaxat: Qo'rquvlaringizga qarshi turish vaqti keldi! Albatta bu osonmas. Sababi hammasi yaxshi bo'lib ketishiga ishonmaysiz. Ammo ishonishingiz mumkin bo'lgan haqiqat shundaki: Bu fikrga qo'shilishni xohlaysizmi, yo'qmi, har ishning o'z vaqti-soati bor!
Bu fikrga bosh qo'shsangiz yaxshi bo'lardi albatta va o'zingizga barchasida yashirin, sizga kuch beruvchi, haqiqiy go'zallikni kashf etar edingiz!

3. GEPARD:

Ko'zingiz birinchi navbatda gepardga tushgan bo'lsa, buning sababi siz boshni aylantiradigan darajadagi tempda yashaysiz. Siz bir daqiqa ham ishsiz tura olmaydigan insonlar toifasidansiz. Mana nima sabab, yangi qarorlar qabul qilish va o'zingizni kundan kunga yaxshilash uchun uyoqdan buyoqga yugurasiz. Va bu juda yaxshi albatta, mana shunday xarakteringiz sabab, siz hozir o'zingizga munosib joyda mavjudsiz.
Bir kunda bajaradigan ishlaringizdan qancha haqiqatdan ham ahamiyatga molik? Bulardan qanchasi sizga baxt beradi?
Agar bu savollarga ro'yi-rost javob bersangiz, qidirayotgan savolingizga javob topasiz. Haqiqatdan ham muhim ishlarga ko'proq vaqt ajratib, keraksizlariga kamroq ahamiyat berish vaqti keldi!
Hayot - qancha ko'p ish qilishingizda emas, qilgan ishingizdan qanchasi sizni baxtli qilishidadir.

4. KAPALAK:

Birinchi bo'lib kapalaklarni ko'rganingizning sababi, qalbingiz ozodlikni sevadi, parvoz qilishi uchun unga hudud kerak. Ammo haqiqat shundaki, siz ko'pincha bu hududni topa olmaysiz. Hayot davom etyabdi va "real dunyo" sizni holdan toydiryabdi. Tabiatingizning ta'sirchanligidan atrofingizda sodir bo'layotgan har narsa sizga ozor beradi.
Bunday damlarda chorasizlikni his qilasiz. Mana nima sabab oldinga harakat qilishni xohlamayabsiz.
Sizga agar javob kerak bo'lsa, qalbingizga nazar soling. Bu shunchaki so'zmas: aslini olganda, yana qayta ucha olishingiz uchun sizga yordam bera oladigan inson bilan birlashishingiz lozim. Siz qidirayotgan umid, sizni baxtli qila oladigan, yuzingizga tabassum baxsh ettira oladigan juftingizda aslida!

Yaqinlarga ulashishni unutmang
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEuZhFe7NVQQ9uu8kQ
1.7K views09:00
Ochish/sharhlash
2022-05-16 12:00:18
#PSIXOLOGIK_TEST

Rasmga diqqat bilan qarang.

Birinchi ko'zingiz tushgan hayvon, eng katta muammoingiz haqida so'zlaydi!


Yaqinlarga ulashishni unutmang
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEuZhFe7NVQQ9uu8kQ
1.6K views09:00
Ochish/sharhlash