Get Mystery Box with random crypto!

PISHIRIQLAR 🍭🧁

Telegram kanalining logotibi pishiriqlar — PISHIRIQLAR 🍭🧁 P
Telegram kanalining logotibi pishiriqlar — PISHIRIQLAR 🍭🧁
Kanal manzili: @pishiriqlar
Toifalar: Oziq-ovqat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 42.85K
Kanalning ta’rifi

Internetdagi eng oddiy va mazali shirinliklar retsepti.
Tijoriy hamkorlik uchun: @reklama_AN_bot

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 43

2023-03-01 06:54:15
FRANSUZCHA BETAKROR PIROJNIY

Muallif | ar_cooking.uz

Kerakli masalliqlar:
Qaynatma xamir:
125 gr sut
125 gr suv
100 gr saryog‘
150 gr un
3-4 tuxum
1 ch.q tuz
1 ch.q shakar

Avval 20 daqiqa 180 gradusda, so‘ng yana 20 daqiqa 160 gradusda pishiriladi.

Kremiga:
450 gr shokolad
450 gr qaymoq 33%

Tayyorlanish jarayonlari videoda batafsil koʻrsatilgan. Yoqimli ishtaha

https://telegram.me/joinchat/TqNLAi1_UIQyZjNi
2.0K views03:54
Ochish/sharhlash
2023-02-28 10:05:13
NEGR TORTI

Muallif | habibiy199

Kerakli masalliqlar:
6ta tuxum
3stakan shakar
3stakan qatiq
3stakan un
250gr margarin yoki 1stakan oʻsimlik yog'i
100gr kakao
1osh q. soda

Kremiga:
0,5litr qaymoq
200gr quyultirilgan sut
Ozgina kakao xohishga ko'ra

Yoki saryog'li krem:
250gr sariyog' bilan bitta banka quyultirilgan sut

Tayyorlanishi:
Bu 1ta patnis negr retsepti. Man videoda yarim porsiya pishirdim ya'ni 3ta tuxumga qildim, hamma masalliqni yarmini soldim. Birinchi ishimiz tuxum bin shakarni yaxshilab mikser qilamiz. Ketidan qatiq, yog' solib yengil aralashtiramiz. So'ng quruq masalliqlar un, kakao, soda, razrixritel qo'shib lopatkada aralashtiramiz. Patnisga solamiz, 180°da 10minutda pishadi, choʻp bilan tekshiramiz. So'ng sovutib chetlarini 1sm dan kesvolamiz, ustiga maydalab sepish uchun. Kremiga qaymoq, shakar upasi va kakaoni mikser qildim. Korjlani kremlab bezatib 1-2soatga muzlatkichga qoʼyamiz.

https://telegram.me/joinchat/TqNLAi1_UIQyZjNi
2.1K views07:05
Ochish/sharhlash
2023-02-28 07:12:01
SHOKOLADLI CHIZKEYK

Muallif | afiyat_cooking

Kerakli masalliqlar:
1- qavat
300 gr qora pechenye
120 gr saryog’
1 osh q. shokolad pastasi
2 osh q. maydalangan yong’oq
2-qavat
200 gr iriska malako
100 gr to’g’ralgan yong’oq
3- qavat
1 pachka jelatin + 8 osh qoshiq muzdek suv
300 gr chizkrem
130 gr shakar upasi
400 gr qaymoq
4- qavat
100 gr qaymoq
1 plitka shokolad

Tayyorlanishi:
Pechenyeni maydalab, shokolad pastasi , eritilgan saryog’, maydalangan yong’oq qo’shib aralashtirib qolipga preslab solamiz. Iriska malako va to’g’ralgan yong’oqni aralashtirib ustidan solamiz .
Jelatin va muzdek suvni aralashtirib 10 daqiqa ustini yopib qo’yamiz .
Chizkremni shakar upasi bilan silliq qilib mikser qilib, qaymoqni solamiz va oz vaqt ko’pirtiramiz . Jelatinni eritib olib qaymoqli massaga solib tezda aralashtirib , qolioga quyib tekislab olamiz . Muzlatgichga 1-2 soatga joylaymiz . Shokolad va qaymoqni aralashtirib ustidan quyamiz.

https://telegram.me/joinchat/TqNLAi1_UIQyZjNi
1.9K views04:12
Ochish/sharhlash
2023-02-27 16:32:02
Olchali tort

Muallif | tass_cooking

Kerakli masalliqlar:

200 gr un
1 ta tuxum
1 choy qoshiq razrixlitel
75 gr margarin
2 qoshiq smetana.

Nachinkasiga:

200 gr tvorojniy sir
60 gr shakar upasi

Olchali konfityur:

200 gr olcha
50 gr shakar
10 gr kraxmal

180⁰ da 40-45 minut davomida pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaxa!

https://telegram.me/joinchat/TqNLAi1_UIQyZjNi
1.9K viewsedited  13:32
Ochish/sharhlash
2023-02-27 10:09:19
OLMALI PIROG

Muallif | xosiyat_shams

Kerakli masalliqlar:
Xamiriga:
125 gr saryogʼ
320 gr un
50 gr qand upasi
3 osh q. kraxmal
1 dona tuxum
Vanilin
Tuz
6-7 gr razrixritel
100 gr o‘simlik yog‘i

Nachinka uchun:
5-6 dona olma(qirg‘ichdan chiqarasiz poʼstini artib)
2-3 osh qoshiq shakar
50 gr saryog‘

Tayyorlanish jarayonlari videoda batafsil koʻrsatilgan. Tayyor pirogni 165 gradus qizigan pechda 35-40 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Nachinka uchun hamma masalliqlarni solib, suvi ketgunicha gazda aralashtirib djem tayyorlab olasiz va sovutib ishlatasiz.

https://telegram.me/joinchat/TqNLAi1_UIQyZjNi
2.0K views07:09
Ochish/sharhlash
2023-02-26 08:10:07
TVOROGLI PIROG

Muallif | cooking_by_shaanooz

Kerakli masalliqlar:
Xamiriga:
iliq sut 150 ml
xamirturush 1 choy qoshiq.
2 osh qoshiq Shakar
shakar 50 g
tuz 1-2 osh qoshiq.
tuxum 1 ta
sariyogʼ 40
vanilin 1-2 ch.q.

Nachinka:
tvorog 180g
Shakar 70g
smetana 80g
tuxum

Tayyorlanish jarayonlari videoda batafsil koʻrsatilgan.

https://telegram.me/joinchat/TqNLAi1_UIQyZjNi
2.1K views05:10
Ochish/sharhlash
2023-02-26 07:08:00
SABZILI KEKS

Muallif | aziza_mirmakhmudova88

Kerakli masalliqlar:
3 ta tuxum
150 gr saryogʼ
300gr shakar
2 ta qizil sabzi
vanilin
320 gr un
pachka razrixlitel

Tayyorlanishi:
Blender idishiga tuxum , shakar, oʻsimlik yogʻi, qirgʻichdan chiqarilgan qizil sabzi va soʻng elangan unga razrixlitel vanilin qoʻshib blender qilamiz. Soʻng keks qolipini saryogʼ bn yogʻlab chiqamiz va xamirni quyib chiqiladi , 150 gradus qizigan pechga 40-50 minutga qoʻyamiz. Pishgach ustini xohishga koʼra bezatamiz.

https://telegram.me/joinchat/TqNLAi1_UIQyZjNi
2.0K views04:08
Ochish/sharhlash
2023-02-26 07:08:00
SHOKOLADLI RULET

Muallif | dicookiee

Kerakli masalliqlar:
Tuxum 3 dona
Shakar 75 gr
Bir chimdim tuz
Un 50 gr
O'simlik yog'i 1 osh qoshiq
Kakao kukuni 2 osh qoshiq
Razrixritel 0,5 choy qoshiq
Murabbo (yoki rezavorlar, meva, shokolad va boshqalar)

Tayyorlanish jarayonlari videoda batafsil koʻrsatilgan. Nachinka sifatida har qanday muzqaymoqdan foydalanishingiz mumkin, silindrsimon shaklda boʻlsa yanayam yaxshi.

https://telegram.me/joinchat/TqNLAi1_UIQyZjNi
2.0K views04:08
Ochish/sharhlash
2023-02-24 06:24:52
OʻGʻIZDA ERIYDIGAN TVOROGLI PIROG

Muallif | pazandalady

Kerakli masalliqlar:
Xamiriga:
Un 200 gr
Saryog' 120 g
Tuxum sarig'i 3 dona.
Shakar 50 gr
razrixlitel 1/2 choy qoshiq

Nachinkasiga:
Tvorog 600 g
Shakar 150 g
Tuxum 1 dona
Kraxmal 1 osh qoshiq
Vanilin

Beze:
Tuxum oqi 3 dona
Shakar upasi 150 gr

Tayyorlanish jarayonlari videoda batafsil koʻrsatilgan. Pirogni 20-25 daqiqa davomida 180-190 °C da pishiramiz. Bezeni 100-110 ° S 35-45 daqiqadan bir soatgacha quriting

https://telegram.me/joinchat/TqNLAi1_UIQyZjNi
2.4K views03:24
Ochish/sharhlash
2023-02-24 06:24:52
SHOKO-KEKS

Muallif | zali_food

Kerakli masalliqlar:
Xamiriga:
140 gr sariyogʼ
6 dona tuxum
220 gr shakar
Bir chimdim tuz
250 g sut
320 gr un
7 gr razrixritel
Vanilin
50 gr kakao kukuni

Mevali konfi uchun:
300 gr malina
60 gr shakar
15 gr makkajo'xori kraxmal.

Tayyorlanishi:
Aralash idishida sariyog ', tuz, shakarni koʻpirtiring. Sutni solib, ozginadan un, razrixritel va kakao kukuni qo'shing. Silliq bo'lguncha koʻpirtiring. Xamirni qolipga quyamiz. 180 darajaga oldindan qizdirilgan pechga yuboramiz, 20 daqiqadan so'ng 160 darajaga tushiramiz va quruq tish choʻpi yoki shish paydo bo'lguncha pishiramiz.
Konfi uchun amma narsani idishga solamiz va aralashtirib, o'rtacha olovda bir necha daqiqa qaynatamiz. Olovdan olib, sovutib keks ustidan quyamiz va xohishga koʻra bezatamiz.

https://telegram.me/joinchat/TqNLAi1_UIQyZjNi
2.3K views03:24
Ochish/sharhlash