Get Mystery Box with random crypto!

Piar.uz | Yangiliklar

Telegram kanalining logotibi piar_uz — Piar.uz | Yangiliklar P
Telegram kanalining logotibi piar_uz — Piar.uz | Yangiliklar
Kanal manzili: @piar_uz
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.62K
Kanalning ta’rifi

Yangiliklar, eng shovshuvli xabarlar va qiziqarli media mahsulotlar.
Mazkur kanal AOKA ning 1611 sonli guvohnomasi bilan qonuniy ishlaydi.
• youtube.com/c/Piarlive

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2022-07-10 05:05:08
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegaralarni demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston delegatsiyalari ishchi guruhlari ikki davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy masalalarni kelishish maqsadida navbatdagi yig‘ilish o‘tkazdi.

Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston mamlakat Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

Uchrashuv 4-8 iyul kunlari Andijon shahrida “do‘stlik va o‘zaro hamjihatlik muhitida” bo‘lib o‘tdi. Natijada protokol imzolandi.

"Tomonlar qirg‘iz-o‘zbek davlat chegarasini demarkatsiya qilish jarayonini tartibga soluvchi huquqiy va texnik hujjatlar loyihalarini tayyorladi. Tadbir yakunlari bo‘yicha protokol imzolandi", — deyilgan bayonotda.

Shuningdek, matbuot xizmati navbatdagi yig‘ilish Qirg‘iziston Respublikasi hududida o‘tkazilishini ma’lum qildi.

Bizga qo'shiling
➥ https://t.me/Piar_uz
1.9K views02:05
Ochish/sharhlash
2022-07-09 17:10:43
Ziyorat turizmi: Malayziya turistik kompaniyalari vakillari O‘zbekistonga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan yurtimizda ziyorat turizmini rivojlantirish yo‘lida olib borilayotgan islohotlar natijasida bugun, Qurbon hayitining birinchi kunida ziyorat turizm salohiyatini Malayziyada keng targ‘ibot qilish maqsadida Malayziya turistik kompaniyalari vakillari diyorimizga tashrif buyurishdi.

Turizm va madaniy meros vazirligi qo‘llab-quvvatlashi ostida mahalliy hamda Malayziya turistik kompaniyalari o‘rtasida B2B uchrashuvlari o‘tkazish, turistik dasturlar taqdimoti hamda mamlakatimizda tashkil etilgan yangi turistik marshrutlar bo‘ylab infotur tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Bizga qo'shiling
➥ https://t.me/Piar_uz
2.3K views14:10
Ochish/sharhlash
2022-07-09 15:05:44
Vladimir Putin musulmonlarni Qurbon hayiti bilan tabrikladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin jamiyatda millatlararo tinchlik va totuvlikni saqlashda musulmonlar jamiyati faoliyati g‘oyat muhim ekanini ta’kidladi.

“Rossiya musulmon jamoatchiligi mamlakat hayotida faol ishtirok etayotgani, keng ko‘lamli xayriya, ma’rifiy tashabbuslarni amalga oshirish, yosh avlodni ajdodlar an’ana va urf-odatlariga hurmat bilan tarbiyalashga tinimsiz e’tibor qaratayotgani quvonarlidir”, — deyilgan tabrikda.

Prezident musulmonlarga sihat-salomatlik, muvaffaqiyat, baxt va farovonlik tiladi.

Bizga qo'shiling
➥ https://t.me/Piar_uz
2.3K views12:05
Ochish/sharhlash
2022-07-09 13:06:02
"Paxtakor" yarim himoyachisi Moskva klubi bilan shartnoma imzoladi

21 yoshli Hojimat Erkinov “Torpedo”ga “Paxtakor” klubidan o‘tdi.

Shartnoma uch yilga imzolandi. Transfer summasi oshkor qilinmadi.

Erkinov “Paxtakor” safida 60ta o‘yin o‘tkazib, 10ta gol urdi va 7ta golli uzatmani amalga oshirdi.

U O‘zbekiston terma jamoasi safida ham 11 ta o‘yin o‘tkazdi.

Bizga qo'shiling
➥ https://t.me/Piar_uz
2.3K views10:06
Ochish/sharhlash
2022-07-09 11:13:01
Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari Qirg‘izistonda yig‘iladi

Qo‘shni davlat rahbarlarining oxirgi besh yil ichidagi to‘rtinchi maslahat uchrashuvi 21 iyul kuni Issiqko‘l bo‘yida, Cho‘lponota shahrida bo‘lib o‘tadi.

Qirg‘iz Respublikasi rahbari Sadir Japarov va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bo‘lajak yig‘ilishga tayyorgarlik masalasi va kun tartibini allaqachon muhokama qilgan.

Qayd etilishicha, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining hammasi tadbirda ishtirok etish taklifini qabul qilgan.

Darvoqe, rasman Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvi, deb nomlangan mazkur sammit mintaqadagi Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston Prezidentlarining har yili o‘tkaziladigan uchrashuvi hisoblanadi.

Ta’kidlash joiz, Shavkat Mirziyoyev 2017 yil sentyabr oyida Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida maslahat uchrashuvlari o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqan.

Bizga qo'shiling
➥ https://t.me/Piar_uz
2.3K views08:13
Ochish/sharhlash
2022-07-09 09:06:01
Giyohvandlik moddalari musodara qilindi

Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi va viloyat Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda Karmana tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda tumandagi “Anhor” choyxonasida oldindan kuzatuvga olingan fuqaro S.I. xolislar ishtirokida o‘z ixtiyori bilan bir dona oq rangli qog‘ozga o‘ralgan, yashil rangli, o‘tkir hidli, o‘rami bilan birga og‘irligi 7 gramm bo‘lgan “marixuanna” giyohvandlik moddasiga o‘xshash moddani topshirgan.

Shundan so‘ng fuqaro S.I.ning doimiy yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda tomorqasida kesilgan daraxt shoxlari ostiga ekilgan 21-42 sm uzunlikdagi 5 tup yashil rangli, o‘tkir hidli “kannabis” giyohvandlik o‘simligiga o‘xshash o‘simliklar borligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bizga qo'shiling
➥ https://t.me/Piar_uz
2.3K views06:06
Ochish/sharhlash
2022-07-09 07:07:01
Bu yilgi haj 1 mln ziyoratchi bilan cheklandi

Saudiya davlati barcha imkoniyatlarini haj tizimini saqlashga yo‘naltirdi.

Makkada Buyuk hajning katta 46-simpoziumi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar berdi.

“Pandemiyadan keyingi haj: marosimlar va g‘amxo‘rlik" nomli tadbirda Qirollikdan va musulmon olamidan ma’ruzachilar, olimlar, huquqshunoslar va ulamolar ishtirok etishdi.

Bu yilgi Buyuk haj simpoziumi ikki kun davomida sessiyalar, munozaralar va ma’ruzalarni o‘z ichiga oldi.

Qayd etilishicha, bu yilgi haj Sog‘liqni saqlash vazirligining tavsiyasiga binoan 1 million ziyoratchi bilan cheklangan.

Ikki muqaddas masjid ishlari boshqarmasi raisi shayx doktor Abdul Rahmon Al-Sudais Saudiya davlati barcha imkoniyatlarini haj tizimini saqlashga yo‘naltirganini aytib o‘tdi.

Bizga qo'shiling
➥ https://t.me/Piar_uz
2.3K views04:07
Ochish/sharhlash
2022-07-09 05:09:54
Assalomu alaykum qadrdonlarim!

Iymoning nuridan qalbingiz to‘lsin,
Ko‘ngil shodligidan ko‘zingiz to‘lsin.
Shunday qutlug‘ kunda ey birodarim,
Qurbon hayitingiz muborak bo‘lsin.


Oila a‘zolaringiz va yaqinlaringiz baxtiga doimo sog‘ bo‘ling!

Alloh ezgu amallaringizni dargohida qabul aylasin.

Bizga qo'shiling
➥ https://t.me/Piar_uz
2.6K viewsedited  02:09
Ochish/sharhlash
2022-07-08 19:26:32
Namanganda dori vositalarini noqonuniy muomalaga chiqarilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyat boshqarmasi, Bojxona, DXX, IIB hamda Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda o'tkazilgan tezkor tadbirda, Namangan shahar, “Mingterak” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro M.YA. xonadonida 161 turdagi tegishli hujjatlari bo'lmagan jami 178 196 dona umumiy bahosi 352,7 mln so'mlik dori vositalarini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.

Bizga qo'shiling
➥ https://t.me/Piar_uz
3.1K views16:26
Ochish/sharhlash
2022-07-08 17:25:51
O‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar MDH tanlovida g‘olib bo‘lishdi

O‘zbekistonning ikkita korxonasi: Samarqanddagi "AGROMIR" MCHJ va Qo‘qondagi "Indorama Kokand Textile" AJga MDH-2022 sifatli mahsulot va xizmatlar tanlovda mukofotga sazovor bo‘lishdi.

Xabarda aytilishiga koʻra, O‘zbekiston korxonalari tanlovda ilk bor ishtirok etib, darhol birinchi o‘rinni egallashgan.

G‘oliblar 13 iyul kuni Toshkent shahrida taqdirlanadi. Tanlovda Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekistondan 18 ta korxona ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun, mazkur tanlov 2005 yildan beri har ikki yilda bir marta o‘tkazib kelinmoqda. Uning maqsadi yuqori sifatli mahsulot va xizmatlar eksportini rag‘batlantirish, MDHga a’zo davlatlar tashkilotlarida innovatsion texnologiyalar va samarali boshqaruv usullarini joriy etishdan iborat. O‘zbekiston tanlovda 2018 yildan buyon ishtirok etib kelmoqda.

Bizga qo'shiling
➥ https://t.me/Piar_uz
1.9K views14:25
Ochish/sharhlash