Get Mystery Box with random crypto!

Piar.uz | Yangiliklar

Telegram kanalining logotibi piar_uz — Piar.uz | Yangiliklar P
Telegram kanalining logotibi piar_uz — Piar.uz | Yangiliklar
Kanal manzili: @piar_uz
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.62K
Kanalning ta’rifi

Yangiliklar, eng shovshuvli xabarlar va qiziqarli media mahsulotlar.
Mazkur kanal AOKA ning 1611 sonli guvohnomasi bilan qonuniy ishlaydi.
• youtube.com/c/Piarlive

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-08-31 15:33:01
Andijon shahrida giyohvandlik vositasini sotayotgan ikki nafar erkak qo‘lga olindi

Andijon viloyati IIB JQB hamda Andijon shahar IIO FMB xodimlari bilan hamkorlikda Andijon shahar hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida Andijon shahrida yashovchi 1979 yilda tug‘ilgan erkak fuqaro B.K hamda uning sherigi Andijon shahrida yashovchi 1972 yilda tug‘ilgan erkak fuqaro T.Alar birgalikda xolis xaridorga jami 1,41 gramm «gashish» giyohvandlik moddasini 200 000 ming so‘mga sotayotganida ushlandi.

Shuningdek, fuqaro T.Aning yonida 7,3 gramm «gashish» giyohvand moddasi hamda giyohvand moddalarni vaznini o‘lchashda foydalangan elektron tarozi borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIO FMB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Bizga qo'shiling
https://t.me/Piar_uz
178 views12:33
Ochish/sharhlash
2022-08-31 13:25:39
Putin Japarovni Qirg‘iziston Mustaqillik kuni bilan tabrikladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin qirg‘izistonlik hamkasbi Sadir Japarovni Mustaqillik kuni bilan tabriklab, davlatlararo munosabatlar strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhida rivojlanayotganini qayd etdi.

“Umid qilamanki, biz birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan do‘st xalqlarimiz farovonligi, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash manfaatlari yo‘lida o‘zaro manfaatli Rossiya-Qirg‘iziston munosabatlarining barcha ko‘lamini yanada rivojlantirishni ta’minlaymiz”, — deyiladi Rossiya rahbari maktubida.

Qirg‘iziston Mustaqillik kuni munosabati bilan tabriklarni Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin, Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Oliy sud raisi Vyacheslav Lebedev ham yo‘lladi.

Bizga qo'shiling
https://t.me/Piar_uz
198 views10:25
Ochish/sharhlash
2022-08-31 11:31:35
Tarixiy hujjat: bundan roppa-rosa 31 yil oldin, 31-avgust kuni O‘zbekistonning mustaqilligi e’lon qilingan!

Mustaqilligimizga koʻz tegmasin!

Bizga qo'shiling
https://t.me/Piar_uz
291 views08:31
Ochish/sharhlash
2022-08-31 09:36:01
O‘zbekiston Sibirga 200 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yuboradi

O‘zbekistonning rasmiy statistikasiga ko‘ra, Rossiya bozori O‘zbekistondan meva-sabzavot yetkazib berish bo‘yicha an’anaviy ravishda birinchi o‘rinda turadi.
O‘zbekistonning besh viloyati Sibir federal okrugi hududlari chakana savdo tarmoqlariga qariyb 200 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini jo‘natadi.

Maʼlumotlarga koʻra, Xorazm, Surxondaryo, Toshkent, Farg‘ona viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hokim o‘rinbosarlari, tadbirkorlar va ishbilarmon doira vakillaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi Oltoy, Krasnoyarsk o‘lkasi, Novosibirsk, Tomsk viloyatlarining yirik gipermarketlar tarmog‘i va ulgurji savdo markazlari rahbarlari bilan uchrashdi.
“Muzokaralar doirasida hududlar vakillari Sibir federal okrugi hududiga qariyb 200 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha kelishuvlarni imzoladi”, deb habar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Bizga qo'shiling
https://t.me/Piar_uz
203 views06:36
Ochish/sharhlash
2022-08-31 07:38:01
O‘zbekistonga koreys estrada artistlari keladi

O‘zbekistonda ilk bor MOKKOJI KOREA Butunjahon koreys madaniyati festivali bo‘lib o‘tadi.
Sentyabr oyida O‘zbekistonda MOKKOJI KOREA Butunjahon koreys madaniyati festivali bo‘lib o‘tadi.

Tadbir O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligiga bag‘ishlangan.
Festival 24-25 sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Tadbir Koreya Respublikasi Madaniyat, sport va turizm vazirligi hamda Koreya xalqaro madaniy almashinuv fondi hamkorligida tashkil etiladi.

"Bu yil O‘zbekiston va Malayziya tanlandi. Dunyoning qolgan mamlakatlari festivalni onlayn kuzatib boradi. Mashhur K-pop san’atkorlarining konsertiga chiptalarni xarid qilib bo‘lmaydi – faqat yutib olish mumkin”, - deydi tashkilotchilar.

Konsertda qo‘shiqchi, reper, aktyor va EXO guruhi raqqosasi Kay, qo‘shiqchi Ailee, boyzbend F. able ishtirok etadi.

Bizga qo'shiling
https://t.me/Piar_uz
210 views04:38
Ochish/sharhlash
2022-08-31 05:42:34
Rossiyalik ishlab chiqaruvchi qirg‘izistonlik bolalarga faol protezlar sovg‘a qildi

“Motorika” kompaniyasi va Respublika Mehnat vazirligi hamkorligida mamlakatimiz ortopediya korxonalari uchun seminar o‘tkazildi.

Ikki o‘g‘il bolaga o‘qishda, sportda va kundalik hayotda yordam beradigan birinchi faol tortuvchi protezlar berildi.

Bugungi kunda Qirg‘izistonning 311 nafar fuqarosi protezga muhtoj, ulardan 26 nafari bolalar.

Hukumat joriy yil oxirigacha ularning barchasini sun’iy a’zolar bilan ta’minlashga qaror qildi.

Bizga qo'shiling
https://t.me/Piar_uz
214 views02:42
Ochish/sharhlash
2022-08-30 20:05:55
Toshkentda sudya yordamchisi fuqaroning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Toshkent shahar ma’muriy sudining sudya katta yordamchisi D. YA. 2022 yil 30 avgust 01.30 larda o‘ziga tegishli bo‘lgan NEXIA 3 rusumli transport vositasini Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi bo‘ylab boshqarib borayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. Ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida piyoda vafot etgan.

Ayni paytda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilayotganligi ma’lum qilinadi.

Bizga qo'shiling
https://t.me/Piar_uz
242 views17:05
Ochish/sharhlash
2022-08-30 17:28:34
O‘zbekiston Vladivostok shahrida kibersport bo‘yicha xalqaro turnirda ishtirok etadi

Bu haqda Primorsk o‘lkasi hukumati matbuot xizmati xabar berdi.

Counter-Strike: Global Offensive (CS:GO) bo‘yicha musobaqa Sharqiy iqtisodiy forum (VEF) sport dasturi doirasida bo‘lib o‘tadi. Turnirning sovrin jamg‘armasi $10 mingni tashkil qiladi.

Unda O‘zbekiston vakillaridan tashqari Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, shuningdek, Rossiyaning bir qancha viloyatlari jamoalari ishtirok etadi.

Forum 5-8 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi, uning asosiy mavzusi — “Ko‘p qutbli dunyo sari”.

Bizga qo'shiling
https://t.me/Piar_uz
266 views14:28
Ochish/sharhlash
2022-08-30 15:28:01
Nasiba Abdullayeva – Ozarbayjon xalq artisti: Ilhom Aliyev o‘zbekistonliklarni mukofotladi

Ozarbayjonning bosh axborot agentligi – “AzerTAJ” yozishicha, bugun mamlakat Prezidenti Ilhom Aliyev bir qator hamyurtlarimizni "Dostlug" ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi hujjatga imzo chekdi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi madaniy rishtalarni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shgani munosabati bilan taqdirlanganlar orasida mamlakatimizning ko‘zga ko‘ringan madaniyat namoyandalari Hoshimjon Ismoilov (O‘zbekiston xalq artisti, mashhur sozanda Abduhoshim Ismoilov), Nasirli Ali Geydar oglu hamda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Kamoliddin O‘rinboyev qayd etilgan.

Shuningdek, “Trend” nashri O‘zbekiston xalq artisti, ozar tilida o‘nlab qo‘shiqlarni mahorat bilan ijro etgan Nasiba Abdullayeva Ozarbayjon xalq artisti yuksak unvoniga loyiq ko‘rilgani haqida xabar berdi.

Bizga qo'shiling
https://t.me/Piar_uz
288 views12:28
Ochish/sharhlash
2022-08-30 13:32:56
O‘zbekiston 7 oyda mosh eksportidan $43,7 mln daromad qildi

Davlat statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2022 yil yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston 21 ta davlatga 57,2 ming tonna mosh eksport qildi.

Bu 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 19,5 ming tonnaga ko‘p.

O‘zbekiston ushbu davrda eng ko‘p mosh eksport qilgan davlat Xitoy (47,1 ming tonna) bo‘lib turibdi. Xorijga eng ko‘p mosh eksport qilgan hududlar orasida 14,8 ming tonnalik ko‘rsatkich bilan Toshkent viloyati yetakchi bo‘ldi.

Bizga qo'shiling
https://t.me/Piar_uz
257 views10:32
Ochish/sharhlash