Get Mystery Box with random crypto!

Piar.uz | Yangiliklar

Telegram kanalining logotibi piar_uz — Piar.uz | Yangiliklar P
Telegram kanalining logotibi piar_uz — Piar.uz | Yangiliklar
Kanal manzili: @piar_uz
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.62K
Kanalning ta’rifi

Yangiliklar, eng shovshuvli xabarlar va qiziqarli media mahsulotlar.
Mazkur kanal AOKA ning 1611 sonli guvohnomasi bilan qonuniy ishlaydi.
• youtube.com/c/Piarlive

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2022-08-30 11:28:01
Yunusobod tumanida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.D. boshqa bir fuqaro A. ga 40 dona “Tropikamid” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositacini 5,6 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bizga qo'shiling
https://t.me/Piar_uz
291 views08:28
Ochish/sharhlash
2022-08-30 09:53:17
30 avgust - Turkiyada G‘alaba bayrami nishonlanmoqda

Uzoq yillardan beri Turkiyada 30 avgust “G‘alaba kuni” sifatida nishonlanib kelmoqda. Bu 1922 yilda Otaturk qo‘mondonligidagi Dumlupinar viloyatida g‘alaba bilan yakunlangan “Buyuk Hujum”ni xotirlash uchun nishonlanadigan rasmiy va milliy bayramdir.

1922 yil sentyabrda Izmirning ozod etilishi bilan turk yerlari yunon istilosidan barham topdi. Garchi ishg‘olchi qo‘shinlar mamlakat chegaralarini kechroq tark etgan bo‘lsa-da, 30 avgust ramziy ma’noda mamlakat hududi qaytarib olingan kun etib belgilandi. 1924 yilda Afyonda birinchi marta Bosh Qo‘mondonning G‘alabasi sifatida nishonlangan 30 avgust 1926 yildan beri Turkiyada “G‘alaba kuni” sifatida nishonlanadi.

Bizga qo'shiling
https://t.me/Piar_uz
324 views06:53
Ochish/sharhlash
2022-08-30 07:32:01
Prezident uch nafar Rossiya fuqarosini "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotladi

O‘zbekiston davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yilligi munosabati bilan bir guruh Rossiya fuqarolari "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlandi. Bu haqida 29 avgust kuni prezident tomonidan imzolangan farmonda nazarda tutilgan.
Hujjatga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yilligi munosabati bilan bir guruh chet el fuqarolarini mukofotlandi. Ular orasida Rossiya Federatsiyasi fuqarolari ham bor.

Mukofotga sazovor ko‘rilganlarning davlatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish, sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish, siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ta’lim, ilm-fan va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni kengaytirishga qo‘shayotgan katta hissasi inobatga olingan.

Bizga qo'shiling
https://t.me/Piar_uz
316 views04:32
Ochish/sharhlash
2022-08-30 05:41:12
Tojikiston statistika agentligi O‘zbekiston tajribasini o‘rganmoqda

Tojikiston statistika agentligi delegatsiyasi Parkent tumanida qishloq xo‘jaligi sohasida sinov tariqasida o‘tkazilayotgan ro‘yxatga olish jarayonlari bilan tanishdi.

Bu haqda O‘zbekiston davlat statistika qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Usmon Abdurasulov ma’lum qildi.
9 nafar vakildan iborat qo‘shni mamlakat delegatsiyasi bir hafta mobaynida O‘zbekistonda bo‘lishdi. Tashrif chog‘ida ular Toshkent viloyati Parkent tumanida qishloq xo‘jaligi sohasi bilan tanishdi.

“Bu tashrifning asosiy maqsadi uy xo‘jaliklarida o‘tkaziladigan aholi daromadlari tanlanma kuzatuvlari bo‘yicha O‘zbekiston tajribasini o‘rganishdan iborat. Shuningdek, ish jarayonida qo‘llanilayotgan texnika va texnologiyalar, jumladan, aholini ro‘yxatga olishda planshetlar qo‘llanilayotgani biz uchun yangi tajriba bo‘ldi”, - dedi Tojikiston statistika agentligi bo‘lim boshlig‘i Voris Murodov.

Bizga qo'shiling
https://t.me/Piar_uz
323 views02:41
Ochish/sharhlash
2022-08-29 20:00:57
Fuqaroni Polshaga ishga jo‘natishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Namangan viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.X. boshqa bir fuqaro Z. ni tanishlari yordamida 4200 AQSh dollari evaziga Polsha davlatiga ishga jo‘natishga kelishib, shundan 300 AQSh dollari va 2,2 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bizga qo'shiling
https://t.me/Piar_uz
346 views17:00
Ochish/sharhlash
2022-08-29 17:55:23
“VKontakte” profilning yangi dizaynini e’lon qildi

U foydalanuvchiga moslashadi, yangi va tegishli kontent avtomatik ravishda eng ko‘zga ko‘ringan joyda bo‘ladi, boshqa formatlarni esa yorliqlarda ko‘rish mumkin.

“Agar rassom o‘z ishini tez-tez joylashtirsa, u holda vizual kontent birinchi o‘ringa chiqadi: obunachilar uning rasmlarini, musiqiy guruh yetakchisining profilida esa yangi treklarni ko‘rishadi”, – deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, profil egasi obunachilar uchun qo‘shimcha xizmatlarga ega mini-ilovalarni qo‘shishi mumkin bo‘ladi – masalan, illyustrator o‘z profilidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri futbolkalarga tezkor buyurtma olish xizmatiga ega bo‘lishi mumkin.

Hozir yangi funksiyalar sinovdan o‘tkazilmoqda, bir necha haftada barcha yuzerlar ushbu yangiliklardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Bizga qo'shiling
https://t.me/Piar_uz
310 views14:55
Ochish/sharhlash
2022-08-29 15:20:43
Estoniya sanksiyalar doirasida yana ham ko‘proq rus banklarini SWIFT tizimidan o‘chirishni taklif qilmoqda

Estoniya Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga sakkizinchi sanksiyalar paketini kiritish orqali Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishni taklif qilmoqda, jumladan, Rossiya banklarining SWIFT xalqaro moliyaviy xabar almashish tizimidan uzilishi.

Bu haqda tashqi ishlar vaziri Urmas Reinsalu Die Welt nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Biz bu borada Yevrokomissiyaga aniq takliflar kiritganmiz. Ular energetika, savdo, SWIFT tizimidagi keyingi cheklovlar va sanksiyalar ro‘yxatiga yanada ko‘proq odamlar va tashkilotlarning kiritilishiga ta’sir qiladi", - deya vazirning so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.

Uning fikricha, Rossiyaga qarshi joriy sanksiyalar yetarli emas.

Reinsalu sakkizinchi sanksiyalar paketi imkon qadar tezroq joriy etilishiga umid bildirdi.

Bizga qo'shiling
https://t.me/Piar_uz
278 views12:20
Ochish/sharhlash
2022-08-29 13:33:01
Sirdaryoda oyog‘i metall panjara orasida qisilib qolgan 11 yoshli bola qutqarildi

Sirdaryo viloyati Guliston shahrida oyog‘i panjara orasiga tushib ketgan bolaga yordam ko‘rsatildi, deb xabar beradi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, 29 avgust kuni soat 07:22 da Sirdaryo viloyat FVBga Guliston shahar «Bo‘ston» MFY hududidagi ariq ustiga o‘rnatilgan metall panjara orasiga 11 yoshli bolaning bir oyog‘i qisilib qolgani to‘g‘risida murojaat kelib tushgan.

Zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan qutqaruvchilar maxsus uskunalar yordamida bolaning oyog‘ini panjara orasidan jarohatlarsiz chiqarib olib, amaliy yordam ko‘rsatgan va ota-onasiga sog‘-omon topshirgan.

"Favqulodda vaziyatlar vazirligi barcha ota-onalardan farzandlarini nazoratsiz qoldirmaslikni so‘rab qoladi", — deyiladi xabarda.

Bizga qo'shiling
https://t.me/Piar_uz
270 views10:33
Ochish/sharhlash
2022-07-10 08:37:18
Voronej migratsiya markazining O‘zbekiston fuqarosiga qo‘pollik qilgan xodimi ishdan bo‘shatildi

Voronej shahridagi migratsiya markazida o‘zbekistonlik mehnat migranti bilan yuz bergan hodisa yuzasidan tegishli organlarga murojaat qilingani haqida ma’lumot berilgan edi.

Ushbu murojaat asosida Voronej shahri IIB tomonidan Migratsiya markazi xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlanib, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakili ishtirokida surishtiruv ishlari olib borildi.

Ma’lum qilinishicha, Migratsiya markazida yollanma ishchi sifatida faoliyat yuritib kelgan xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Bizga qo'shiling
➥ https://t.me/Piar_uz
572 views05:37
Ochish/sharhlash
2022-07-10 07:23:02
Rossiyaparast xakerlar AQSh Kongressi veb-saytini buzib kirishdi

Rossiyaparast xakerlar AQSh Kongressi veb-saytini buzib kirishdi, deb xabar beradi CNN, shu sababli 7-iyul, payshanba kuni kechki payt saytga kirish bir muncha vaqt imkonsiz bo‘lgan.

Saytga kirishga urinayotganda, prezident Jo Baydenning yuzida hayratlanarli ifoda bilan suratga qo‘yilgan xato xabari paydo bo‘ldi.

Killnet deb nomlanuvchi rusiyzabon xakerlar guruhi buzg‘unchilik uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi, deyiladi o‘z veb-saytidagi postda.

Bizga qo'shiling
➥ https://t.me/Piar_uz
1.0K views04:23
Ochish/sharhlash