Get Mystery Box with random crypto!

Abu Bakr Fozilov

Telegram kanalining logotibi phaziloff — Abu Bakr Fozilov A
Telegram kanalining logotibi phaziloff — Abu Bakr Fozilov
Kanal manzili: @phaziloff
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 377
Kanalning ta’rifi

Shaxsiy blog! O’zimdagi sodda va sayoz fikrlar bilan o’rtoqlashadigan kanalim. Sarkazm ishqibozlari uchun yaxshi maskan)
Mualliflik huquqi yuqori hurmatda!

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-02-20 21:44:21 Juma kuni konsert

Bilet olib qo’yinglar har ehtimolga qarshi)

https://iticket.uz/events/concerts/xay-mayli-stand-up333/25024

Yuqoridagi link orqali bemalol xarid qilishingiz mumkin.

@phaziloff
392 viewsedited  18:44
Ochish/sharhlash
2023-02-19 11:58:33
=

@phaziloff
468 views08:58
Ochish/sharhlash
2023-02-18 21:42:07 “Hammasi rasvo”
“Kakku uyasi uzra parvoz”
“Telba”
“Qiyomat”
“Qo‘rqinchli Tehron”
“Omma psixologiyasi”
“Mastering Stand-up”
“Odamlar o‘ynaydigan o‘yinlar”
“Buyuk Getsbi”
“Zukkolar va landavurlar”
“Shamol ortidan yugurib”
“Evrilish”
“Azizim”
“Musavvirning yoshlikdagi shamoyili”
“Martin Iden”

Yuqoridagi ro‘yxat yarmigacha o‘qiganlarim yoki shunchaki boshlab qo‘yganlarim. Qaysidirlarini boshlaganimga bir yildan oshyapti (facepalm). Bittalab tugatib chiqish kerak endi ularni.

O‘zi o‘qimasayam, maqtanish uchun profiliga kitoblarning rasmini qo‘yadiganlarga o‘xshab qolibman. Yagona farqim — kitoblarni rasmga olishgayam erinaman)

Tepadagi ro‘yxatni esa asta-sekin qisqartirib, “done”larni belgilab boraman. Shu atrofda bo‘p turinglar)

@phaziloff
347 views18:42
Ochish/sharhlash
2023-02-17 21:34:58 Kimgadir ma’lum, kimga noma’lum, fevral oyida o’zim uchun chellenj e’lon qilgandim. Uning shartiga ko’ra, kanalga har kuni kamida bittadan post qo’yib borishim kerak. 17 kundan beri shunday qilib kelyapman. Ba’zida yozish oson, ba’zida juda qiyin va umuman noqulay. Lekin shunga qaramasdan, muntazamlikni saqlab qola bilish kishidagi quvonch gormonlarini silkitib yuborarkan. O’zimdan ancha xursandman shunga. Har holda oxirgi marta qachon bunaqa muntazamlik ko’rsatganimni eslolmayman

Albatta, foydali jihatlari ko’p bo’lyapti. O’z shaxsiyatim uchun yetarlicha o’sish bo’ldi. Undan tashqari, kanaldan deyarli hech kim chiqib ketmayapti. Aksincha, instagramim va tanish guruhlar orqali obunachilar soni ortib qoldi. Kutilgan natijalar o’z ijobatini topyapti.

Lekin…

Sonlarning ortishi, yangi obunachilar bilan birgalikda eski tanishlarning ham ushbu kanalda ko’rinish berishi ko’nglimni ko’tarish bilan bir qatorda o’ylashga ham undayapti. Ya’ni, endilikda “duch kelgan narsani yozish mumkin emas”, “har baloni yozib, odamlarni vaqtini olish yaramaydi”, “foydali yoki qiziqarli bo’lmasang, jim turgan yaxshiroq” kabi ichki sensuralarimning qaytadan uyg’onib borayotganini sezyapman. Auditoriya ortgan sari “yanada yaxshiroq”, “yanada muhimroq”, “yanada foydaliroq”, “yanada kulguliroq”, “yanada qiziqarliroq” yozish shartligi ichimni tirnayapti.

Aynan shu “yanada” va “endi mumkin emas”lar ichki senzuramning yillar davomida menga jiddiy qarshilik bildirib kelganini anglamoqdaman. Bu yaxshi. Bunga qarshi qanday kurashish mumkin? O’zi umuman kurashish shartmi? Hammasi o’z holicha qolaversa bo’lmaydimi? Yoki o’zlikni yo’qotib qo’yamanmi? Balki o’zligimni yo’qotib bo’lgandirman?

Savollar ko’p va bu ancha qiziqarli tuyulyapti o’zim uchun)

@phaziloff
324 viewsedited  18:34
Ochish/sharhlash
2023-02-16 19:21:47 #edited_quotes

Dunyo sening tuyg’ularingga tupurgan. Unga sening natijalaring muhim.

Bizning universitet ikkovigayam tupurgan. Unga sening davomating muhim.

@phaziloff
765 views16:21
Ochish/sharhlash
2023-02-15 21:30:50 #dilemma

Qanaqa hokimiyat, shunaqa jamiyatmi?
Yoki qanaqa jamiyat, shunaqa hokimiyatmi?

Muammolarning asosi qaysi qatlamda ekan? O’ylab, o’yimga yetolmayapman anchadan beri…

@phaziloff
409 views18:30
Ochish/sharhlash
2023-02-14 22:02:27 Taqriz yozishni o‘rganish kerak)

Kitob o‘qish maroqli va foydali mashg‘ulot. Agarda kitobdan olgan xulosalaringni ham lo‘nda, ham atroflicha bayon qila olsang, yanada ajoyib. Menda esa ayni shu masalada muammo bor. Kitob o‘qiyman, undan nima olganimni esa odamga o‘xshab tushuntirib berolmayman. “Zo‘r yozilgan” yoki “uncha yoqmadi” deyishdan nariga o‘tishim qiyin. Bugun yozishga harakat qilib ko‘rmoqchiman. Har holda bungayam urinib ko‘rmasam bo‘lmas)

Chingiz Aytmatovni shu paytgacha umuman o‘qimagandim (bilaman, uyatliman). Bugun adibning o‘sha mashhur “Sarvqomat dilbarim”ini o‘qib chiqdim. Aytmatov - daho! Oddiy haydovchining tilidan eshitganlarini san’at darajasiga olib chiqish uchun qayerda tug‘ilish kerak? Bilmadim-u, ammo Aytmatov o‘sha yerdan. Kitobda o‘qib tushunganlarimdan biri — har birimizning ichimizda Ilyos yashaydi, menimcha. Shoshqaloq, o‘z bilganidan qolmaydigan, sezilmaydigan darajada shuhratparast, yakunda esa afsuslanishga sabab bo‘ladigan qarorlar ijrochisi. Bu jihatlar qaysidir holatlarda inson uchun foydali bo‘lishini ham unutmaslik zarurligini adib o‘quvchiga bildirmoqchidek bo‘ladi. Bor-budidan ayrilgan qahramonlarning yakunda baribir o‘z hayot yo‘lini topib olishi ham kishini o‘ylashga undaydi. Bilmadim, balkim kitobdan “ko‘p narsa ovorgandek” tuyulyotgandirman. Lekin Aytmatovni sevimli yozuvchilarim ro‘yxatiga kiritishga qaror qildim.

P.S: Bu safar ham taqrizni tuzuk yozolmagandekman. Nima bo‘lganda ham kitob o‘qishda davom etish kerak) Kitobni tavsiya qilgan akamizga ham rahmat. Yana shu kabi tavsiyalar bo‘lsa, inobatga olib qo‘yaman)

@phaziloff
428 viewsedited  19:02
Ochish/sharhlash
2023-02-13 21:48:30 Tuzuk yozolmayman. Kanal uchun aytarli nimamdir bo’lmasa ham 2 haftadan beri o’zimni majburlab, muntazam bir nimalarni yozib kelyapman. Boshqa jabhalarda ham shunaqa ma’suliyatni his qilganimda, balkim ko’proq narsaga erisharmidim…

@phaziloff
371 views18:48
Ochish/sharhlash
2023-02-12 21:55:21
“Ishga joylashganlik haqidagi spravka”lar mavsumi boshlanar ekan-da…

@phaziloff
392 views18:55
Ochish/sharhlash
2023-02-11 21:22:26 Eng alam qiladigani - Ozodlik chiqargan videoni ko’rib bo’lib, yana shu mamlakatda yashashni davom ettirayotganimiz

@phaziloff
350 views18:22
Ochish/sharhlash