Get Mystery Box with random crypto!

Ertaga (20-iyul) OTMlarga ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni. | Ўқитувчилар

Ertaga (20-iyul) OTMlarga ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni.

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni — 882 913 nafar. (2023-yil 19-iyul 20:00 holatiga)

Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

O‘zbek tili — 770 160 nafar;
Rus tili — 84 993 nafar;
Qoraqalpoq tili — 25 637 nafar;
Boshqa tillar — 2 123 nafar.

Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

Kunduzgi ta’lim shakli — 530 195 nafar;
Kechki ta’lim shakli — 21 861 nafar;
Sirtqi ta’lim shakli — 324 213 nafar;
Masofaviy ta’lim shakli — 6 644 nafar.

Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

O‘zbekiston milliy universiteti — 32 630 nafar;
Farg‘ona davlat universiteti — 26 250 nafar;
Toshkent davlat transport universiteti — 26 136 nafar;
Toshkent davlat pedagogika universiteti — 25 473 nafar;
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 24 936 nafar.

Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha birinchi 5 talik:

Qashqadaryo viloyati — 103 972 nafar;
Samarqand viloyati — 99 210 nafar;
Farg‘ona viloyati — 83 409 nafar;
Toshkent viloyati — 76 884 nafar;
Surxondaryo viloyati — 72 883 nafar.

@pedagoglarmiz