Get Mystery Box with random crypto!

DO'STLIK UYI O‘zliging anglaysan do‘sting bo‘lsa gar, O‘zgaga | Ўқитувчилар

DO'STLIK UYI

O‘zliging anglaysan do‘sting bo‘lsa gar,
O‘zgaga egilib qolmaydi boshing.
O‘zbekning yuragi keng osmon qadar,
Bag‘ringga talpinar turkiy qardoshing.

Xur, ozod Vatanim – O‘zbekistonim,
Dunyoning me’mori, beshigi bo‘lgan.
Oqil Sarbon ila yurtim – bo‘stonim,
Xurlik, tinchlik, do‘stlik eshigi bo‘lgan.

Do‘stlarga quchog‘in ochar diyorim,
Shu zamin ostidan unar kelajak.
Erkin va farovon yashash shiorim,
Chin do'stlik hayotga bo'ladi bezak.

Yulduzlarga to'la bo'lsin osmoni,
O'chmasin turkiylar o‘rni va nomi.
Birdamlik yuksalish, yashash imkoni,
Bo'lsin oqibati - do‘stlik in'omi.

Maqsadimiz oliy – xalqlar do‘stligi,
Bor bo‘lsin do‘stlikda boqiy sadoqat.
Bor bo‘lsin abadiy zamin tinchligi,
Obodlik, omonlik bor bo‘lsin faqat.

Qo‘qonim turkiylar do‘stligi uyi:
Turkiy, qozoq, qirg‘iz, turkman, ozarga.
Doim yangrab tursin do‘stlikning kuyi,
O'zbek, qoraqalpoq yozgan asarga.

Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi