Get Mystery Box with random crypto!

الجنة 𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

Telegram kanalining logotibi paradise_pg — الجنة 𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒 ا
Telegram kanalining logotibi paradise_pg — الجنة 𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒
Kanal manzili: @paradise_pg
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 8.35K
Kanalning ta’rifi

"Va U seni hayron holda topib, hidoyatga boshlamadimi?"
Zuho surasi, 7-oyat.

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 40

2022-10-03 21:34:25 وَإِذَا مَرِضْتُ فَهُوَ يَشْفِينِ

“Bemor bo'lganimda menga shifo beradigan ham Uning O'zi”.

(Shuaro surasi, 80-oyat)
862 views18:34
Ochish/sharhlash
2022-10-03 20:39:44
Abu Hurayra rodiyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

“Nabiy solallohu alayhi vasallam: “Musulmonga biror horg’inlikmi, bemorlikmi, tashvishmi, qayg’umi, ozormi, g’ammi yetsa, hatto tikan kirsa ham, albatta Alloh bular tufayli uning xatolari o’chiriladi”.


Sharh:
Kasal bo’ladimi, charchaydimi, musibat yetadimi - chekkan azoblarining har biri katta va kichik gunohlarning yuvilishiga sabab bo’lmay qolmaydi.
Shuning uchun mo’min-musulmon odam o’ziga bir aziyat, dard tekkanida, to’satdan biror g’am-g’ussaga uchraganda jazavaga tushib, o’zini o’tga-suvga urmasdan, sabr qilishi lozim.
“Alloh taolo buning evaziga mening xatolarimni kechiradi, gunohlarimni mag’firat qiladi”, degan e’tiqoddagi kishi bu holatni oson o’tkazadi. Dod-voy qilishning o’rniga “Bu menga Allohning marhamati bo’ldi, shu bo’lmasa, gunohlarimni qanday yuvardim”, degan e’tiqodda bo’lsa, har qanday dardni osonlik bilan yengadi.

Islom madaniyati musibat yetgan musulmonlardan ana shunday oliyjanob munosabatni talab qiladi.


“Al-Adab al-Mufrad”dan
1.6K views17:39
Ochish/sharhlash
2022-10-02 22:06:25 Shu gaplarni yozib, bir suhbat yodimga tushdi:

- Kuz shunaqa ta'sir qiladi gohida, bahor esa aksincha.
- Bahor qanday ta'sir qiladi?
- O‘zidan o‘zi xursand bo‘lib ketvuradi-ku odam)
Tabiat uyg‘onadi, qurib bitgan o‘simliklarga qayta jon kiradi... Shu holat biz chin dildan tavba qilib Allohning Rahmatiga intilishimiz kerakligi, bizda hali imkon borligidan darak beradigandek go‘yo..

- Xo‘p, unda kuz ham shunaqa ta'sir qilsin... Balki bahorgacha barchamiz yetolmasmiz?.. Alloh, bilguvchi.
1.2K views19:06
Ochish/sharhlash
2022-10-02 22:05:52
Alloh taolo sizning sur'atingizga, mol-u dunyongizga qaramaydi. Alloh sizning qalbingizga va qiladigan amallaringizga qaraydi

Ko'chaga ancha sovuq tushgan. Sovuq kunlar kela boshlasa, ba'zilarimizning kayfiyatimiz tushib, sokin bo'lib qolamiz. Havo hech birimizning kayfiyatimizga ta'sir qilmasligini istardim. Nega desangiz, har bir fasllarni o'z o'rni bor. Ketma-ketlikda, Allohning rejalari bo'yicha ketmoqda barchasi.

Ushbu sovuq qalblarimizga kirmasin. Qalbga sovuq shamol kirdimi, uni qayta isitish qiyin. Qalbni asrash kerak.
1.2K views19:05
Ochish/sharhlash
2022-10-02 19:31:12 Yozishga ilhomlantirgan Robbimga hamdlar bo'lsin
1.8K views16:31
Ochish/sharhlash
2022-10-02 19:30:45 Imkonsiz qolgan chog’ing, Rasululloh solallohu alayhi vasallam do’stlari Abu Bakr rodiyallohu anhu bilan g’orda yolg’iz qolganlarini, Allohdan hech ham umidlarini uzmaganliklarini esla.

“Alloh meni jazolayapti, Alloh men bilan emas” deb o’ylasang, Rasululloh solallohu alayhi vasallamga bir muddat vahiy tushmagani, keyin esa “Robbing seni tark etmadi va g’azab ham qilmadi” deya nozil bo’lgan oyatni esla.

Mo’jizalarga ishonmasang, Rasululloh solallohu alayhi vasallam Alloh yordamida oyni ikkiga ajratganliklarini esla.

Yaqinlaring seni so’zlaringni anglashmasa, tushuntirsang ham tushunishmasa, Rasululloh solallohu alayhi vasallamga nafaqat qavmlari, balki oilalaridan ba’zilari ham ularning so’zlariga ishonmaganlarini, ammo shunday bo’lsa ham, Alloh u zot bilan birga bo’lganini esla.

Farzand dog’idan azob chekayotgan bo’lsang, Rasululloh solallohu alayhi vasallamning qizlari Fotima rodiyallohu anhodan boshqa barcha farzandlari vafot etishganini esla.


O’zingni ham tushunmayotgan bo’lsang, unda o’zligingni qaytarishing lozimligini, yaqinlaringga o’zingdan ko’ra ko’proq kerak ekanligingni esla.

Agar shunchalik ham dunyodan to’yib ketgan bo’lsang, unda solih amallaringni ko’paytirishing kerakligini, dunyo aldashini va o’tib ketishini, Allohga qaytishingni esla.

Hech ham muammolaring arimayotgan bo’lsa, Alloh hech kimga toqatidan ortiq yuk bermasligini, o’sha sinovlarga qilgan sabring uchun kun kelib ajr olishingni esla va buni hech qachon yodingdan chiqarma.


@paradise_pg
2.0K views16:30
Ochish/sharhlash
2022-10-02 03:29:08 Hayotdagi qo’rqinchli narsa nima bilasizmi?

- Ulgurmaslik.


Allohga hayot chog’ida qaytmaslikka, ko’ngil olishga, uzr so’rashga, qadam bosishga, ortga qaytarishga va qaytishga, mehr berishga. Ba’zan kutishga. Sanasak ko’p.

“Vaqti kelsa qilarman” degan jumla bilan hayotimiz o’tib ketmoqda.
2.4K views00:29
Ochish/sharhlash
2022-10-01 23:31:05
2.2K views20:31
Ochish/sharhlash
2022-10-01 20:59:40
Amiyn
2.6K views17:59
Ochish/sharhlash