Get Mystery Box with random crypto!

Abu Hurayra rodiyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sol | الجنة 𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

Abu Hurayra rodiyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

“Nabiy solallohu alayhi vasallam: “Musulmonga biror horg’inlikmi, bemorlikmi, tashvishmi, qayg’umi, ozormi, g’ammi yetsa, hatto tikan kirsa ham, albatta Alloh bular tufayli uning xatolari o’chiriladi”.


Sharh:
Kasal bo’ladimi, charchaydimi, musibat yetadimi - chekkan azoblarining har biri katta va kichik gunohlarning yuvilishiga sabab bo’lmay qolmaydi.
Shuning uchun mo’min-musulmon odam o’ziga bir aziyat, dard tekkanida, to’satdan biror g’am-g’ussaga uchraganda jazavaga tushib, o’zini o’tga-suvga urmasdan, sabr qilishi lozim.
“Alloh taolo buning evaziga mening xatolarimni kechiradi, gunohlarimni mag’firat qiladi”, degan e’tiqoddagi kishi bu holatni oson o’tkazadi. Dod-voy qilishning o’rniga “Bu menga Allohning marhamati bo’ldi, shu bo’lmasa, gunohlarimni qanday yuvardim”, degan e’tiqodda bo’lsa, har qanday dardni osonlik bilan yengadi.

Islom madaniyati musibat yetgan musulmonlardan ana shunday oliyjanob munosabatni talab qiladi.


“Al-Adab al-Mufrad”dan