Get Mystery Box with random crypto!

Imkonsiz qolgan chog’ing, Rasululloh solallohu alayhi vasallam | الجنة 𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

Imkonsiz qolgan chog’ing, Rasululloh solallohu alayhi vasallam do’stlari Abu Bakr rodiyallohu anhu bilan g’orda yolg’iz qolganlarini, Allohdan hech ham umidlarini uzmaganliklarini esla.

“Alloh meni jazolayapti, Alloh men bilan emas” deb o’ylasang, Rasululloh solallohu alayhi vasallamga bir muddat vahiy tushmagani, keyin esa “Robbing seni tark etmadi va g’azab ham qilmadi” deya nozil bo’lgan oyatni esla.

Mo’jizalarga ishonmasang, Rasululloh solallohu alayhi vasallam Alloh yordamida oyni ikkiga ajratganliklarini esla.

Yaqinlaring seni so’zlaringni anglashmasa, tushuntirsang ham tushunishmasa, Rasululloh solallohu alayhi vasallamga nafaqat qavmlari, balki oilalaridan ba’zilari ham ularning so’zlariga ishonmaganlarini, ammo shunday bo’lsa ham, Alloh u zot bilan birga bo’lganini esla.

Farzand dog’idan azob chekayotgan bo’lsang, Rasululloh solallohu alayhi vasallamning qizlari Fotima rodiyallohu anhodan boshqa barcha farzandlari vafot etishganini esla.


O’zingni ham tushunmayotgan bo’lsang, unda o’zligingni qaytarishing lozimligini, yaqinlaringga o’zingdan ko’ra ko’proq kerak ekanligingni esla.

Agar shunchalik ham dunyodan to’yib ketgan bo’lsang, unda solih amallaringni ko’paytirishing kerakligini, dunyo aldashini va o’tib ketishini, Allohga qaytishingni esla.

Hech ham muammolaring arimayotgan bo’lsa, Alloh hech kimga toqatidan ortiq yuk bermasligini, o’sha sinovlarga qilgan sabring uchun kun kelib ajr olishingni esla va buni hech qachon yodingdan chiqarma.


@paradise_pg