Get Mystery Box with random crypto!

#newbook #yangikitob Bugun 'Tirilish' nashriyoti mahsuli hiso | Panda Books

#newbook #yangikitob

Bugun "Tirilish" nashriyoti mahsuli hisoblanuvchi yangi asarlar — Brayan Treysining "Lider shaxsiyati" va Zbignev Bjezinskiyning "Buyuk shaxmat taxtasi" (The Grand Chessboard)ni qabul qilib oldim.

Zbignev Bjezinskiyning ushbu "Buyuk shaxmat taxtasi" asari zamonaviy xalqaro munosabatlar durdonasi hisoblanadi. Holbuki, u 1997-yilda yozilgan bo'lsa ham, undagi masalalar hamon dolzarb. Kamiga o'zbek tilida soha kitoblari yana bittaga ko'payganidan xursandman.

Kitoblar uchun iBook kitob doʻkoniga alohida minnatdorchilik bildiraman. Tez orada Tirilish nashriyotining ilk ijod namunalari bilan yaqindan tanishib, fikrlarimni siz, azizlar, bilan bo'lishaman degan umiddaman.

Yoqimli mutolaa!

@panda_books