Get Mystery Box with random crypto!

​​#haqida Gorbachev Kuni kecha SSSRning so'nggi rahbari vafo | Panda Books

​​#haqida

Gorbachev

Kuni kecha SSSRning so'nggi rahbari vafot etdi. Juda simvolik kunda. 31 yil oldin ayni shu davrda bizning davlatimiz mustaqillikka erishgan va Qizil imperiya manguga tarix omborlariga tashlangandi.

Ko'pchilik SSSRdagi "qayta qurilish" siyosati sababli Gorbachev mamlakatni qulatgan deb hisoblaydi. Balki.. fikrlar ko'p. Lekin zamon shunga qarab borayotganini hech kim tan olishni istamaydi.

Lenin, Stalin va boshqa ilk rahbarlar balki kuchli shaxsiyatga ega shaxslar bo'lgandir, lekin ular yaratib ketgan chigal va quruq byurokratik tizim bora-bora nomenklatura uchun keyingi rahbarlarni shakllantira boshladi. Gorbachev o'sha byurokratiya mahsuli edi xolos. Kuchli shaxsiyat unda hech qachon bo'lmagan.

U sotsializm va kollektivizmga ustiga qurilgan davlatda indivudualizm yaratishga urindi. Mamlakatni erkinroq qilishni istadi. Natijasini bilasiz,

Bir paytlar Stalin Ko'hna Rim imperiyasi nega inqirozga yuz tutgani haqida zo'r fikr aytgan: Rim imperiyasi, birinchi darajali muammolarni hal etish uchinchi darajali shaxslarga topshirilib qo'yilgani uchun ham inqirozga yuz tutgan.

Mustaqillik bayrami is coming!

@panda_books