Get Mystery Box with random crypto!

#mutolaa Londonda Foyles nomli juda mashhur kitob do‘koni bo | Panda Books

#mutolaa

Londonda Foyles nomli juda mashhur kitob do‘koni bor. 1939-yilda o'sha do'kon egasining qizi (u urushdan keyin yarim asr davomida do'konni o'zi boshqargan) Kristina Foyl o'sha davrning uchta taniqli siyosiy arbobiga Foyles'da ma'ruza qilish va kitobxonlar bilan uchrashish uchun taklif jo'natadi.

Adolf Gitler kitob do'konida nutq so'zlash u uchun sharaf bo'lishini aytadi, ammo o'zining kechiktirib bo'lmas, shoshilinch rejalari borligi aytib rad javobi beradi (qanday ishlar ekanligini hamma biladi menimcha).

Benito Mussolini hozir bunga sira munosib vaqt emasligini, lekin keyinroq "biroz tinchroq davrlar kelganda" albatta Angliyaga tashrif buyurishdan xursand bo'lishini bildiradi.

Iosif Stalin esa taklifga umuman javob bermaydi.

@panda_books