Get Mystery Box with random crypto!

#longread 'O'g'lim, futbol haqida nimalar bilishing kerak' | Panda Books

#longread

"O'g'lim, futbol haqida nimalar bilishing kerak"

Demak, shunday: futbol o'ynashing shart deb aytmayman. Albatta yo'q. Men bolalariga bosim o‘tkazadigan, tribunada turib, baqir-chaqir qiladigan otalardan emasman.

Agar qarshi bo'lmasang, futbol shaxsan menga nima berganini aytib beray.

Futbol menga qanday qilib oxirgi turgan bir kun bo'lsa ham, birinchi bo'lishini, so'nggi imkoniyat nimaligini, futbolda asosiy bahs doim hali oldinda ekanligini o'rgatdi. Yana u har doim intiladigan narsang borligi haqida, raqib oldidagi qobiliyating qandayligidan qat'i nazar, tablodagi dastlabki hisob har doim 0:0 dan boshlanishi haqida anglatdi.

Lekin shuni bilishingni istardimki, futbolga qiziqmasang ham, men seni hech qachon va hech qachon buning uchun kamroq sevmayman. Yoki sen bilan kamroq faxrlanmayman. Rabbim, axir sen mening o'g'limsan! Sen tug'ilganingda, o'pkamdagi havo gazlangan suvdek qaynab ketgandi... 25 yillik hayotimda faqat o'zim bor edim, keyin onang paydo bo'ldi, keyin esa sen. Yarim kechalari har safar ikkovingiz ham nafas olayotganingizga ishonch hosil qilish uchun bir necha bor uyg'onaman, aks holda uxlay olmayman. Tushunyapsanmi?..

Men seni yaxshi ko'raman deyishdan qo'rqmayman. Lekin men boshqa hamma narsadan o'lgudek qo'rqaman. Futbol o‘ynamasang, odamlar nima deyishidan qo‘rqaman. Uyatdan qo'rqaman. Haqoratli taxalluslar. Seni chekkalab qo'yishlaridan.

Hayotingdagi o'rnimni yo'qotadigan kundan qo'rqaman...

Ehtimol men san'at, moda haqida hech narsa bilmasman, na adabiyotda, na kompyuterlarda, na musiqada usta emasman. Lekin shuni bilamanki, har bir bolaning hayotida shunday vaqt keladiki, u otasi superqahramon emasligini anglaydi. Ahmoq emasman. Faqat bu lahza imkon qadar kechroq kelishini xohlayman. Hech bo'lmasa, sen bilan o'tkazgan ushbu yakshanba oqshomlari xotirangda qolishini istayman. Sen bilan ikkalamiz, o'zim yaxshi tushunadigan sohada birga vaqt o'tkazganimiz.

Chunki men seni yaxshi ko'rishimni aytishdan qo'rqmayman. Lekin men boshqa hamma narsadan o'lgudek qo'rqaman.

Biroq sen futbol bilan shug'ullanishingga majbur emassan.

F.Bakman - "Bu dunyo qanday tuzilgani haqida mening o'g'lim nimalarni bilishi kerak" kitobidan erkin tarjima

@panda_books