Get Mystery Box with random crypto!

Oylik Qancha?

Telegram kanalining logotibi oylikqancha — Oylik Qancha? O
Telegram kanalining logotibi oylikqancha — Oylik Qancha?
Kanal manzili: @oylikqancha
Toifalar: Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 10.73K
Kanalning ta’rifi

Bizning asosiy maqsad — taqdim etilayotgan ma’lumotlar sizga foydali bo‘lishidir.
Savol, taklif va reklamalar uchun: @media_adsx

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 30

2022-05-28 12:45:00
Matematika o'qituvchilarining o'rtacha maoshlari qancha ?

Maoshlar:Yillik va o'rtacha

AQSh: $53,900
Kanada: $54,600
Buyuk Britaniya: $47,700
Qatar: $41,200
Finlandiya: $37,500
Yaponiya: $30,000
BAA: $20,000
Hindiston: $5,200

Do'stlaringiz bilan baham ko'rishni unutmang!

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli !
4.8K views09:45
Ochish/sharhlash
2022-05-28 12:00:53 Dasturchilar qancha oylik olishadi?

IT Parkning 2020-yilda bergan ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekiston sharoitida oddiy dasturchi oyiga 500-900$ va undan yuqori daromad topishi mumkin. Yetarlicha tajribaga ega bo'lgan dasturchilar esa 2000$ dan ko'proq oylik maosh olishar ekan.

Agarda siz ham dasturlashni noldan boshlab o'rganmoqchi bo'lsangiz, «Najot Ta'lim» markazi tomonidan yozgi mavsumga mo'ljallangan 3 oylik maxsus «Dasturlash foundation» bosqichi kirish imtihonlarida ishtirok eting!

Ushbu kirish imtihonlari 29-may — yakshanba kuni soat 11:30 da «Najot Ta'lim» markazining Chilonzor filialida bo'lib o'tadi.

Imtihon uchun ro'yxatdan o'ting

Siz ham dasturlash sohasini o'rganib, zamonaviy va daromadli kasb sohibi bo'ling!

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli !
4.6K views09:00
Ochish/sharhlash
2022-05-26 18:04:15
CEO, Chief executive officer haqida nima bilasiz ?

CEO
kompaniyadagi eng yuqori martabali boshqaruvchi hisoblanadi. Bosh direktorning asosiy vazifalariga yirik korporativ qarorlar qabul qilish, kompaniyaning umumiy operatsiyalari va resurslarini boshqarish, direktorlar kengashi va korporativ operatsiyalar o'rtasidagi aloqaning asosiy nuqtasi bo'lib xizmat qilish kiradi. Ko'p hollarda bosh direktor kompaniyaning jamoatchilik yuzi bo'lib xizmat qiladi.

Amerikadagi 350 ta eng yirik kompaniyaning bosh direktorlari oʻrtacha 24 million dollar yoki oʻrtacha ishchidan 351 barobar koʻp maosh oladi.1970-yildan beri Amerikada CEOlarning maoshi 1300% ga oshgan. Taqqoslash uchun ishchilarning ish haqi 18% ga oshgan.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli !
3.4K views15:04
Ochish/sharhlash
2022-05-20 18:44:20
1 iyundan ish haqi 12 foizga oshirildi

Prezident farmoni bilan 2022 yil 1 iyunidan budjet tashkilotlari xodimlari ish haqi va stipendiyalar miqdori 12 foiz miqdorida oshirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Ish haqi miqdorini oshirish to‘g‘risidagi farmoni imzolandi.

«Aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘lamini kengaytirish hamda fuqarolarning daromadlarini izchil oshirib borish maqsadida 2022 yil 1 iyundan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 12 foizga oshirilsin», deyiladi farmon matnida.

2022 yil 1 iyundan:

O‘zbekiston hududida eng kam ish haqi miqdori oyiga 920 ming so‘m (hozir 822 ming so‘m);
bazaviy hisoblash miqdori — 300 ming so‘m (hozir 270 ming so‘m) etib belgilandi.

@Oylikqancha — Foydali va qiziqarli
4.4K views15:44
Ochish/sharhlash
2022-05-16 16:35:00
O'zbekistonda xalqaro reytingda TOP-500 lik o'rinda turuvchi OTM bitiruvchilari qancha maosh oladi

Davlat organlari, tashkilot va muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 500 talik ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarini (bakalavriat, magistratura) tamomlagan yoki ularda ilmiy daraja (PhD va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja) olgan yosh mutaxassislarning lavozim maoshiga to‘lab beriladigan qo‘shimcha ustamalari qancha ?

Ustamalar miqdori —bazaviy hisoblash miqdori barobarida.

1-100 o'rinlar uchun
Bakalavriat 30
Magistratura 40
Ilmiy daraja 75

101-300 o'rinlar uchun
Bakalavriat 20
Magistratura 30
Ilmiy daraja 60

301-500 o'rinlar uchun
Bakalavriat 15
Magistratura 20
Ilmiy daraja 50

Hozirda bazaviy hisoblash miqdori 270 ming so'm. Agarda Top 100 likga kiruvchi OTMda ilmiy daraja qilgan yoshlarga BHMning 75 barobari miqdorida, ya’ni 20,25 million so‘m ustama beriladi.

@Oylikqancha — Foydali va qiziqarli
3.8K views13:35
Ochish/sharhlash
2022-05-16 16:00:08 Angliyaga kelishning eng oson yo’li qandayligini bilasizmi?

Buyuk Britaniyaga ingliz tilisiz va yuqori malakasiz kelib ishlashning eng oson yo’li bu – “Seasonal Worker Visa” ya’ni vaqtinchalik yoki “sezonniy” ishchi vizasi hisoblanadi.

Bu viza orqali O’zbekiston fuqarolari 6 oygacha turli xildagi yuqori malaka ta’lab qilinmaydigan ishlarda ishlashlari mumkin bo’ladi. Asosan, fermalarda terimchi, qassob yoki yuk mashina haydovchisi sifatida ishlashlari mumkin bo’ladi.

Viza uchun asosiy shartlar:
1. 18 yoshdan katta bo’lish,
2. Angliyadagi ish beruvchidan, ish haqida rasmiy taklif olish,
3. Bank hisobida kamida 1600$ bo’lishi talab qilinadi.

Vizaga xujjat topshirish jarayonlari, ish boshlashish sanasidan 3 oy oldin boshlanishi mumkin. Viza uchun shaxsni tasdiqlovchi, bank va qo’shimcha xujjatlar ta’lab qilinishi mumkin. Viza javoblari, barcha xujjatlar topshirilgandan so’ng, 3 hafta ichida e’lon qilinadi.

Harajatlar:
1. Xujjat topshirish narxi - 320$
2. Bankdagi shaxsiy ehtiyojlar uchun – 1600$

Viza tasdiqlangandan so’ng, 6 oygacha Angliya hududida ishlashingiz va ish boshlashidan 14 kun oldin chegaradan o’tishingiz mumkin bo’ladi.

Ruxsat etiladi:
1. Ish haqida berilgan xujjatda yozilgan ishda ishlash,
2. Til va kasbga tayyorlov kurslarida o’qishingizga,

Ruxsat etilmaydi:
1. Ish beruvchining rasmiy xujjatida yozilmagan ishda ishlash,
2. Davlatdan nafaqa olish,
3. Oila a’zolarini olib kelish.

Savolingiz bormi? – Izohlarda qoldiring.
Do’stlaringiz bilan ulashing.

Batafsil ma'lumot uchun shu yerga bosing va a'zo bo'ling.

Manba: Buyuk Britaniya hukumat veb-sayti
4.2K views13:00
Ochish/sharhlash
2022-05-11 17:05:27
Dunyodagi eng ko'p maosh to`lanadigan 10 ta shahar !

FinancialSamurai
nashriyoti dunyodagi eng yuqori o`rtacha ish haqiga ega bo`lgan shaharlarning top 10 taligini e'lon qildi.

1. San-Fransisko , AQSh
O`rtacha oylik: 6526 dollar

2. Syurix, Shveytsariya
O`rtacha oylik: 5896 dollar

3. Nyu-York, AQSh
O`rtacha oylik: 4612 dollar

4. Boston, AQSh
O`rtacha oylik: 4288 dollar

5. Chikago, AQSh
O`rtacha oylik: 4062 dollar

6. Sidney, Avstraliya
O`rtacha oylik: 3599 dollar

7. Oslo, Norvegiya
O`rtacha oylik: 3246 dollar

8. Kopengagen, Daniya
O`rtacha oylik: 3190 dollar

9. Melburn, Avstraliya
O`rtacha oylik: 3181 dollar

10. London, Buyuk Britaniya
O`rtacha oylik: 2,956 dollar

@oylikqancha — Foydali va qiziqarli
5.7K views14:05
Ochish/sharhlash
2022-05-09 19:40:00
Dunyodagi eng kam maosh qancha?

Kuba dunyodagi eng kam ish haqiga ega davlat hisoblanadi. Kubadagi xodim har oyda 225 kubalik peso – 9 dollarga teng eng kam ish haqi oladi. Bu arzimas oylik ish haqini to'ldirish uchun xodim bepul oziq-ovqat bilan ta'minlanadi.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli !
7.6K views16:40
Ochish/sharhlash
2022-05-07 18:35:00
Microsoftda ishlaydigan O'zbekistonlik u yerdagi maoshlar haqida gapirdi

Amerikadagi Microsoft kompaniyasining mutaxassisiga aylangan Suhrobjon G‘olibboyev haqida Daryo nashri maxsus maqola tayyorladi.

Suhronjonga ko'ra, Vashington shtatida dasturchilar uchun yiliga o‘rtacha 90 ming dollardan 150 ming dollargacha maosh belgilanadi.

Lekin bu raqamlar soliqlardan keyin keskin kamayadi — 90 ming70 ming dollarga, 150 ming dollar esa 120 ming dollargacha pastlaydi.

Bu O'zbekiston uchun katta summa, ammo oylik xarajatlar yoki uy ijarasining o‘zi ham yaxshigina mablag‘ talab etadi. Masalan Redmond Vashingtonda 1 xonali uy oyiga o‘rtacha ikki ming dollar.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli !
11.4K views15:35
Ochish/sharhlash
2022-05-06 18:35:00
#motivatsiya
KFC asoschisi Harlan Devid Sandersning hayot yo'liga qisqacha nazar tashlaymiz.

Sanders 1890-yilda dunyoga keladi.
Uning otasi 5 yoshida vafot etadi.
13 yoshida uyini tark etadi.
16 yoshida maktabni tark etadi.
18 yoshida uylanadi
20 yoshida xotini moliyaviy qiyinchiliklar sabab uni tashlab ketadi.
65 yoshida nafaqa chiqib ketadi.
Bundayin muvaffaqqiyatsizliklardan so'ng o'z joniga qasd qilish haqida ham o'ylab qoladi.
Lekin, u 87 dollar qarz olib bor puliga o`zining retseptiga ko'ra jo'jalarni qovurib sotadi. 88 yoshida KFC asoschisi milliarder bo'ladi.

30-40 ga kirar kirmasdan bizning hayotimiz shu deb umidini yo'qotganlar uchun!

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli !
12.2K views15:35
Ochish/sharhlash