Get Mystery Box with random crypto!

Angliyaga kelishning eng oson yo’li qandayligini bilasizmi? | Oylik Qancha?

Angliyaga kelishning eng oson yo’li qandayligini bilasizmi?

Buyuk Britaniyaga ingliz tilisiz va yuqori malakasiz kelib ishlashning eng oson yo’li bu – “Seasonal Worker Visa” ya’ni vaqtinchalik yoki “sezonniy” ishchi vizasi hisoblanadi.

Bu viza orqali O’zbekiston fuqarolari 6 oygacha turli xildagi yuqori malaka ta’lab qilinmaydigan ishlarda ishlashlari mumkin bo’ladi. Asosan, fermalarda terimchi, qassob yoki yuk mashina haydovchisi sifatida ishlashlari mumkin bo’ladi.

Viza uchun asosiy shartlar:
1. 18 yoshdan katta bo’lish,
2. Angliyadagi ish beruvchidan, ish haqida rasmiy taklif olish,
3. Bank hisobida kamida 1600$ bo’lishi talab qilinadi.

Vizaga xujjat topshirish jarayonlari, ish boshlashish sanasidan 3 oy oldin boshlanishi mumkin. Viza uchun shaxsni tasdiqlovchi, bank va qo’shimcha xujjatlar ta’lab qilinishi mumkin. Viza javoblari, barcha xujjatlar topshirilgandan so’ng, 3 hafta ichida e’lon qilinadi.

Harajatlar:
1. Xujjat topshirish narxi - 320$
2. Bankdagi shaxsiy ehtiyojlar uchun – 1600$

Viza tasdiqlangandan so’ng, 6 oygacha Angliya hududida ishlashingiz va ish boshlashidan 14 kun oldin chegaradan o’tishingiz mumkin bo’ladi.

Ruxsat etiladi:
1. Ish haqida berilgan xujjatda yozilgan ishda ishlash,
2. Til va kasbga tayyorlov kurslarida o’qishingizga,

Ruxsat etilmaydi:
1. Ish beruvchining rasmiy xujjatida yozilmagan ishda ishlash,
2. Davlatdan nafaqa olish,
3. Oila a’zolarini olib kelish.

Savolingiz bormi? – Izohlarda qoldiring.
Do’stlaringiz bilan ulashing.

Batafsil ma'lumot uchun shu yerga bosing va a'zo bo'ling.

Manba: Buyuk Britaniya hukumat veb-sayti