Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekistondagi «eng qimmat» boshlovchi — Dilnoza Kubayevaning | Oylik Qancha?

O‘zbekistondagi «eng qimmat» boshlovchi — Dilnoza Kubayevaning daromadi qancha?

«Kelgindi kelin», «Telba», «Baron», «Farzandim» kabi filmlardagi rollari bilan mashhurlikka erishgan kino va teatr aktrisasi Dilnoza Kubayeva 22 noyabr sanasida tug‘ilgan.

Bugungi kunda boshlovchi va aktrisa milliy akademik drama teatrida faoliyat yuritib kelmoqda va uning davlat muassasasidagi oylik maoshi 4 mln soʻmdan oshiqni tashkil etadi.

Shu bilan birga, Dilnoza Kubayeva to‘ylarda boshlovchilik qilgani evaziga $1000 gonorar olar ekan. Shu bois u O‘zbekistondagi «eng qimmat» ayol boshlovchi hisoblanadi.

Shuningdek, 2005 yilda katta ekranlarga chiqqan «Kelgindi kelin» filmidagi Charos obrazi uchun Dilnoza Kubayeva 600 ming so‘m gonorar olgan. Maʼlumot uchun 2005-yilda yurtimizda eng kam oylik ish haqqi 7835 soʻmni tashkil etgan.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli