Get Mystery Box with random crypto!

Eng arzon kreditlar qayerda va nima uchun bizda kredit foizlar | Oylik Qancha?

Eng arzon kreditlar qayerda va nima uchun bizda kredit foizlari baland

Yurtimizda kredit foizlari unchalik maqtanardi darajada emas.

Lekin dunyoda foizlar quyidagicha:
Daniyada. Kredit foizi odatda 2-3% lekin baʼzida ipoteka kreditining salbiy stavkasi boʻlishi mumkin. Ya'ni, bank nafaqat qarz uchun haq olmaydi, balki qarz oluvchiga oyiga masalan $38 to'laydi.

— Yaponiya 1,45%;
— Xorvatiya 2,77%;
— Tayvan 2,89%.

Dunyo boʻyicha eng katta foizli kreditlar 2023-yil yanvariga kelib Venesuelada boʻlib xozirda bu mamlakatda kredit foizi 59,3% ni tashkil etmoqda. Oʻzbekiston ham dunyo boʻyicha eng katta foizlar(23-29%)da kredit beruvchilar qatoriga kiradi.

Yurtimizda kredit foizlari stavkasi balandligining asosiy sababi qayta moliyalash stavkasining (hozirda 14%) balandligidadir. Yaʼni tijorat banklari shu foizdan kam foizda kredit bermaydi. Yana bir omil bu inlyatsiya darajasi va mamlakatning iqtisodiy xolatiga bogʻliq boʻlgan omildir.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli