Get Mystery Box with random crypto!

1-iyundan bog‘cha opalarining oylik maoshi oshadi Davlat bog‘ | Oylik Qancha?

1-iyundan bog‘cha opalarining oylik maoshi oshadi

Davlat bog‘chalarida ishlovchi oliy ma’lumotli pedagog xodimlarning maoshi maktab o‘qituvchilarinikiga tenglashtiriladi.

Davlat rahbarining 2023-yil may oyida imzolagan qaroriga asosan 2024-yil 1-iyundan boshlab davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi oliy ma’lumotli pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalari umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining tegishli pedagog xodimlarinikiga tenglashtirilishi lozim.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, davlat bog‘chalarining oliy ma’lumotli tarbiyachi-metodist, tarbiyachilari 1 mln 203 ming 660 so‘m olishi belgilangan. Maktablarning oliy ma’lumotli boshlang‘ich va yuqori sinflari o‘qituvchilari esa 2 mln 90 ming 399 so‘m oladi.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli

YouTube Instagram TikTok Telegram