Get Mystery Box with random crypto!

Oybek blogi

Telegram kanalining logotibi oybekmamarasul — Oybek blogi O
Telegram kanalining logotibi oybekmamarasul — Oybek blogi
Kanal manzili: @oybekmamarasul
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 110
Kanalning ta’rifi

Siz bilgan va bilmagan qulayliklar haqida xabar beruvchi kanal. 👀
Fikr-mulohaza va takliflar uchun: @OybekMamarasulov

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2020-11-29 15:07:37
Koronavirus shifoxonasida bemorlarning kayfiyatini koʻtarish uchun ular bilan raqsga tushayotgan shifokorlar.

@oybekmamarasul
132 views12:07
Ochish/sharhlash
2020-11-28 05:46:00 Shaharsozlik va qurilish sohasida va uning strukturasida bizni katta oʻzgarishlar kutmoqda. Hozirgina oʻqidim, endi 2 qavatdan baland uylarning qurilishini inspeksiya nazoratga olarkan. Bu qaror balki toʻgʻridir? Koʻp qavatli uyning yuqori qavatlarida yashovchilarning aksari issiqlik, kanalizatsiya, suv va uning bosimidan shikoyat qilishmoqda. Demak, uylarni koʻr-koʻrona qurib tashlayverish bilan ish bitmas ekan, birinchi navbatda uning strukturasi talablarga toʻliq javob berishi kerak!

@oybekmamarasul
157 viewsedited  02:46
Ochish/sharhlash
2020-11-11 05:45:18 Oʻzimizdagi muammolarni, jamiyatimizdagi kamchiliklarni sobiq sovet ittifoqidan qolgan deb hisoblaymiz koʻpchiligimiz. Shu masalada mening fikrim ozgina boshqacha. Yani, biz Chor Rossiyasi mustamlakasi boʻlgunimizga qadar xonliklarimizda korrupsiya va ichki nizolar allaqachon tomir otib ulgurgan. Bizning korrupsiyaga moyilligimiz, tilyogʻlamalik qilishimiz, maddohlik qilishimiz va shunga oʻxshash odatlarimiz asrlar burun qon-qonimizga singib ketgan. Bulardan qutilish uchun ham koʻp vaqt kerak boʻladi, juda koʻp vaqt.

@oybekmamarasul
134 views02:45
Ochish/sharhlash
2020-10-31 11:28:14 "Ўзавтомоторс" ва уни қўллаб-қувватловчиларнинг ҳарак(ж)атлари зое кетмади. Улар шуни исташди, шу бўлди, улар "бўл" деди, бўлди, "бўлма", деса бўлмасди.

Уларга қанча гул, пул, куч, эътибор керак бўлса ҳаммаси муҳайё. Фақат одамларнинг ишончи ва ҳурматидан ташқари... Аммо улар учун бир чақалик қиймати йўқ ишонч ва ҳурматсиз ҳам улар ғолиб, буюк ва тенгсиз бўлиб қолаверишлари мумкин. Чунки улар "эски Ўзбекистон" бўла туриб "янги Ўзбекистон"ни мағлуб эта олдилар.

Хуллас янги Ўзбекистондаги "эски Ўзбекистон"га "ғалаба" муборак!

Судга эса гап ҳам йўқ.

@deputat_kusherbayev
106 views08:28
Ochish/sharhlash
2020-10-21 15:47:20 BUYUK MEROS

Bugun yurtimizda oʻzgacha bir bayram, tarixiy kun – oʻzbek tiliga davlat tili maqomining berigan sanasi. Hozirgi yashab turgan davrimizgacha oʻzbek tili sayqallandi, rivojlandi.Tilimizning rivojiga hissa qoʻshgan mutafakkirlar Mahmud Koshgʻariy, Yusuf Xos Hojib, Lutfiy, Alisher Navoiy, Bobur, Abdulla Qodiriy kabilar. Bu roʻyxatni oxiri yoʻq. Til millatning yuzidir. Ona tilimizni asramoq va bu buyuk merosni avlodlarga yetkazib berish har birimizning burchimizdir!

@oybekmamarasul
111 viewsedited  12:47
Ochish/sharhlash
2020-10-18 15:14:48 #Soʻrovnoma

Hurmatli talaba!
Hurmatli ota-ona!


Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining tashabbusi bilan oliy taʼlim muassasalarida oʻquv jarayonini anʼanaviy yoki masofaviy shaklda davom ettirish maqsadida talabalar va ularning ota-ona(vasiy)lari oʻrtasida ijtimoiy soʻrovnoma oʻtkazilmoqda.

Sizning savollarga obyektiv javob berishingiz oʻquv jarayonini anʼanaviy yoki masofaviy shaklda davom ettirish masalasiga oydinlik kiritib berishda yordam beradi. Soʻrovnoma anonim tarzda oʻtkaziladi, unda respondentning ism-sharifi koʻrsatilmaydi.

Soʻrovnoma joriy yilning 20-oktyabr kuni soat 23:59ga qadar oʻtkaziladi. Sizdan mazkur soʻrovnomada faol ishtirok etishingizni soʻrab qolamiz.

Sizga soʻrovnomadagi ishtirokingiz uchun avvaldan minnatdorchilik bildiramiz.

Soʻrovnomaga oʻtish uchun quyidagi havolini bosing!
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSchsUMH_qyoTZVaJlFKbgU6txA6arEXVFvWWGxjmyioqSmWEg/viewform

@oybekmamarasul
115 viewsedited  12:14
Ochish/sharhlash
2020-10-12 05:38:15 Boshlandi!!!

Assalomu alaykum, qadrli obunachilarim! Bundan buyon kanalimda shaxsiy fikrlarim, oʻylarim, qarashlarim haqida koʻproq yozaman.

Telegram kanalni ochishdan maqsadim Oʻzbekistonda va jahonda boʻlayotgan yangiliklarga munosabat bildirish va tahlil qilish boʻlgan.

Endi jurnalistik va publististik faoliyatimni bosqichma - bosqich boshlaydigan vaqt yetib keldi. Bu yoʻlda menga yordam bergan, berayotgan barchaga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman.

Jamiyat uchun zarracha foydam teksa, kimningdir hayotini yaxshi tomonga oʻzgarishida hissamni qoʻshsam, soʻz erkinligi va ommaviy axborot vositalarining toʻrtinchi hokimiyat darajasiga koʻtarilishida tinim bilmay mehnat qilmoqchiman.

@oybekmamarasul
85 views02:38
Ochish/sharhlash
2020-09-23 08:05:25
Амалдаги биометрик паспорт ID-карталарга алмаштирилади

Биринчи босқич - 2021 йил 1 январдан 2022 йил 31 декабргача ихтиёрийлик асосида (16 ёшга тўлганда ёки қонунчиликда кўрсатилган бошқа сабабларга кўра);

Иккинчи босқич - 2023 йил 1 январдан 2029 йил 31 декабргача мажбурий тартибда алмаштирилади.

Ўзбекистон фуқаросининг 2011 йилги намунадаги биометрик паспорти 2030 йил 1 январдан бошлаб ҳақиқий эмас деб ҳисобланади.

@oybekmamarasul
124 viewsedited  05:05
Ochish/sharhlash
2020-09-08 09:33:25 АФСУС
Кимнингдир қўлида,
кимнингдир оёғида,
кимнингдир йўлида,
кимнингдир кўзида,
кимнингдир юрагида,
кимнингдир сўзида,
кимнингдир чўнтагида,
кимнингдир тақдирида,
кимнингдир умрида,
кимнингдир ўлимида –
ҳеч нарса йўқ.

Усмон Азим
156 views06:33
Ochish/sharhlash