Get Mystery Box with random crypto!

#Soʻrovnoma Hurmatli talaba! Hurmatli ota-ona! Oliy va oʻrta | Oybek blogi

#Soʻrovnoma

Hurmatli talaba!
Hurmatli ota-ona!


Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining tashabbusi bilan oliy taʼlim muassasalarida oʻquv jarayonini anʼanaviy yoki masofaviy shaklda davom ettirish maqsadida talabalar va ularning ota-ona(vasiy)lari oʻrtasida ijtimoiy soʻrovnoma oʻtkazilmoqda.

Sizning savollarga obyektiv javob berishingiz oʻquv jarayonini anʼanaviy yoki masofaviy shaklda davom ettirish masalasiga oydinlik kiritib berishda yordam beradi. Soʻrovnoma anonim tarzda oʻtkaziladi, unda respondentning ism-sharifi koʻrsatilmaydi.

Soʻrovnoma joriy yilning 20-oktyabr kuni soat 23:59ga qadar oʻtkaziladi. Sizdan mazkur soʻrovnomada faol ishtirok etishingizni soʻrab qolamiz.

Sizga soʻrovnomadagi ishtirokingiz uchun avvaldan minnatdorchilik bildiramiz.

Soʻrovnomaga oʻtish uchun quyidagi havolini bosing!
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSchsUMH_qyoTZVaJlFKbgU6txA6arEXVFvWWGxjmyioqSmWEg/viewform

@oybekmamarasul